I-Tashkiliy qism:
a)Salomlashish
b)Davomatni aniqlash
c)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
II- Uyga vazifani tekshirish
Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi
III-Yangi mavzuni o'rganish
Grafika tasviriy san’atning eng ommalashgan turi. San’atning bu turi bilan katta-yu kichik shug‘ullanadi. Chunki u hammabop. Kimdir o‘z fikrini bayon etish uchun, kimdir tasavvurlarini oydinlashtirish uchun, yana kimdir xayol surib o‘tirib qandaydir tasvirlar chizadi. Bularning barchasi, aslida grafikaning bir ko‘rinishidir.
«Grafika» so‘zi (yunoncha) «graphike» - «yozayapman», «chizayapman» ma’nosini anglatadi. Uning hammabopligi tasviriy san’atning rangtasvir va haykaltaroshlik turlari kabi maxsus sharoitni talab etmaydi. Uni qora tushda, oddiy qalam, flomaster yoki sarikli ruchkada daftar varag'i, oq qog‘ozga ishlash mumkin.
Ayni paytda, grafika san’atining o‘ziga xos murakkabliklari ham mavjud. Bir qarashda juda oddiy tuyulgan bu san’at turi aslida undagi shartliliklar tufayli murakkabdir. Unda bir rang bilan, odatda, qora rang bilan chiziqlar vositasida oq qog‘oz sathida rang va uning tuslari, borliqdagi voqea va hodisalar tasvirlanadi.
Grafika san’atining dastgoh grafikasi, kitob, gazeta-jumal grafikasi, amaliy grafika va plakat kabi turlari mavjud. Shular ichida insonlar hayotiga eng chuqur kirib borgani, shuningdek, kitob grafikasi san’atidir.
Kitob grafikasi - kitoblarga badiiy bezak berish san’atidir. Kitoblar o‘zining mazmuni va mohiyatiga ko‘ra bezatiladi. Shu bois darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop kitoblar, lug‘atlar va ensiklopediyalar, badiiy adabiyotlarga ishlangan bezaklar bir-biridan farq qiladi. Kitob grafikasi san’atining imkoniyatlari adabiy asarlarni badiiy bezashda to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy o‘zbek kitob grafikasi san’ati XIX asming oxirlarida shakllana boshlagan. Bir paytlar O‘rta Osiyo mashhur hattotlar, naqqoshlar, musavvirlar, muqovasozlaming kitob ziynatlash borasida yuksak niahorat maktabi bo‘lgan. XIX asming oxiri - XX asming boshlariga kelib kitob ishlab chiqarish san’at sohasidan industriyaga aylanib bordi. Yevropadan avvaliga O‘rta Sharq mamlakatlariga, XIX asming 60-yillarida Turkistonga yevropacha kitob nashr qilish texnikalarining kirib kelishi, shuningdek, yevropalik kitob bezovchi rassomlaming bu yerda qo‘nim topishi asrlar davomida shakllangan an’analaming inqirozga uchrashiga olib keldi.
Kitoblami texnika yordamida nashr etishni yoiga qo‘yilishi mahsulotlaming badiiy darajasi emas, balki soniga e’tibor berishni taqozo etdi. Toshkent, Xiva, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Marg'ilonda litografiya usulida kitob, chiqarish uskunalarini ishga tushirilishi Turkiston va Yevropada nashr etilayotgan kitoblami amalda bir xil bo‘lishiga olib keldi. Shu davrga kelib jamiyatning kitobga bo‘lgan ehtiyojini to'la-to'kis qondirish uchun uni industrlashtirish tabiiy holga aylandi.
O‘zbek kitob grafikasi san’atining milliy an’analarini tiklash va rivojlantirishda o‘z ijod yo‘lini XX asming 30- yillarida boshlagan Iskandar Ikromovning faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |