7-sinflar uchun dars ishlanmasi



Download 2,02 Mb.
bet5/8
Sana12.04.2022
Hajmi2,02 Mb.
#545266
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kitob grafikasi tayyor

Iskandar Ikromov (53-rasm) (1904 -1972) - O‘zbekiston xalq rassomi, taniqli kitob naqqoshi 1904-yilda Toshkent shahrining Eski Jo ‘va mavzeida tavallud topgan. Bo‘lajak rassomning otasi Shoikrom Qori о ‘ta taqvodor kishi bo ‘lsa-da, о ‘g ‘lidagi iqtidorni ко'rib, uni 1922 - 1924-yillarda Toshkentdagi Turkiston о ’Ika badiiy bilim yurtida shug'ullanishiga imkonivat yaratib berdi. _ Keyinchalik и mashhur о ‘zbek yozuvchisi Abdulla Oodiriyning tavsiyasiga ко‘ra Moskva Davlat Oliy badiiy-texnika ustaxonasi (BXUTEMAS, 1924-1925)da va Sankt-Peterburg Badiiy akademiyasining Badiiy san'at texnikumida (1925 - 1929) rassomlik kasbini egallab, Toshkentga qaytdi.
Uning iqtidorining to ‘la-to ‘kis namoyon bo ‘lishida Abdulla Qodiriy, G ‘ozi Yunus, Hodi Zarifov, G ‘afur G 'ulom, Oybek, Hamid Sulaymonov kabi adiblar bilan bo ‘Igan muloqotlar muhim о ‘rin tutdi. Rassomning aynan kitobat san ‘atini tanlashi о ‘z davrining taraqqivparvar ziyolisi, amakisi Shoismatillaning kitob do ‘konida о ‘tkazgan damlari, и yerda amakisining Boku, Qozon, Orenburg, Ufa kabi shaharlardan keltirgan gazeta, jurnal, darslik, romanlar va boshqa adabiyotlarni ко ’rib, ilhomlanganligi bilan bog ‘liq.
Iskandar Ikromov o'z ijodiy faoliyatida Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, G ‘afur G 'ulom, Hamid Olimjon, Oybek kabi allomalarning asarlariga badiiy ishlov bergan. 1959-yilda Alisher Navoiyning «Lirika»siga ishlagan badiiy bezaklari uchun Germaniyaning Leypsig shahrida о ‘tkazilgan xalqaro kitob ко‘rgazmasida bronza medaliga sazovor bo'lgan.
O‘zbekiston kitob grafikasi san’atining rivojiga XX asming 40 -50-yillarida Usto Mo‘min (Nikolayev), Vladimir Kaydalov, Chingiz Ahmarov, Mixail Reyx, 60 - 70-yillarga kelib esa Qutlug‘ Basharov, Telman Muhamedov, Ivan Kiriakidi, Anatoliy Bobrov va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar. Ayniqsa, Telman Muhamedovning ijodida Sharq miniatyura san’atining an’analari o‘ziga xos talqinda davom ettirildi.

Muhamedov Telman Yaminovich
(1934 - 1976) (54-rasm) - 1934-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1968-yilda hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan.
O‘z asarlari bilan bir qator xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. 1974-yilda Butunittifoq Xalq Xojaligi yutuqlari ko‘rgazmasining bronza medaliga sazovar bo'lgan. O‘zbek xalq ertaklari, Afandi
latifalari, G'afur G ‘ulomning «Shum bola», Mirmuhsinning «Ме’тог» asarlariga ish-





lagan illustratsiyalarida rassomning iqtidori yaqqol namoyon bo'lgan.
Ularda chuqur yumoristik ruh ifodalangan kompozitsiyalar, nozik istehzoli kayfiyat nafis chiziqlarda mohirlik bilan tasvirlangan.


Anatoliy Andreyevich Bobrov
1948-yilda Sharqiy Qozog'iston viloyatining Rodionovka qishlog ‘ i da tug'ilgan. 1972-yilda hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomladi.
Kitob Anatoliy Bobrovning butun hayoti mazmuniga aylangan. U kitobning badiiy va texnologik jarayonlarini mukammal egallagan rassom. A. Bobrov bezagan kitoblar respublika, respublikalararo va xalqaro tanlovlarning diplomlari bilan taqdirlangan.







A.Bobrov M.R.Dayonmg «Indoneziya ertaklari va afsonalari», qoraqalpoq meposi «Shahriyor», hind qahramonlik eposi «Ramayana», Asqad Muxtorning «Qo‘l izi» she’rlar to'plami, Muhammad Alining «Boqiy dunyo» she’riy romanining о ‘zbekcha hamda ruscha nashri, A.S.Pushkinning «Baliqchi va oltin baliq haqida ertak» kitobi, Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik кип» va «Qiyomat» asarlari, qirg'iz eposi «Manas» va boshqa ko'plab kitoblami badiiy bezagan.
Kitobning yuzaga kelishida uning muallifidan tashqan muharnr (muallif tomonidan bitilgan matnni tartibga soluvchi), badiiy muharrir (kitobning badiiy konstruktiv yechimini hal etuvchi), musahhih (xatolarni bartaraf etuvchi) va texnik muharrir ishtirok etadi. Ular bo‘lajak kitobni to‘la- to‘kis bosmaxonada chop etish uchun hamkorlikda tayyorlab beradilar, Shuning uchun ham har bir kitobda uning muallifidan tashqari, muharrir, badiiy muharrir, rassom, texnik muharrir, musahhihlarning nomlari, kitobni nashrga tayyorlagan nashriyot va uni chop etgan bosmaxonaning nomi yozib qo‘yiladi. Siz o‘zingiz o‘qigan kitoblardan ularning nomlarini topib, har birimng mehnatiga baho berishga harakat qilib ko‘ring.

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish