3-savol.O’simlik hujayrasi
Hujayra haqidagi ta’limotlar xujayraning kashf etilishi mikroskopning yaratilishi bilan bog`liqdir.
“Kletka” grekcha “Ketos”) so’zidan olingan bo’lib, bo’shliq degan ma’noni anglatadi. Hujayraning kattaligi mikron (mk) millimetrning mingdan bir bo’lagini tashkil etadigan kattalik bilan o’lchanadi
XVII asrda o’simlik organizmlarining hujayraviy tuzilishi aniqlandi. 1665 yili ingliz fizigi R. Guk (1636-1703) o’zi takomillashtirgan mikroskop orqali po’kak bo’lagi, marjon daraxti o’zagi, ukrop va boshqa o’simliklarni o’rganib uning natijalarini o’zining "Ba'zi bir mayda narsalarni tasvirlash" asarida bayon etdi
Hujayra po`sti. Yuksak o`simliklarning hujayrasi tashqi tomonidan ancha qattiq po`st bilan o`ralgan bo`ladi. Bu po`st hujayraga ma’lum bir shakl beradi va uni tashqi noqulay ta’sirlardan saqlaydi.
Hujayra po`sti lignin moddasini singdirsa yog`ochlanadi. Bunda u suv va gazlarni o`tkazadi. Protoplast nobud bo`ladi, kamdan- kam holda tirik qoladi, yogochlanish qaytar jarayondir.
Vakuola. O’simlik hujayrasi uchun eng harakterli organoid bo’lib, o’simlik hujayrasida suv ko’p miqdorda bo’lganligi uchun vakuola sistemasi yaxshi rivojlangan. Yosh hujayralar endoplazmatik to’rida ko’p mayda pufakchalar bo’lib, ular o’zaro qo’shilib kattalashadi va endoplazmatik to’rdan ajralib chiqadi. Shu bilan yagona yirik vakuolaga aylanadi. Vakuolaning membranasi tonoplast deb ataladi. Vakuola ichidagi suyuqlik hujayra shirasidan iborat. Vakuola shirasining tarkibi juda murakkab. O’z ichiga organik moddalar, mineral tuzlarni oladi, hamda 96-98% suv
Yadro. (lot. Nukleus. Yunon karion) hujayraning deyarli o’rtasida, sitoplazma ichida joylashgan asosiy organoid hisoblanadi., hamma eukariot olamiga kiruvchi organizmlar hujayrasining asosiy tarkibiy qismidir.
Yadro hujayrada juda muhim va murakkab vazifani bajaradi. U hujayraning zaruriy qismi bo’lib, undagi hayotiy jarayonlarni boshqaradi.. Yadrosiz hujayra tez orada nobud bo’ladi.
Yadroning shakli parenxima hujayralarida sharsimon va ellipsimon, prozenxima hujayralarida esa urchuqsimon va linzasimon ko`rinishdadir.
2-savol
Botanika grekcha "botane" so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida ko’kat, sabzavot, o’t, o’simlik degan ma'noni bildiradi. Botanika umuman o’simliklar haqidagi fan bo’lib, o’simliklarning tashqi va ichki tuzilishini, kelib chiqishini, o’sish hamda rivojlanish qonuniyatlarini, ulardagi hayotiy jarayonlarni, dunyoda tarqalish qonunlarini, muhit bilan ular orasidagi munosabatlarni va o’simliklar dunyosidan har taraflama foydalanish yollarini o’rgatadi.
Botanika fanining yana bir muhim vazifasi tabiatni va o’simliklar resurslarini muhofaza qilishning ilmiy asoslarini yaratishdir.
Bugungi kunda o’simliklar dunyosi rasmiy ravishda e'tirof etilmagan holda tuban va yuksak o’simliklarga ajratib o’rganilmoqda.
Tuban o’simliklar organik olamning dastlabki bosqichlaridan kelib chiqqan. Ular suvli muhitda yoki sernam Yerlarda yashashga moslashgan. Evolyutsiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi kunda ba'zilari sodda tuzilishni saqlab qolgan. Tuban o’simliklar - bir hujayrali, kolonial va ko’p hujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi to’qima hamda organlarga ajralmagan. Tuban o’simliklarining to’qima va organlarga ajralmagan tanasi tallom yoki qattana deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |