7-sinf,test-2
1.Sodda hayvonlar tipi nechta sinfga bo’linadi?
A) 3 ta; B) 4 ta; D) 2 ta; E) 5 ta;
2. Amyoba tanasining kattaligi ?
A) 0,2–0,5 mm; B) 0,2–0,6 mm; D) 0,3–0,5 mm; E) 0,2–1 mm;
3. Tana shakli o’zgaruvchan hayvon qaysi?
A) Amyoba; B) Evglena; D) Tufelka; E) Bezgak paraziti;
4. Amyoba nimalar bilan oziqlanadi?
A) bakteriyalar, B) mayda suv o‘tlari, D) organik qoldiqlar, E) Hammasi;
5. Agar amyobali suvga ozroq osh tuzi qo‘shilsa, u hamma soxta oyoqlarini tortib olib, …………….. shaklga kiradi.
A) sharsimon; B) duksimon; D) yumaloq; E) oval;
6. Sodda hayvonlar noqulay sharoitda nima hosil qiladi?
A) Spora; B) Gameta; D) Sista; E) Vakuol;
7. Amyoba qanday ko’payadi?
A) jinssiz; B) jinsiy; D) spora orqali; E) kurtaklanib;
8. Soxta oyoqlilarning harakatlanish organlari:
a) sitoplazmaning muvaqqat o‘simtalari; b) hujayra membranasidan hosil bo‘ladi;
d) soxta oyoqlar va kipriklardan iborat.
9. Amyobaning oziqni qamrab oladigan organoidi:
a) hazm qilish vakuolasi; b) hujayra membranasi; d) soxta oyoqlar.
10. Metallarni silliqlashda va jilvir qog‘oz tayyorlashda nimalardan foydalaniladi?
A) foraminiferalar; B) nursimonlar; D) ichburug‘ amyobasi; E) oddiy amyoba;
11. Qonli ichburug‘ paydo qiladigan hayvon?
A) foraminiferalar; B) nursimonlar; D) ichburug‘ amyobasi; E) oddiy amyoba;
12. ………………chig‘anoqlari qoldig‘i hozirgi ohaktosh konlarini hosil qilgan.
A) foraminiferalar; B) nursimonlar; D) ichburug‘ amyobasi; E) oddiy amyoba;
13. Tanasining shakli duksimon bo’lgan hayvon qaysi?
A) Amyoba; B) Evglena; D) Tufelka; E) Bezgak paraziti;
14. Yorug‘lik ta’sirida evglenaning xromatoforalarida organik moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar evglenaning ……………………….uchun sarf bo‘ladi.
A) o‘sishi uchun; B) rivojlanishi uchun; D) ko‘payishi uchun; E) Barchasi to’g’ri;
15. Evglena qachon hayvonlar singari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi?
A) qorong‘ida; B) yorug’likda; D) kichikligida; E) T.J.yo’q;
16. Evglenaning qaysi xususiyati o‘simliklar bilan hayvonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan ligidan darak beradi?
A) Ayirishi; B) Fotosintez qilishi; D) Hazm qilish jarayoni; E) Ko’payishi;
17. Evglenada qisqaruvchi vakuolaning vazifasi nima?
A) Ayirish; B) Fotosintez qilish; D) Hazm qilish ; E) Ko’payish;
18. Evglena qizil dog‘ ko‘zchasi yordamida nimani sezadi?
A) namlikni; B) sovuqni; D) yorug‘likni; E) rangni;
19. Bo‘linish boshlanishi bilan evglena hujayrasida qanday o’zgarish bo‘ladi?
A) eski xivchinning yonida ikkinchi yangi xivchin hosil bo‘ladi; B) yadro kattalashadi;
D) hujayra qobig’i eriydi; E) sitoplazmada to’siq hosil bo‘ladi;
20. Koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali hayvon?
A) Volvoks; B) Evglena; D) Tripanosoma; E) Leyshmaniya;
21. Tropik Afrikadagi xalqlar qoni zardobida yashab, uyqu kasalligini keltirib chiqaradigan hayvon?
A) Volvoks; B) Evglena; D) Tripanosoma; E) Leyshmaniya;
22. Odam yuzi va ba’zan qo‘l terisida uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil qiladigan hayvon?
A) Volvoks; B) Evglena; D) Tripanosoma; E) Leyshmaniya;
23. Volvoks koloniyasi mingga yaqin …………………….hujayralardan tashkil topgan.
A)noksimon ikki xivchinli; B)noksimon bir xivchinli; D)noksimon uch xivchinli; E)sharsimon ikki xivchinli;
24. Volvoks koloniyasidagi hujayralar sharning qayerida joylashgan bo‘lib, nima yordamida o‘zaro bog‘langan?
A) ichida, sitoplazmatik ipchalar; B) sirtida, sitoplazmatik ipchalar;
D) ichida, sitoplazmatik tolachalar; E) sirtida, sitoplazmatik tolachalar;
25.Qaysi so’z lotin tilida «pichan ivitmasi hayvonlari» ma’nosini anglatadi?
A) Bezgak paraziti; B) Nozema; D) Infuzoriya ; E) Evglena;
26. Tufelkaning uzunligi qancha?
A) 0,1–0,3 mm; B) 0,1–0,2 mm; D) 0,2–0,3 mm; E) 0,2–0,5 mm;
26. Tufelka qanday suv havzalarida uchraydi?
A) ifloslangan; B) o‘simlik qoldiqlari ko‘p bo‘lgan; D) azotga boy; E) chuchuk suvlarda;
27. Tufelka tanasining sirti nimalar bilan qoplangan?
A) kipriklar; B) tuklar; D) so’rg’ichlar; E) patlar;
28. Tufelka nimalar bilan oziqlanadi?
A) zamburug’lar bilan; B) bakteriyalar bilan; D) o’simliklar bilan; E) suvo’tlar bilan;
29. Tufelkada og‘iz nimaga ochiladi?
A) qizilo’ngachga; B) halqumga; D) ichakka; E) og’zi yo’q;
30. Tufelka hujayrasida nimalar ikkitadan bo’ladi?
A) qisqaruvchi vakuola va yadro; B) qisqaruvchi vakuola; D) yadro; E) hazm vakuolasi;
31. Tufelkaning sitoplazmasida ……….. katta yadro va…………….kichik yadro bor.
A) ovalsimon, dumaloq; B) loviyaga o‘xshash, ovalsimon; D)loviyaga o‘xshash, dumaloq; E)T.J.yo’q;
32. Tufelkaning jinssiz ko‘payishi nimadan boshlanadi?
A) yadrolar qobig‘ining erishi va yadro moddasining ikkiga taqsimlanishidan;
B) yadrolar qobig‘ining erishidan; D) yadro moddasining ikkiga taqsimlanishidan; E) T.J.yo’q;
33. Tufelka hujayrasi qobig‘ining ostida ta’sirlanishni ta’minlaydigan nima joylashgan?
A)otiluvchi tolalar; B)mayda kuydiruvchi tayoqchasimon tanachalar; D)kuydiruvchi tolalar; E)zahar bezi;
34. Hamma turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan sodda hayvonlar sinfi?
A) sporalilar; B) Infuzoriyalar; D) xivchinlilar; E) soxta oyoqlilar;
35. Sporalilar sinfi qancha hayvonlarni o‘z ichiga oladi?
A) 4 000 dan ortiq; B) 4 000 ga yaqin; D) 3 000 dan ortiq; E) 2 000 dan ortiq;
36. Sporalilarda qaysi organoidlari bo‘lmaydi?
A) harakatlanish, B) hazm qilish, D) Harakatlanish, hazm qilish va ayirish , E) ko’payish;
37. Bezgak parazitini odamga nima yuqtiradi?
A) bezgak chivini; B) uy pashshasi; D) leyshmaniya; E) triponosoma;
38. Bezgak paraziti qayerda parazitlik qiladi?
A) oq qon tanachalarida; B) qizil qon tanachalarida; D) qon plastinkalarida; E) qon plazmasida;
39. Qachon bezgak xuruj qiladi?
A) Parazit qon hujayralarini yemirib, qon plazmasiga chiqqanida; B) harorat ko’tarilganda;
D) Parazit qizil qon tanachalariga kirganda; E) ko’payib ketganda;
40. Sporalilar sinfiga kiruvchi nozema nimada parazitlik qiladi?
A) tut ipak qurtida; B) tut ipak qurti va asalarida; D) asalarida; E) odamda;
Do'stlaringiz bilan baham: |