7398b1cc-0a47-4d0e-b58e-dd2544d80cac pdf


-topshiriq.  Tahrir  haqidagi  matnni  o`qing,  matn  mazmunidan  kelib



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/406
Sana10.07.2021
Hajmi4,38 Mb.
#114799
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   406
Bog'liq
Akademik yozuv majmua(1)

8-topshiriq.  Tahrir  haqidagi  matnni  o`qing,  matn  mazmunidan  kelib 
chiqib 10 ta savol  tuzing. 
  Tahrir  ma’naviyat,  madaniyat  va  ma’rifatga  bevosita  daxldor  jarayondir. 
Respublikamizda  tahrir  ishlariga  alohida  ahamiyat  berilgan    hamda  nashriyot, 
matbuot haqidagi qonunlar  va qarorlar e’lon qilingan. 
     Tahrirning  shakllanishi  bosmaxonalar  va  nashriyotlar  faoliyati  bilan 
bevosita bog‘liq. Nashr va noshir tushunchalari bir-biriga bog‘liq. Nashr turlari va 
xillari rang barangdir va ularning tahririda o‘ziga xos talab, muammolar mavjud. 
Siyosiy,  ijtimoiy-ommaviy,  adabiyotlarning  matnini  tahriridagi  asosiy 
mezonlar  –  ishonarlilik,  dalillanganlik,  asoslanganlikdir.  Quruq  bayonchilik  va 
safsatabozlikdan, yuzaki va sayoz sharhlardan, ko‘chirma (sitata)bozlikdan qochish 
zarur.  
Ijtimoiy-siyosiy  nashrlar  matn  qurilishidagi  o‘ziga  xoslik-  tashviqot  va 
targ‘ibot bo`lib, lisoniy-uslubiy vositalarni tanlash va qo‘llash tamoyillariga e’tibor 
beriladi. Siyosiy-mafkuraviy atamalarni qo‘llashning o‘ziga  xosligi  – ommaviylik 
va tushunarlilik, ta’sirchanlik  ta’minlovchi  omillarga asoslanadi. Ijtimoiy- siyosiy 
nashrlar tahririda rasmiy nutq uslubi maromlariga asoslanish lozim. 


244 
 
Ilmiy  va  texnikaviy  nashrlar  oldiga  qo‘yiladigan  talablar  juda  jiddiydir  va 
nashrning  kimga  mo‘ljallanganliga  bog‘liq.  Ilmiy  adabiyotning  janr  turlari  va 
ularning  lisoniy-uslubiy,  matniy  o‘ziga  xos  bo‘lilb,  ularning  turlari  va  ularning 
bayon qilish tarzi, matn qurilishi turlichadir. Ilmiy–texnikaviy adabiyotlarda milliy 
atamalardan, ko‘chirmalardan foydalaniladi, manbalarga havola qilinadi. 
Ilmiy  nashr  matnida  ilmiy  uslub  marom  va  mezonlarga  asoslaniladi: 
bayonning  xosliligi,  mantiqiyligi,  isbotlanganligi,  tasvirlash,  ta’riflash,  tahlil  va 
muhokama  yuritishning  lisoniy-uslubiy  o‘ziga  xosligi.  Ilmiy  matnlarda  turli  xil 
ishoralar,  chizma  va  formulalar,  hisob-kitoblarni  berish  usullari  va  tartiblaridan 
foydalaniladi. Ilmiy adabiyotlarni ruknlash va sarlavha tanlash muammosi alohida 
ahamiyatga ega.  
Ilmiy ommabop adabiyotlar ijtimoiy-ma’rifiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi 
va ilmiy bilimlarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Ilmiy ommabop bayon oldiga 
qo‘yiladigan  asosiy  talablar  -    matnning  mantiqiy,  lisoniy,  uslubiy  sifatlariga 
asoslanadi.  Sof  ilmiy  bayondan  “qochish”  zarur.  Ilmiy  ommabop  nashrlar  uchun 
xos bo‘lgan matniy, lisoniy- uslubiy nuqsonlarni bartaraf etish zarur. 
Ilmiy axborot beruvchi adabiyot turlari  ko‘p  bo‘lib,  birlamchi  va  ikkilamchi 
axborotlardan tashkil topadi: nashr etilgan va nashr etilmagan axborotlar. Bularda 
axborotni  qayta  tahlil  qilish,  umumlashtirish  va  baholash  xususiyatining 
ustuvorligiga e’tibor beriladi. Ilmiy axborotning kimga mo‘ljallanganligi  va bayon 
uslubi ham alohida ahamiyatga ega. 
Bibliografik  ko‘rsatgichlar  va  bibliografik  sharhlarni,  referativ  jurnallar, 
referativ  to‘plam  yoki  maxsus  nashlarni  tahrir  qilish  talablari  o‘ziga  xosdir: 
ularning matniy tuzulishi, tarkiblanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.  
O‘quv  qo‘llanmalari  va  darsliklarning  turlari  va  vazifalari  bir-biridan  farq 
qiladi. Bu o‘qish va o‘qitishning turlari, xillari bilan bog‘liq.          
Bildirgich  adabiyot  turlariga:  qomuslar,  lo‘g‘atlar,  bildirgichlar  kiradi. 
Qomuslar  va  ularning  turlari  bir-biridan  farq  qiladi:  umumiy,  sohaviy,  kasbiy. 
Bular hajman turlicha bo‘lishi mumkin. Qomuslarni tuzishning o‘ziga xos qoida va 
mezonlari mavjud. Lug‘atlar va ularning turlari rang-barangdir: umumiy lug‘atlar, 
tarjima  lug‘atlari,  izohli  lug‘atlar,  imlo  lug‘ati,  talaffuz  lug‘ati;  sheva  va  lahja 
lug‘atlari,  olinma  (o‘zlashtirma)  so‘zlar  lug‘ati,  terminlar  va  kasb-hunar  lug‘ati. 
Bularning tahririda oldindan tayin etib olingan tamoyillariga amal qilinadi. 
Badiiy  adabiyotning  tur  va  xillari  rang-barangdir.  Adabiy-badiiy  asarning 
o‘ziga  xos  xususiyatlari  bo‘lib,  badiiy  asar  matni  tahriri  oldiga  qo‘yiladigan 
talablar mavjud.  

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish