8 – 11-sinf o‘quvchilaridan ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish bo‘yicha maktab psixologiga tavsiya va ko‘rsatmalar
Ko‘rsatma:
So‘rovnoma o‘quvchilarning ruhiy holatlari (stress, zo‘riqish, siqilish) ni o‘rganish orqali o‘z joniga qasd (suitsid) qilishga moyilligini aniqlash maqsadida barcha shahar va tumanlardagi 8-11 sinf o‘quvchilaridan olinadi;
- o‘quvchilarning ruhiy holatlari (stress, zo‘riqish, siqilish)ni o‘rganish metodikasi varaqalari maktabdagi 8-11 sinf o‘quvchilari soniga qarab ko‘paytiriladi;
- o‘quvchilarning ruhiy holatlari (stress, zo‘riqish, siqilish)ni o‘rganish metodikasini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarga xolis va erkin javob berishlari uchun maktab direktori tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi;
- o‘quvchilarning ruhiy holatlari (stress, zo‘riqish, siqilish)ni o‘rganish metodikasini o‘tkazishda sinf xonasida tinchlik saqlanishi kerak;
- o‘quvchilar tomonidan metodika savollariga to‘liq javob berilgandan so‘ng, javob varaqalari tarqatilgan soni bo‘yicha o‘quvchilardan yig‘ib olinadi;
- yig‘ib olingan javob varaqalari har bir sinf bo‘yicha maxsus paketga joylashtirilib, paket ustiga, o‘tkazilgan maktab va sinf nomi yoziladi;
- o‘quvchilarning ruhiy holatlari (stress, zo‘riqish, siqilish)ni o‘rganish metodikasi ishtirokchisi bitta aniq javobni belgilashlari kerak;
- so‘rovnoma olingandan so‘ng maktab psixologi so‘rovnoma blankalari o‘quvchilarning jinsi (o‘g‘il, qiz) bo‘yicha ajratib olinadi.
- maktab psixologi tomonidan maxsus kalit bilan metodika natijalari tahlil etiladi va umumlashtiriladi.
O‘quvchi so‘rovnomada berilgan savollarga javoblardan biriga “+” belgisi qo‘yishi talab etiladi
Natijalarni hisoblash:
(“Hа” javobi uchun 3 ball, “Yo‘q” javobi uchun 1 ball, “Ba’zida javobi uchun” 2 ball) qo‘yiladi.
30-25 ball – yuqori darajadagi moyillik
20-24 ball - o‘rta darajadagi moyillik
19-10 ball - past darajadagi moyillik
- tahlil natijalariga ko‘ra korreksion, psixologik-pedagogik tadbirlar va ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlaydi.
So‘rovnoma viloyatdagi maxsus maktab internatlaridan tashqari 2021 yilning 19-23 fevral kunlari barcha umumta’lim maktablari 8-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Eslatma! O‘quvchilar bilan so‘rovnoma olish jarayonida o‘z joniga qasd va suitsid so‘zlarini ishlatish qat’iyan TAQIQLANADI.
So‘rovnoma natijalarini to‘g‘ri tahlil etilishiga va natijalarni maxfiyligini saqlashga maktab psixologi shaxsan javobgardir.
So‘rovnomani o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun viloyat XTBning mas’ul xodimi D.Ahmedov (91 606 81 08) ga murojaat qilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |