8-savol
1934-1937.
Javob: “Sarob” romanini yozdi.
9-savol
1947-
Javob: “Qo’shchinor chiroqlari” romanini yozdi.
10-savol
1949-1957.
Javob: “Shoxi so’zana”, “Ayajonlarim” dramalari sahnaga qo’yildi.
11-savol
1962-
Javob: “Tabiatdan tovush” dramasi e’lon etildi.
12-savol
1965-
Javob:”So’ngi nusxalar” dramasini yozdi.
13-savol
1958-
Javob: “Sinchalak” qissasini chop qildirdi.
14-savol
1966-
Javob: Hamza mukofoti sovrindori bo’ldi.
15-savol
1954-1956.
Javob: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasini boshqardi.
16-savol
1960
Javob: “Dahshat” hikoyasini yozgan.
17-savol
1967
Javob: O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga ega bo’ldi.
18-savol
1968-yil 25-may
Javob: Moskvada vafot etdi. Toshkentdagi Chig’atoy qabristonida dafn etildi.
3.Yangi mavzu bayoni
Yangi mavzuni A.Qahhorning “Dahshat” hikoyasini kompyuterda eshittirish orqali boshlaymiz.
“Dahshat” inson erki hamma narsadan afzal ne’mat ekanligi tarannum etilgan asar. Hurlikka intilgan inson oldida har qancha dahshatli to’siqlar turmasin iroda kuchiga tayanib, maqsadi yo’lida chekinmaydi. “Dahshat” hikoyasida Unsinning mute’lik asirasi va jaholat qurboni bo’lib yashashni ishtamaydi. Olimbek dodxoning sakkiz xotini ichida eng kichigi-bu dargohga tushganiga 5 oygina bo’lgan. Unsin agar eri butunlay javobini bersa, Ganjiravonga o’z uyiga ketmoqchi bo’ladi. Dodxoning katta xotini Nodirmohbegim bir voqeani aytib berayotganda,
“-Bola edim. Rahmatli dadam gap yer edilar. “Bir xona yigit…. mana shunaqa shamol kechasi ekan. “Hozir kim go’ristonga borib, Asqarponsotning go’riga pichoq sanchib keladi?”-degan gap bo’libdi”, —deydi. Unsin dodxo bergan topshiriqni bajaraman deb kechasi qabristonga boradi, unga “o’likning joni yo’q” gapi bir odamchalik quvvat bo’ladi.Unsin o’tinni unutgan edi. Asarda muallif holat va kechinmalarni tasvirlashda “sovuq ter chiqmoq”, “bir qarich cho’kkanday bo’lmoq”, “tizzasi qaltiramoq”, “tildan qolmoq”, “yerga qopishib ketmoq”, “lafzdan qaytmaslik”, “yuragiga raxna solmoq”, “dami ichiga tushmoq”, “ko’z oldiga kelmoq”, “ko’zlari javdiramoq”, “ko’pi ketib ozi qolmoq”, “o’zini yerga tashlamoq”, “yerning qariga yubormoq” kabi ibora va ifodalarni mahorat bilan qo’llay olgan. Hikoya so’ngida Unsin jon beradi.
So’ng hikoyani “Debat” metodi orqali tahlil qilamiz.
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi.
1-guruh
-Unsinning o’ziga xos voqelik bilan bog’liq bo’lgan jihatlarini oqlaydi.
-Unsin qo’rqoq va ojiz.
-Dodxohga tegmas edi.
-Unsin qabristonga bormasligi kerak edi.
-Unsin o’zini idora qilishi lozim edi.
2-guruh
-Unsinning ojizlik jihatlarini, zaifligini qoralaydi.
-Unsinning shaxsiy fikri yo’q. Unsinni majburlashdi.
-Ilojsiz qolgan qiz uyiga qochishni xohlaydi.
-Cholning nayrangiga uchmasligi kerak edi.
O’qituvchi har bir guruhning fikrlarini diqqat bilan eshitadi va o’rni bilan o’z mulohazalarini aytib boradi.
Hikoyada muammolar Unsinga borib taqalgach, o’qituvchi guruhlar keyingi topshiriq sifatida Unsin haqida “SWOT” tahlilini tuzishni topshiradi. Shu tariqa Unsinning fazilatlari aniqlanadi.
O’quvchilar yozib tugatgunlariga qadar kompyuterda A.Qahhor va uning ijodiy faoliyati aks etgan slayd namoyish qilinadi.
“SWOT” tahlil –inglizcha so’zlarning qisqartmasidan hosil bo’lgan. U bitta masalaning to’rtta qirrasini ko’rib chiqish imkonini beradi.
S-stregth-kuch
W-weknes-zaiflik
O-opportunites-imkoniyat
T-thereat-xavf-xatar
Kuch. Unsinning asardagi boshqa qahramonlarga nisbatan uning xarakteridagi ustunlik jihatlari, kuchi nimalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |