7-Тopshiriq
O‘zbekiston Respublikasi raqamli kartasida qo‘llaniladigan shkalalar (pog‘onalar) ni ishlab chiqish.
Тopshiriqning maqsadi: Voqea va xodisalar miqdor ko`rsatkichlar bilan tasvirlanganda ba’zan shkalalardan foydalaniladi. Shkalalarni tanlashda tuzilayotgan kartani mazmuniga, ishlatilayotgan usulga, statistik ma’lumotlarga, kartaning maqsadiga va tasvirlanayotgan xududga e’tibor berish va qoidalari bilan tanishish.
Тopshiriqni bajarish: Axoli kartalarida axoli yashaydigan joylarni axolisining soniga karab shkala tanlash. O`zbekistonni iqtisodiy-ijtimoiy atlasidagi (2020) «Axoli kartasi»da shaxarlarni tasvirlashda ishlatilgan pog`onali shkala o`rinli foydalanilgan, ya’ni axolisi 2 mln.dan ortiq, shaxar-qishloqlar axolisi 300000-400000, 200000-300000, 100000-200000, 50000-100000 va 50000 mingdan kam axoli yashaydigan joylarni tasvirlash. Bunda yaratgan kartamizni legendasini o’rganish; legendadan foydalanib, kartaning mazmunini o’qish; kartaning mazmuniga qisqacha ta’rif berish hamda kartasini yaratish.
Тopshiriq variantlari Navoiy viloyati axoli kartasi misolida topshiriqni bajarish.
Тopshiriqni bajarish uchun ko’rsatma:
Bajarilgan ishlarning natijalariga qisqacha ta’rif berilib, yoziladi va ish natijasi kartaning qisqacha izohli tavsifi va komponovka ko`rinishida taqdim etiladi. Annotatsiya matni mantiqiy, to`liq, adabiy tilda yozilgan bo`lishi kerak.
NAVOIY VILOYATI
Maydoni 111 ming km.kv. Aholisi 1,009 mln kishidan ortiq (2020-yil holati). Qishloq aholisi 51,1% shahar aholisi 48,9% ni tashkil qiladi . Navoiy viloyatida 8 ta tuman, 6 ta shahar va 47 ta shaharcha mavjud.
Bu viloyat mamlakatimizning eng kenja viloyati. U Buxoro va Samarqand viloyatlari hududidan tashkil topdi. Navoiy viloyati mamlakatimiz
viloyatlari ichida maydonining kattaligi bo‘yicha birinchi o‘rinda tursada, aholisining soni bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turadi. Viloyatning o‘simlik (yaylov) boyligi qorako‘lchilikda katta ahamiyatga ega.
Aholisi hudud bo‘ylab notekis joylashgan. Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlarida aholi nihoyatda siyrak. Sanoatning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi shahar aholisining tez ko‘payishiga olib kelmoqda. Viloyatda yangi shahar va shaharchalar qad ko‘tarmoqda.
Ijtimoiy sohalar. Viloyatda ikki oliy ta’lim muassasasi – Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik instituti faoliyat ko‘rsatmoqda. 380 ga yaqin umumta’lim maktablarining 120 tasi Qizilqumning olis cho‘l hududlarida joylashgan. Viloyat hududida ko‘pgina tarixiy maskanlar mavjud. Ular sirasiga qadimgi Karmana, Rabot Malik, Nurotadagi Toshmasjid tarixiy yodgorliklari, Chilustun, Ko‘kgumbaz, Qosimshayx maqbaralarini kiritish mumkin.
Shaharlari. Navoiy tez yuksalayotgan yosh sanoat shahri (Аhоli mаnzilgоhlаri mаvzusidа shаhаr аhоlisi sоnini аniqlаng)dir. U viloyatning ma’muriy markazi. Zarafshon daryosining yaqinligi, yirik qishloq xo‘jalik hududi markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi ta’minlanganligi shaharning tez o‘sish omili bo‘ldi. Shahar 1960-yillarda yagona bosh reja asosida issiq iqlim va milliy an’analarni hisobga olib qurildi. Shahar ko‘kalamzorlashtirilgan. Navoiyda mamlakatdagi yirik IES, elektr-kimyo kombinati, sement zavodi, kon-metallurgiya kombinati bor. Shahar sanoat va transport tuguni, muhim madaniyat markazidir.
Viloyat elektr energiyasini ishlab chiqarish miqdoriga ko‘ra mamlakatda oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Elektr energiyaning asosiy qismini Navoiy IES beradi. Mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korхonalarini modеrnizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali tехnologiyalarni joriy etish jadal amalga oshirilmoqda. Ularni amalga oshirishda kеrakli imtiyozlarga ega bo‘lgan maхsus industrial zonalar tashkil etilmoqda. Jumladan, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida 19 ta invеstitsiya loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish korхonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak tехnologiyalar asosida tеlеvizorlar uchun taglik-moslamalar, elеktr enеrgiyani elеktron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabеllar, IESlar uchun isitish qozonlari, mobil va statsionar tеlеfon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, paxtachilik, qorako‘lchilik, qo‘ychilik.
Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanoati.
Cho‘l chorvachiligi sohasida bu viloyat mamlakatda yetakchidir. Qizilqum cho‘lida qorako‘lchilikka ixtisoslashtirilgan yirik xo‘jaliklar tashkil etilgan. Bu sohada Tomdi tumani alohida ajralib turadi, tumanda ko‘plab qorako‘lchilik xo‘jaliklari bor. Yaylovlarni suv bilan ta’minlash, ularning mahsuldorligini oshirish uchun fitomeliorativ ishlar olib borilmoqda.
Sanoatning rivojlanishi suv boyliklariga bog‘liq. Taraqqiy etayotgan sanoat tarmoqlari, jumladan, kimyo sanoati va boshqalar suvni ko‘p talab qiladi. Viloyat kimyo sanoati tabiiy gaz va boshqa mineral xomashyoga tayanib tez rivojlanmoqda. Kimyo sanoatining markazi Navoiy shahridagi kimyo kombinatidir. Mamlakatimizda tayyorlanayotgan sement mahsulotining asosiy qismi Navoiy sement zavodida ishlab chiqarilmoqda. Zavod yaqin vaqtlargacha shlak, metall qipig‘i, klinker singari sement xomashyolarini sobiq Ittifoq respublikalaridan katta-katta xarajatlar hisobiga keltirardi. Xomashyoning qimmatligi sement ishlab chiqarishni ko‘paytirish va sifatini oshirishga to‘sqinlik qilardi. Geologlarning izlanishlari natijasida Malikcho‘l sarhadlarida, shundoqqina zavodning yonida tuf koni topildi. Tuf eng a’lo shlakdan ham, noyob aralashma–klinkerdan ham qolishmaydigan sement xomashyosidir. Kon zaxirasi katta bo‘lib, yiliga 2-3 mln tonna tuf qazib olinganda ham 45-50 yilga yetishi aniqlandi.
Viloyat elektr energiyasini ishlab chiqarish miqdoriga ko‘ra mamlakatda oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Elektr energiyaning asosiy qismini Navoiy IES beradi. Mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korхonalarini modеrnizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali tехnologiyalarni joriy etish jadal amalga oshirilmoqda. Ularni amalga oshirishda kеrakli imtiyozlarga ega bo‘lgan maхsus industrial zonalar tashkil etilmoqda. Jumladan, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida 19 ta invеstitsiya loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish korхonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak tехnologiyalar asosida tеlеvizorlar uchun taglik-moslamalar, elеktr enеrgiyani elеktron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabеllar, IESlar uchun isitish qozonlari, mobil va statsionar tеlеfon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |