3 – Mavzu : Franklar imperiyasi
1. Buyuk Karlning dastlabki yurishlari qaysi davlatga qaratilgan edi?
A) Ispaniya B) Sakslar yurti
C) Italiya D) Britaniya
2. Buyuk Karl hujumi arafasida Italiyada germanlarning qaysi qabilasi o`z hukmronligini o`rnatgan edi?
A) langobard B) lotar
C) alleman D) bavar
3. Buyuk Karl qaysi hududga amalga oshirgan dastlabki yurishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi?
A) Ispaniya B) Sakslar yurti
C) Italiya D) Britaniya
4. Reyn daryosining o`ng sohilida yashagan german qabilalarini aniqlang.
A) frank B) got C) saks D) alleman
5. Karlning muvaffaqiyatsiz yakunlangan yurishlarida halok bo`lgan qahramonni aniqlang.
A) Dizederiy B) Xildebert
C) Karl Martell D) Roland
6. Franklar qirolligi qaysi voqeadan so`ng imperiya deb atala boshlangan edi?
A) Karl langobardlarni yenggach;
B) Ispan markasi tashkil etilgach;
C) Buyuk Karl imperatorlik tojini kiygach;
D) Sakslar yurti to`liq egallangach;
7. Buyuk Karlning sakslar yurtida tinimsiz jang qilishdan ko`zlagan asosiy maqsadi …
A) aholini boshqa hududlarga ko`chirish;
B) aholini xristianlik diniga o`tkazish;
C) sakslardan iborat yangi qo`shin tuzish;
D) Boltiq dengiziga chiqish;
8. Buyuk Karl ga imperatorlik tojini kiydirgan Rim papasini aniqlang.
A) Ioann XII B) Lev III
C) Bonafatsio VIII D) Innokentiy III
9. Buyuk Karlning tashkil etgan saroyi qaysi shaharda joylashgan ?
A) Drezden B) Orlean
C) Parij D) Axen
10. Buyuk Karl zamonida yirik zodagonlar va yer egalari ishtirok etuvchi yig`in yilda necha marta chaqirilar edi?
A) 3 B) 5 C) 2 D) 4
11. Buyuk Karl zamonida o`tkazilgan harbiy islohotga ko`ra tashkil etilgan qo`shin tarkibidagi yangi qismlarni aniqlang.
A) yollangan piyoda askar B) artilleriya
C) sarbozlar D) ritsarlar
12. Buyuk Karl davrida ritsarlar o`z harbiy anjomlarini qoplash uchun ularga taqdim etilgan yer-mulk qanday nomda atalar edi?
A) allod B) feod C) benefetsiy D) obrok
13. Buyuk Karl davrida saylangan yirik qabila rahbarlari qanday nomda atalgan?
A) graf B) senor C) feodal D) gersog
14. Buyuk Karl davrida tayinlangan yirik qabila rahbarlari qanday nomda atalgan?
A) graf B) senor C) feodal D) gersog
15. Buyuk Karl davrida tashkil etilgan chegara viloyatlar qanday atalgan?
A) solid B) marka C) graflik D) tunginlik
16. Karl tashkil etgan chegara viloyati hokimlari … deb atalgan.
A) proconsul B) shtilman
C) markgraf D) marshall
17. Buyuk Karlning joylardagi vakillari vazifasini bajaruvchilarni aniqlang
A) harbiy va savdogarlar
B) yepiskop va abbatlar
C) tungin va markgraflar
D) abbat va gersoglar
18. Buyuk Karl bilan aloqa o`rnatgan Arab xalifasini aniqlang.
A) Mansur B) Umar ibn Abdulaziz
C) Muta`zid D) Xorun ar-Rashid
19.Karolinglar davrida qirol tomonidan grafliklarga berilgan qaysi mansab ularning hokimyatini kuchaytirgan edi?
A) sud qilish B) soliq yig`ish
B) harbiy qo`mondon D) diniy rahbarlik
20. Buyuk Karl vafotidan 29 yil o`tib …
A) Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keldi;
B) Karl tuzgan imperiya 3 ta qismga bo`linib ketdi;
C) Otton I davri boshlandi;
D) Lex daryosi bo`yida nemislar vengerlarni mag`lub etdi;
21. Buyuk Karl tashkil etgan imperiya o`rnida vujudga kelgan yangi davlatlarni aniqlang.
1.Britaniya 2. Saksoniya 3. Germaniya 4.Ispaniya 5. Italiya 6. Fransiya 7. Avstriya
A) 1,4,5 B) 3,6,7 C) 2,4,6 D) 3,5,6
22. Yevropada qaysi davrdan boshlab feodal tarqoqlik boshlangan edi?
A) X asr B) XI asr C) VIII asr D) IX asr
Do'stlaringiz bilan baham: |