4. Masala munozarali boʻlishi to‘gʻri boʻlmaydi.
5. Jiddiy ehtiyotkorlikning ehtimoli yo‘q: masala boʻyicha jiddiy o‘y boʻlish
imkoni yo‘q, chunki qabul qiluvchi yuritilgan muloqotga javoban kechiktirib
boʻlmaydigan qaror qabul qilishiga to‘gʻri keladi.
6. Jismoniy shovqinga moyillik: ogʻzaki xabarning nutqda jismoniy shovqin,
kimningdir orada xalaqit berishi yoki shunga oʻxshash sabablar tufayli buzilish
ehtimoli koʻproq boʻladi.
7. Ogʻzaki xabarlar yozilmas ekan yoki doimiy tasmaning bir qismiga
aylantirilmas ekan, ular hech qanday qonuniy dalil boʻlmaydi.
Og`zaki muloqotning ikki tomoni
Ogʻzaki muloqotning 2 tomoni mavjud: Jo‘natuvchi, Qabul qiluvchi.
Jo‘natuvchi sifatida ogʻzaki nutqni samarali qilishning turli metodlari
nimalar ekanligi bobning boshqa qismida ta’riflangan edi, biroq qabul qiluvchi
bahosi esa takomillashish uchun ijobiy sharh bilan birgalikda sohalarni ham oʽz
ichiga olishi mumkin. Har qanday vazifaning bahosi boʻlganidek, soʽzlovchining
obroʻsiga shaxsiyatiga tegadigan ijodiy tanqid taklif qilish foydali boʻladi. Ogʻzaki
taqdimotlar uchun ogʻzaki yoki yozma baho berishlari uchun qabul qiluvchilarga
quyidagilarni taklif qilamiz:
Tasvirlovchi /Tavsiflovchi boʻling: baho berishdan koʻra soʽzlovchi nima
qilayotganini kuzatganingizni tasvirlab bering, masalan: «Taqdimotingizni
45
yakunlashning axmoqona usuli bo`ldi»dan koʻra «Men yakunlovchi fikrni
eshitmadim» deng.
Boshqalardan farqlaning. Kelgusi taqdimotini yaxshilash uchun
soʽzlovchiga yetarli ma’lumot bering, masalan «Sizning koʻrgazmali qurollaringiz
behuda/samarasiz»dan koʻra, «PowerPoint slaydlaringizdagi shrift hajmini
oshirgan boʻlardim, chunki men slaydlarni o‘qishga qiynaldim», deng.
Ijobiy yondashing. «Koʻp qatlamli» sharhlarda siz ijobiy sharh bilan
boshlaysiz, so‘ngra takomillashtirish uchun taklif kiritishlarini soʻraysiz va
yakunida ijobiy sharh bilan yakunlaysiz.
Ijodkor boʻling. Soʻzlovchi oddiygina nimani xato qilganligidan koʻra,
takomillashtirish uchun muayyan takliflarni bering.
Xushmuomala boʻling. Baho berishda keskin/qo‘pol taklif yoki sharhlardan
ko`ra, xushmuomala uslubdan foydalaning, masalan «Men hech nimani eshita
olmadim-baland gapiring!» dan ko`ra, «Xona ortidagilar eshita olishlari uchun
ozroq baland gapiring» deng.
Realist boʻling. Soʽzlovchi haqiqatda oʽzgartira olishi mumkin boʻlgan
narsalarga baho bering. Soʽzlovchiga nutq juda qisqa boʻlganligini aytish foydali
boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |