Qo'shiq va raqs
Xulosa.
Boshlovchi:
—Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz o'quvchilar, "Suv—hayot manbai" — deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz. Olamda eng oddiy toza suvday qimmatliroq, azizroq narsa bo'lmasa kerak. Suvsiz hayot yo'q va bo'lmaydi ham. Bum har bir kishi to'la tushunib yetishi va doimo esda tutishi
kerak. Shuning uchun har bir inson suvni ehtiyot qilishi ham farz, ham qarz, bu esa hayotni va sog'liqni, tabiat go'zalligini himoya qilish demakdir.
Ushbu tadbirimizda siz suv haqidagi she'rlar, maqollar, hikmatli so'zlar bilan tanishasiz. Shuningdek, biz o'qiydigan maktab fanlari, masalan, adabiyot, geografiya, biologiya, kimyo, fizika, ekologiya va boshqa barcha fanlarda suv mavzusi o'rganiladi. Biz turli fan sohasidagi vakillarni taklif etganmiz. Ular suv haqida ma'lumotlar beradilar.
Marhamat suv haqidagi she'rlar, maqollar va hadislardan namunalar tinglang.
1-o'quvchi:
Shahar joyida turibdi bu kun, Ularning zavoli kelmas xayolga. Merosiy xudbinlik borligi uchun, Qaramay qo'yibmiz afsus Orolga.
2-o'quvchi:
Otang ketsa agar aka bo'lasan,
Onaning o'rnini bosgay qiz singil.
Dengizing qurisa ne'ham qilarsan,
Qayga bosh urarsan ey munglig' ko'ngil.
Do'stlaringiz bilan baham: |