9-mavzu:Yevropa xalqlari madaniyati
1. Quyidagi o`rta asr olimlaridan qay biri Buyuk Karl joriy etgan saroy akademiyasida faoliyat olib borgan edi?
A) Foma Akvinskiy B) Dante Aligiri
C) Marko Polo D) Alkuin
2. O`rta asrlar davrining 1-bosqichigacha ,, fanlar onasi “ deb atalgan shaharni aniqlang.
A) Rim B) Nankin C) Afina D) Novgorod
3. Mil.avv IV asrda vujudga kelgan Afina akademiyasiga kim asos solgan edi?
A) Platon B) Suqrot
C) Aristotel D) Demokrit
4. IX asrga oid Magnavr oliy maktabi qaysi shaharda ish boshlagan edi?
A) Rim B) Afina
C) Konstantinopol D) Aleksandriya
5. XI asr o`rtalarida Vizantiyada ochilgan dastlabki Universiitetda qaysi fakultetlar ish boshlagan edi?
A) matematika va astronomiya
B) ilohiyot va falsafa
C) handasa va tibbiyot
D) huquqshunoslik va falsafa
6. Antik davrdanoq saqlanib qolgan bo`lsada, O`rta asrlarda ham Vizantiyaga shuhrat keltirgan sohalarni aniqlang.
1. shishisozlik 2. koshinpazlik 3. zargarlik
4. kulolchilik 5. naqqoshlik 6. bo`yoq tayyorlash 7. kudungarlik
A) 1,4,6 B) 2,3,7 C) 1,5,7 D) 2,4,6
7. O`rta asrlarda Vizantiyaning dengiz janglardagi muvaffaqiyatini ta`minlagan ixtironi aniqlang.
A) mortira B) grek olovi
C) porox D) katapulta
8. O`rta asrlarda qo`llangan tasviriy san`atdagi Vizantiyacha uslub boshqalaridan qay jihatlari bilan ajralib turgan edi?
A) muhtasham va ko`rkamligi
B) serjiloligi va suratlar uyg`unligi
C) rangdor va tiniqligi
D) yarqiroq va kengligi
9. Ilk O`rta asrlarning hech shubhasiz eng mahobatli me`morchilik inshooti sifatida ulug`langan inshootni aniqlang.
A) d`E qal`asi B) Axen saroyi
C) Moskva qo`rg`oni D) Avliyo Sofiya cherkovi
10. Vizantiyada joylashgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi nechta deraza va gulchambarlar bilan qoplangan.
A) 40 B) 31 C) 38 D) 50
11. O`rta asrlarda xochsifat, o`rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar qurish qaysi davrdan boshlangan edi?
A) IX asr B) XIV asr C) XII asr D) X-XI asr
12. O`rta asrlarda Yevropaga madaniyat tarqatuvchi vazifasini bajargan davlatni aniqlang.
A) Germaniya B) Fransiya
C) Vizantiya D) Angliya
13. Roman uslubida qurilgan Fransiyadagi inshootlarni aniqlang.
A) Vorms, Shpeyer, Axen, Arl
B) Arl, Klyuni, Puate
C) Klyuni, axen, Maynts
D) Vorms, Axen, Maynts, Shpeyer
14. Roman uslubida qurilgan Germaniyadagi inshootlarni aniqlang.
A) Vorms, Shpeyer, Axen, Arl
B) Arl, Klyuni, Puate
C) Klyuni, Axen, Maynts
D) Vorms, Axen, Maynts, Shpeyer
15. O`rta asrlarda imzo o`rniga ikki chiziq tortib qo`yish qaysi tabaqa vakillariga xos xislat edi?
A) dehqon B) feodal
C) ritsar D) savdogar
16. Katta ibodatxonalar qoshida maktab joriy etish orqali Yevropada dastlabki Universitetlar uchun asos solgan hukmdorni aniqlang.
A) Fridrix II B) Yaroslav
C) Buyuk Karl D) Otton III
17. Yevropada tashkil etilgan maktablarda darslar qaysi tilda olib borilar edi?
A) lotin B) yunon C) ibroniy D) ispan
18. O`rta asrlar Yevropasida dastlab o`quvchilar – trivium deb atalgan bosqichni o`taganlar. Ana shu davrda o`quvchilar qaysi sohlarni egallashi kerak edi?
1.grammatika 2. matematika 3.ritorika
4. musiqa 5. dilektika 6. astronomiya 7. arifmetika
8. geometriya
A) 1,2,3 B) 2,4,8 C) 3,5,7 D) 1,3,5
19. O`rta asrlar Yevropasida dastlab o`quvchilar – kvadrium deb atalgan bosqichni o`taganlar. Ana shu davrda o`quvchilar qaysi fanlarni egallashi kerak edi?
1.grammatika 2. matematika 3.ritorika
4. musiqa 5. dilektika 6. astronomiya 7. arifmetika
8. geometriya
A) 1,2,3,5 B) 4,6,7,8 C) 3,5,7,8 D) 1,3,5,6
20. O`rta asrlarda matkabda o`rgatilgan, hozirgi mantiqqa o`xshash fan bo`lib, unda o`quvchilar munozara olib borishga, o`z fikrini isbotlashga o`rgatilgan fan … deyilgan.
A) arifmetika B) metafizika
C) ritorika D) dilektika
21.Kimning asaridan Buyuk Karlning hayoti va faoliyati haqidagi ma`lumotlarni olamiz
A)Alkuin B)Eyngard
C)Ploton D)Marko Polo
22.Vizantiyada qaysi fanlar rivojlangan?
A)Tarix,geografiya,tabiiy fanlar
B)Tibbiyot,astronomiya,matematika
C)Musiqa,geometriya,geografiya
D)Tarix,geografiya,astronomiya
Do'stlaringiz bilan baham: |