7-sinf
Mavzu : Eng muhim asoslarning ishlatilishi
O‘qituvchi: Sevara Hasanova
Mavzu bayoni:
Natriy gidroksid (o‘yuvchi natriy) NaOH.
Oq tusli, suvda juda yaxshi eriydigan, hatto havodagi suv bug‘larini ham tortib olib suyuqlanadigan (gigroskopik) qattiq modda. Natriy gidroksid — kimyo sanoati uchun eng muhim xomashyolardan biridir: neftni qayta ishlash mahsulotlarini tozalashda; sovun, qog‘oz ishlab chiqarishda; to‘qimachilik va sun’iy tola ishlab chiqarish hamda sanoatning boshqa ko‘plab sohalarida qo‘llaniladi.
Kaliy gidroksid (o‘yuvchi kaliy) KOH.
Oq tusli, suvda juda yaxshi eriydigan qattiq modda. Xossalari jihatidan o‘yuvchi natriyga juda o‘xshab ketadi. Sanoatda o‘yuvchi natriy kabi kaliy xlorid tuzi eritmasidan elektroliz qilib olinadi. Uning ta’sir kuchi o‘yuvchi natriynikiga o‘xshasa-da, tannarxi qimmatligi tufayli kamroq ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |