20
Dorivor damlama. Odatda damlama ikki usulda tayyorlanadi.
Dorivor o`simlik mahsulotining o`ziga xos xususiyatlari inobatga olinib
damlama qaynoq hamda sovuq yo`l bilan tayyorlanishi mumkin.
Uy-xona sharoitida qaynoq yo`l bilan damlama tayyorlash uchun
dorivor mahsulot suvga nisbatan 1:10 yoki 1:20 hisobida olinadi. Ya`ni 1
hajm yoki og`irlik birligida olingan dorivor mahsulotga 10 yoki 20 hajm
birligida suv olish kerak bo`ladi. Masalan, 1:10 nisbatida damlama
tayyorlanadigan bo`lsa 10 g miqdorda
dorivor mahsulot olinib, unga 100
g/ml suv solinadi.
Dorivor damlama tayyorlashda ro`zg`orda ishlatiladigan og`zi
yopiladigan sirlangan, chinni yoki haroratga chidamli shisha idishlardan
ham foydalanish mumkin. Odatda, damlama va qaynatma tayyorlashda
suv biroz ko`proq olinishi lozim, chunki damlama
jarayonida suv qisman
bug`lanib, hajmi ma`lum darajada kamayadi.
Suv bilan dorivor mahsulot yaxshilab aralashtirilgach, uning usti
qopqoq bilan berkitilib, biroz hajmi kengroq idishga (kastryulka,
tog`oracha yoki qozoncha bo`lishi mumkin, qaynab turgan suv ustiga)
o`rnashtiriladi, bunday damlamali idish kengroq suvli idishda og`ib
ketishi yoki to`ntarilishiga imkon bermaslik tadbiri ko`riladi. «Suv
hammomi» ning, ya`ni kengroq idishda suvning qaynash jarayoni 15-20
minut
davom
ettiriladi.
«Suv
hammomi»
vazifasini
o`tayotgan
kastryulkadan damlamali idish olinib, uy haroratida 1
soat mobaynida
sovitilib qo`yiladi. Shundan so`ng damlama bir necha qatlangan doka
yoki bo`z mato vositasida suzilib, siqib sharbati olinadi. Damlama hajmi
belgilangan me`yordan kamayib ketgan taqdirda,
qaynatib-sovutilgan suv
bilan me`yoriga yetkaziladi. Masalan, 50 g dorivor mahsulotga 500 g suv
olinib damlama tayyorlash jarayonida ajratib olingan sharbat-450 g/ml ni
tashkil etadigan bo`lsa, u holda damlamaning yetishmagan qismiga 50
21
g/ml qaynatib sovutilgan suv quyilib, umumiy hajm 500 g/ml ga yetkazi-
ladi.
Uy sharoitida ba`zan dorivor o`simlik mahsulotlaridan choy
ko`rinishida damlama tayyorlash ham mumkin. Buning uchun mahsulot
qaynoq suv bilan chayilgan
sirli choynak ichiga solinib, uning ustidan
qaynoq suv quyilib, qaynab ketishiga sharoit yaratmay, yengil alanga
ustida 15 minut saqlab turiladi. So`ngra
damlama sovitilib, suzib yoki
choynakdan silqitilib olinadi va qaynash jarayonida yo`qotilgan suv
miqdori qaynatilgan suv bilan me`yoriga yetkaziladi.
Damlamani sovuq usulda tayyorlashda (masalan, gulhayri ildizidan)
mahsulot ustiga belgilangan miqdorda qaynatib sovutilgan suv solinadi va
4-12 soat davomida «tindirib - damlab» qo`yiladi. So`ngra tayyorlangan
damlama suzilib, sharbati ajratib olinadi.
Ba`zi hollarda shifobaxsh giyoh mahsuloti to`g`ridan-to`g`ri choy
kabi damlab ichilishi mumkin. Jumladan, kiyik o`ti, tog`jambil, zira
choylarni choynakning o`zida damlab ichish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: