Sog‘lom oilani shakllantirish -
Bolali bo‘lish yoki bo‘lmasligini
homiladorlikdan saqlanish usullari
yordamida rejalashtirish.
Spazm - Odam nazorat qila ol-
maydigan muskullarning birdan
qisqarishi. Ichakdagi spazmlar
muskullarning tortishib og‘rishiga
sabab bo‘ladi. Bronxlardagi spazm
astmada namoyon bo‘ladi. Jag‘ va
boshqa muskullar spazmi qoqshol-
da uchraydi.
Spazmga qarshi - Tortishish va
ichakning burab og‘rishlarini pasay-
tirishda ishlatiladigan dori.
Spastik - Miya shikastlanishi bilan
bog‘liq bo‘lgan muskullarning odat-
dan tashqari surunkali qisqargan
holati. Spastik bola oyoqlari qaychi
ko‘rinishida bo‘ladi.
Sprinsellash - Qin ichini suv soch-
ish orqali yuvish yo‘li.
Steril - (1) Juda toza va tirik mikro
organizmlardan xoli. Narsalar qay-
natish yoki isitish orqali sterillanishi
mumkin.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
Do'stlaringiz bilan baham: |