O’quvchining ma’naviy-axloqiy qiyofasi
O’quvchi daftariga quyiladigan talablar: O’quvchi ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim tarbiya jarayoni, targ’ibot-tashviqot ishlari va shaxsiy namuna kabi pedagogik jihatlar bilan birga o’quv qurollarining mazmun–mohiyati, dizayni, bosmaxona sifati masalalari ham muhim o’rin tutadi.
Xususan, farzandlarimiz har kuni, har daqiqa muloqatda bo’ladigan “o’quvchi daftari” deb ataluvchi o’quv quroli mavjudki, uning muqovasi holati ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Keyingi yillarda davlat va nodavlat bosmaxonalar tomonidan iste’molga chiqarilayotgan daftarlarning aksariyati milliy va ma’naviy xususiyatlarimizga to’g’ri kelmay qoldi. Daftarlar muqovasi xususida, ularning mazmun-mohiyatini ma’naviy nuqtai nazardan o’zgartirish bo’yicha matbuot, radio va televideniye orqali ko’plab tanqidiy fikr-mulohazalar bildirmoqda. Daftar o’quvchi ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qilar ekan, bu masalaga alohida e’tibor qaratgan holda quyidagi talablarga rioya qilish zarur.
-o’quvchi daftari ekologik toza materialdan tayyorlanishi, Davlat standarti va gigenik talablarga to’liq javob berishi kerak.
-yozuv daftarining muqovasida fan, texnika, adabiyotni rivojlantirishga, aniq va tabiiy fanlar taraqqiyotiga hissa qo’shgan allomalar mutafakkirlar, olimlar, fan arboblari, tarixiy shaxslar, yozuvchi va shoirlarning suratlarini, ular haqida qisqacha ma’lumot, ularning hikmat darajasiga yetgan so’zlarini berish maqsadga muvofiq;
-daftar muqovasi uchun shunday rang tanlash kerakki, u o’quvchi ko’zini toliqtirmasin;
-vazirlik ishchi guruhi tomonidan 2010 yil fevral oyida mazkur masala yuzasidan Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari va savdo shaxobchalari o’rganilib, bozorlarda o’quvchi ma’naviyati- ni shakllantirishda hyech qanday ma’noga ega bo’lmagan sifatsiz yozuv daftarlari mavjudligi va ulardan o’quvchilar foydalanishi hollari kuzatildi.
Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida Davlat bojxona qo’mitasiga vazirlikning 2010 yil 1 martidagi 03-414-sonli xatlari yuborildi. Shuningdek “Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari o’quvchi va talabalarini yozuv daftarlari bilan ta’minlashni takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlandi. Respublika ta’lim markazi tomonidan “o’quvchi daftariga qo’yilgan talablar” bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Har yili yangi o’quv yili arafasida o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan bu borada targ’ibot ishlarini yanada jonlantirish, ota-onalar o’z farzandlariga o’quv qurollarini olib berishda mazkur masalaga alohida e’tibor qaratishlarini ta’minlash muhim masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: |