7-sinf KIMYO 1-5&
Tuzuvchi: Mirsalikov Mirziyod
1.Y.T.Toshpo’latov yaratgan K-1 preparati qanday maqsadda ishlatiladi?
A)Paxta zararkunandalariga qarshi B)Paxta sellulozasini olishda
C)Metal yuzasi bilan ishqalanishini kamaytiruvchi modda D)Polimer moddalarni sintezlashda
2. Shtativdagi qaysi moslamadan tubi yassi va konussimon kolbalar, stakanlar, chinni kosachalarda moddalarni
qizdirishda foydalaniladi?
A) Qum yoki suv hammomi B) Asbest to’rli taglik
C) Halqali tutqich D) O’zak
3. Propargil spirit hosilalari va geterosiklik birikmalarni o’rgangan olim?
A)Y.T.Toshpo’latov B)A.G’.Mahsumov C)N.A.Parpiyev D)A.A.Abduvohobov
4. Qaysi gaz yonmaydi, lekin yonishga yordam beradi?
A) Kislorod B) Vodorod C) Karbonat angidird D) Azot
5. Atomlarning muayyan turi bu….
A)molekula B)modda C)kimyoviy birikma D)kimyoviy element
6. Oqsillarning kimyoviy tuzilishi va ularning organizmga ta`siri to`g`risida ilmiy maktab yaratgan, feramon
tutqichlarini yaratgan olim kim?
A) Sh.I. Solihov B) A.A Abduvahobov C) A.G` Mahsumov D) H.U. Usmonov
7. Quyidagi qaysi metall kerosin ichida saqlanadi?
A)rux B)natriy C)kadmiy D)qalay
8. Alanganing qaysi qismi chetlari xira eng issiq bo’ladi?
A) Yuqori B) O’rta C) Pastki D) Chetki
9. .Laborotoriyada ortib qolgan Na metali nima qilinadi?
A) Suvda eritiladi B) Kerosin ostida saqlanadi C) Yondiriladi D) Spirtda eritiladi
10. Kimyo fanining pedmeti nima?
A) Tabiiy moddalar B) Sintetik moddalar C) Jismlar D) Tabiiy va sintetik moddalar
11. Yonish va oksidlanish jarayonlari haqidagi nazariya kimga tegishli?
A) Lomonosov B) Dalton C) Shtal D) Lavuazye
12. Element atomi massasini uglerod 12 izatopi atomi massasining 1/12 (o‘n ikkidan bir) qismidan necha marta
og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalik nima deyiladi?
A) Nisbiy molekulyar massa B) Nisbiy atom massa C)Molyar massa D) Absolut massa
13. Yer yuzasining foydali qazilmalar olinadigan qismining 90 foizini tashkil etadigan elementlarning necha foizini
metallar tashkil etadi?
A) 60 B) 40 C) 20 D) 80
14. O’z tajribalariga asoslanib atomistik nazariya asoslarini bayon etgan olim kim?
A)Ar Roziy B) Lavuazye C)Demokrit D) Dalton
15.
Metallarning yaltiroqligi, plastikligi, elektr o`tkazishi nima bilan bog`liq?
A)Kristall panjaradagi protonlarga B)Kristall panjaradagi erkin elektronlarga
C) Kristall panjaradagi metalga D) Kristall panjaradagi nuklonlarga
16. Qaysi olim yuqori darajada toza molibden olishning termik usulini yaratgan?
A) N.R Yusupbekov B) T.M Mirkomilov C) N.A Parpiyev D) H.U. Usmonov
17. Moddalar kimyoviy xossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarracha nima deb ataladi?
A) Molekula B) Atom C) Ion D) Yadro
18. Qaysi kristall panjara yuqori suyuqlanish harorati va yuqori qattiqlikka ega bo`ladi?
A) Metall B) Ion C) Atom D) Molekulyar
19. Simob to’kilgan joyga qaysi modda sepiladi?
A) Suv B) Oltingugurt C) Qum D) Sulfat kislota
20. Paxta selullozasi olishning jahon standartlariga javob beradigan tizimlari ishlab chiqqan olim kim?
A) Sh.I. Solihov B)
O.S. Sodiqov C) A.A Abduvahobov D) H.U. Usmonov
Test javoblari:
1.C 6.A 11.D 16.C
2.B 7.B 12.B 17.A
3.B 8.A 13.A 18.C
4.A 9.D 14.D 19.B
5.D 10.D 15.B 20.D