Badanni sal kesib olganda:
-Jarohatni toza (qaynatilgan yoki tindirilgan) suv va sovun bilan yuving.
- Jarohat atrofidagi terini quriting.
- Jarohatga toza mato qo`yib, bog`lab qo`ying.
Badanni jiddiy kesib olganda:
-Jarohatdan oyna yoki boshqa narsa parchasi chiqib turgan bo`lsa, tegmang. CHunki qon yana ham ko`proq oqib ketishi mumkin. CHiqib turgan narsani siljitish, og`riqni kuchaytirishi mumkin.
-Ko`p qon ketsa, tananing jarohatlangan joyini yuqoriroq ko`tarib, toza mato bilan jarohat ustidan (agar undan biror narsa chiqib turgan bo`lsa, jarohat yaqinidan) sekin bosib turing. Shunda qon oqishi kamayadi.
-Jarohatga o`zingiz yaxshi bilmaydigan malhamlarni surtmang, infeksiya tushishi mumkin.
-Jarohatni qattiq bog`lamang.
-Jarohatlangan bolani zudlik bilan shifoxonaga olib boring.
Do'stlaringiz bilan baham: |