7-sinf Jahon tarixi fanidan i-chorak uchun testlar



Download 26.93 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi26.93 Kb.

Aim.uz

7-sinf Jahon tarixi fanidan I-chorak uchun testlar
1.Ruslarga xristian dinini qabul qildirgan knyaz kim edi?

A.Knyaz Oleg. D.Knyaz Igor.

B.Knyaz Svyatoslav. E.Knyaz Vladimir.

2.Knyaz Yaroslav davrida qanday muhim hujjat qabul qilingan?

A.”Yer to’g’risida” Nizom. D.”Soliq to’g’risida” hujjat.

B.”Rus haqiqati” qonunlar to’plami. E.”Bayramlar to’g’risida” qaror.

3.Yevropada kim birinchilardan bo’lib xalq maktabini yaratgan?

A.789-yilda Buyuk Karl. D.955-yilda knyaz Vatslav.

B.560-yilda Yustinian. E.1085-yilda German imperatori Genrix IV.

4.”Magnavr oily maktabi” qachon va qayerda tashkil etilgan?

A.VII asrda Afinada. D.X asrda Buxoroda.

B.IX asrda Konstantinopolda. E.XI asrda Damashqda.

5.Arab qabilalari VII asrning bosh.qadar qanday ijt.tuzumda yashaganlar?

A.Qulchilik davlatida. D.Urug’chilik tuzumida.

B.Feodal tuzumda. E.Urug’chilik tuzumining inqirozi davrida.

6.Muhammad payg’ambar Islom dinini qachondan boshlab targ’ib qilgan?

A.570-yildan. D.610-yildan.

B.622-yildan. E.630-yildan.

7.Arablarga qarshi Ozarbayjonda 815-835-yillardagi qo’zg’olonga kim bosh.qilgan?

A.Muqanna. D.Rofe ibn Lays.

B.Abu Muslim. E.Bobek.

8.Moddiy manbalarga nimalar kiradi?

A.Kiyim-kechak va taqinchoqlar. D.Hujjatlar va kitoblar.

B.Badiiy-tasviriy asarlar. E.Imperator,qirol va sultonning farmonlari.

9.Germanlarda mulkiy tengsizlik qachon boshlangan?

A.IV asrdan D.VII asrdan.

B.V asrdan. E.IX asrdan.

10.Franklar davlatiga asos slogan Xlodvig xristian dinini qayerdan qabul qilgan?

A.Vizantiyadan. D.Fransiyadan.

B.Rimdan. E.Chexiyadan.

11.Franklarda kimlar uzun soch qo’yib yurish huquqiga ega bo’lishgan?

A.Qirol va uning oilasi. D.Monaxlar.

B.Ritsarlar. E.Poplar.

12.”Feod” so’zining ma’nosi nima?

A.Yer egasi. D.Qishloq hokimi.

B.Boy,badavlat kishi. E.Qo’rg’on,mulk.

13.Franklar imperiyasida yirik qabilalarni kim boshqargan?

A.Feodallar. D.Gersoglar.

B.Ritsarlar. E.Graflar.

14.Franklar imperiyasida viloyatlarni kim boshqargan?

A.Gersoglar. D.Ritsarlar.

B.Graflar. E.Feodallar.

15. Polsha davlatiga kim asos solgan?

A.IX asrda Kirill. D.IX asrda knyaz Vatslav.

B.X asrda knyaz Mechko. E.VIII asrda Genrix IV.

16.Bolgar podsholigi qachon paydo bo’lgan?

17.Fanlar onasi deb nomlangan shahar?

18.VII asrda Vizantiyada nima ixtiro qilingan?

19.Tasviriy san’atning qanday sohalari bo’lgan?

20.Afina akademiyasiga kim asos solgan?


7-sinf Janon tarixi fanidan I-chorak uchun testlar
JAVOBLARI.
1.E 13.D

2.B 14.B

3.A 15.B

4.B 16.Svarog.

5.D 17.Afina

6.D 18.”Grek olovi”

7.E 19.Mozaika,freska,ikona.

8.A 20.Platon

9.A

10.B

11.A

12.E

7-sinf Jahon tarixi fanidan II-chorak test savollari
1.Fransiyani markazlashtirishga qarshi bo’lgan toifalarni aniqlang?

A.Shaharliklar. C.yirik diniy va dunyoviy feodallar.

B.O’rta feodallar. D.Mayda feodallar.

2.”Ingliz tojining marvaridi” bo’lgan qaysi viloyatni Fransiya Angliyadan tortib oldi?

A.Bretandan. C.Normandiyadan.

B.Flandriyadan. D.Burgundiyadan.

3.Fransiyada General shtatlar qaysi yillar oralig’ida faoliyat yuritgan?

A.1365-1572-yy. C.1395-1640-yy.

B.1302-1789-yy. D.1302-1848-yy.

4.Qaysi yili Papa qarorgohi Rimdan Fransiyaga ko’chirilgan?

A.1309-yilda. C.1329-yilda.

B.1313-yilda. D.1337-yilda.

5.Fransiyada Kapetinglar sulolasidan keyin qaysi sulola hokimiyat tepasiga keldi?

A.Valualar. C.Burbonlar.

B.Karolinglar. D.Merovinglar.

6.”Yuz yillik urush” qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A.1309-1409-yy. C.1397-1506-yy.

B.1337-1453-yy. D.1414-1538-yy.

7.Yuz yillik urushda Angliyani qaysi davlat qo’lladi?

A.Chexiya. C.Kastiliya.

B.Shotlandiya. D.Portugaliya.

8.1358-yil bo’lib o’tgan “Jakeriya” qo’zg’oloni qaysi hududda boshlangan edi?

A.Burgund gersogligida. C.Bove okrugida.

B.Tuluza grafligida. D.Bretan grafligida.

9.Janna d’Ark o’tda kuydirilgan paytda Fransiya qiroli kim edi?

A.Lyudovik IX. C.Karl V.

B.Filipp II. D.Karl VII.

10.Londondagi Tauer qal’asi kimlar tomonidan qurilgan?

A.Normannlar. C.Keltlar.

B.Sakslar. D.Burgundlar.

11.Dastlabki banklar qachon paydo bo’lgan?

A.XIV-XV asrlarda. C.XVI-XVII asrlarda.

B.XV-XVI asrlarda. D.XVII-XVIII asrlarda.

12.Bank so’zi qaysi tildan olingan?

A.Nemis. C.Ispan.

B.Ingliz. D.Italyan.

13.Xristian dini german qabilalari orasida qachondan boshlab tarqala boshlagan?

A.I asrdan. C.II asrdan.

B.III asrdan. D.IV asrdan.

14.Xristian rivoyatlariga ko’ra Iso payg’ambar qaysi shaharga dafn etilgan?

A.Izmirga. C.Quddusda.

B.Rimda. D.Aleksandriyaga.

15.salib yurishlarining dastlabki yurishini asosiy ishtirokchisi kimlar edi?

A.Ritsarlar. C.Yollanma jangchilar.

B.Dehqonlar. D.Savdogarlar.

16.Salib yurishlarining ilhomchisi qaysi Rim Papasi hisoblanadi?

A.Innokentiy III. C.Grigoriy VIII.

B.Urban II. D.Ioann XII.

17.”Jakeriya” qo’zg’oloni davrida fransuz qirollari qirollari gerbida nimaning tasviri bo’lgan?

A.Oq nilufar. C.Burgut.

B.Atirgul. D.Qoplon.

18.1265-yilda Angliya tarixida qanday voqea bo’lgan?

A.Davlat to’ntarishi bo’lgan. C.Parlament joriy etigan.

B.Dehqonlar qo’zg’oloni bo’lgan. D.Fransiya bosib olgan.

19.Fransiyadagi uch toifa vakilllari kimlar bo’gan?

20.”Qalqon puli” qaysi davlatda joriy etilgan edi?

21.Xristian cherkovi qachon ikkiga ajralib ketgan?

22.”Papalarning avinon tutquni” davri qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

23.Hosilning 1/10 qismiga to’g’ri keladigan hissasi nima deyilgan?

24.O’rta asrlarda shasharning tashqi qismi qanday nomlangan?



25. Yevropada ilk marotaba aholi ro’yxatini o’tkazgan hukmdor?

7-sinf Jahon tarixi fanidan II-chorak test javoblari
1.C 19.Ruhoniylar,dvoryanlar,shahrliklar.

2.C 20.Angliyada.

3.B 21.1054-yilda.

4.A 22.1309-1377 yy.

5.A 23.Ushr.

6.B 24.Rabod

7.D 25.Vilgelm I.

8.C

9.D

10.A

11.A

12.D

13.D

14.C

15.B

16.B

17.A

18.C


Aim.uz



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa