28 – Mavzu : Germaniya
1. O`rta asrlarning rivojlangan bosqichi Germaniyda qaysi davrdan boshlangan?
A) XI asr B) XIV asr C) XV asr D) XII asr
2. Germaniyada rivojlangan o`rta asr shaharlarining vujudga kelishi qaysi jarayon bilan bevosita bog`liq bo`lgan?
A) qirol hokimyatining mustahkamlanishi;
B) savd-hunarmandchilikning taraqqiy etishi;
C) shaharlarning vujudga kelishi va yuksalishi;
D) din bilan;
3. Rivojlangan o`rta asr Germaniyada Dunay bo`ylab vujudga kelgan shaharlar?
A) Augsburg, Ulm, Nyurenberg
B) Vorms, Maynts, Shpeyer
C) Arl,Klyuni, Kyoln
D) Axen, Strasburg, Augsburg, Gamburg
4. Rivojlangan o`rta asrlar davriga kelib Germaniyaning tashqi savdoda asosiy sherik davlatlari?
A) Ispaniya, Fransiya, Arab xalifaligi, Vizantiya
B) Niderlandiya, Vengriya, Italiya, Fransiya
C) Angliya, Shvetsiya, Bolqon yarim oroli
D) Daniya, Italiya, Kiyev Rusi, Norvegiya
5. Rivojlangan o`rta asrlar davrida chet ellarda yuksak darajada qadrlangan nemis mahsulotlari?
A) surp, movut, metall buyumlar
B) qahrabo, teri, vino, shisha buyumlar
C) surp, shoyi mato, ziravor
D) metall, qahrabo, zeb-ziynat buyumlari
6. Germaniyada o`rta asrlarda hukmronlik qilgan Shtaufenlar sulolasinig eng yirik vakili?
A) Otton III B) Genrix V
C) Konradin D) Fridrix I
7. German qiroli o`zining birinchi yurishlarini qaratgan davlat?
A) Kastiliya B) Ispaniya
C) Fransiya D) Italiya
8. Fridrix I ga qarshi kurashgan Italiya shaharlari?
A) Palermo va Sitsiliya B) Neapol va Rim
C) Milan va Lombardiya D) Florensiya va Genuya
9. Fridrix I ni Italiyada hokimyatini cheklanmaganligini e`lon qilgan seym nechanchi yilda chaqirilgan?
A)1162-yil B)1176-yil C)1158-yil D) 1097-yil
10. Fridrix I saroyida tashkil etilgan bilimdon huquqshunoslar guruhi qaysi shahardan chaqirilgan edi?
A) Florensiya B) Neapol
C) Milan D) Bolonya
11. German qiroli Fridrix I shtaufen hukmronlik yillari?
A) 919-936 y.y B) 1154-1189 y.y
C) 1152-1190 y.y. D) 1138-1152 y.y
12. Fridrix I tomonidan qo`zg`alon ko`targa Milan va Lombardiya ahliga shahardan chiqib ketishlari cuhun necha kun muhlat berilgan ?
A) 6 B) 4 C) 10 D) 8
13. XII asr 60-70 yillari oralig`ida german qiroli Fridrix I ga qarshi puxta tayyorgarlik ko`rga Italiya shahri?
A) Lombardiya B) Venetsiya
C) Milan D) Florensiya
14. Fridrix I va Italiya shaharlaridan iborat Liga qo`shini o`rtasidagi hal qiluvchhi jang bo`lib o`tgan hudud?
A) Lex daryosi B) Gastings jangi
C) Bosvort jangi D) Lenyano jangi
15. Fridrix I tomonidan shimoliy Italiya shaharlariga taqdim etilgan huquq?
A) ekstrotrial huquq B) kommuna huquqi
C) dominionlik huquqi D) plantatsion huquq
16. O`rta asrlarda German qirollariga o`z ta`sirlarini o`tkazgan Rim papalari?
A) Grigoriy IX B) Urban II va
C) Innokentiy III D) Silvester III
17. German imperatori hisoblangan Fridrix II knyazlar qiroli den tan olinganda necha yoshda bo`lgan?
A) 16 B) 22 C) 36 D) 18
18. Fridrix II hukmronlik davrining 20 yildan ko`pini qaysi shaharda o`tkazgan?
A) Sitsiliya B) Milan
C) Lombardiya D) Florensiya
19. Fridrix II davrida davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, yozishmalar qaysi tilda yuritilar edi?
A) yunon B) italyan C) lotin D) ibroniy
20. Quyidagi o`rta asr imperatorlaridan qaysi biri sharq musiqasi, raqslar, adabiyoti va she`riyati, me`morchiligining havskori bo`lgan?
A) Otton I B) Genrix I
C) Fridrix II D) Filipp IV
21. Fridrix II tomonidan yozilgan asarlar asosan … tilida bitilgan.
A) arab B) yunon C) lotin D) italyan
22. Shtufenlar imperatori Fridrix II quyida keltirilgan qaysi tillarni bilgan?
A) lotin va arab B) yunon va italyan
C) yunon va lotin D) arab va yunon
24. Fridirix II ni saroyi joylashgan o`rta asrlardagi shahar?
A) Palermo B) Milan
C) Axen D) Venetsiya
25. Fridrix II dan bizgacha meros sifatida qolgan asar?
A) ,, Qo`shiqlar kitobi”
B) ,, Dekameron”
C) ,, Sayohatnoma”
D) ,, Qushlar bilan ov qilish”
26. Fridrix II ni cherkovdan holi deb e`lon qilgan Rim papasi?
A) Innokentiy III C) Bonafatsio VIII
C) Grigoriy IX D) Silvester III
27. germaniyada Shtaufenlardan so`ng hokimyatni o`z qo`liga olgan sulola?
A) Frankoniya B) Lyuksemburg
C) Saksoniya D) Gabsburg
28. Germaniya tarixida 369 yil hukmronlik surgan sulola?
A) Frankoniya B) Lyuksemburg
C) Saksoniya D) Gabsburg
29. Germaniyada Gabsburglar sulolasining dastlabki davrlardagi asosiy dushmaniga aylangan sulola?
A) Frankoniya B) Lyuksemburg
C) Shtaufen D) Saksoniya
30. Germaniya tarixida rasman gabsburglar hokimyati to`liq o`rnatilgan yil?
A) 1254-yil B) 1273-yil C) 1437-yil D)1347-yil
31. Shimoliy Germaniya shaharlarining XIV asr 70-yillaridagi asosiy raqibiga aylangan davlat?
A) Daniya B) Norvegiya
C) Shotlandiya D) Angliya
32. O`rta asrlarda Germaniyaning shimoli bo`ylab tashkl etilgan savdo ittifoqi?
A) Levant B) Ganza
C) Gildiya D) Shvabiya
33. Germaniyaning qaysi shaharlari movut, surp, metall buyumlar, ip-gazlama,qurol-aslaha yasashda yetakchi o`rinni egallagan
A) Vorms, , Bremen
B) Vartburg, Augsburg, Gamburg
C) Sveybryuken, Vena, Ulm
D) Ulm, Augsburg, Nyurenburg
34. O`rta asrlarda hukmronlik qilgan qirollar va ularning qaysi nomda atalganini aniqlang.
1. Fridrix I 2. Otton III
3. Boleslav I 4. Fridrix II
A) Jasur B) jahon hayrati
C) dunyo mo`jizasi D) yerdagi jonli qonun
A) 1-D,2-B,3-C,4-A B) 1-C,2-A, 3-B,4-D
C) 1-B,2-C,3-D,4-A D) 1-D,2-C,3-A,4-B
35. Reyn daryosi bo`ylab joylashgan shaharlar qaysi davlatlar bilan savdo-sotiq qilganlar?
A) Angliya, Vengriya, Irlandiya
B) Fransiya, Niderlandiya, Italiya
C) Kastiliya, Portugaliya, Fransiya
D) Shotlandiya, Italiya, Anglia
Do'stlaringiz bilan baham: |