69-SAVOL Zamburug’lar bo’limi-
Zamburug’lar qadimiy organizmlar bo’lib,evolyutsiya jarayonida rangsiz sitoxrom C ga ega bo’lmagan xivchinlilarning Fiagellatae guruxidan kelib chiqqan.
Zamburug’lar oziqlanishi bilan o’simliklardan farq qiladi chunki ularda xlorofill pigmenti bo’lmaydi. Ular geterotrof oziqlanadi ya’ni tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlar hisoblanadi. Xujayra devori xitindan iborat bo’lib shu belgisi bilan hayvonlarga yaqin turadi. Ularning eng
xarakterli belgilari hujayra devorlarining shakllanganligi, oziqni shimib olishi, sporalar yordamida ko’payishi, vegetative tana o’sish qobiliyatiga egaligi, oziqlanishi geterotrof, assimlyatsiya vaqtida tayyorlanadigan oziq modda glikogendan iboratligidadir.
Zamburug’larning vegetativ tanasi mitseliy deb ataladi .
Mitseliy shoxlangan giflardan tashkil topgan bo’lib, uchiga o’sish va yon tomoniga shoxlanish xususiyatiga ega .
Do'stlaringiz bilan baham: |