7-sinf adabiyot bo'yicha test
1.Hamza Hakimzoda Niyoziy qanday nomdagi kutubxona ochgan?
A.G'ayrat B.Bog'chasaroy C.Vaqt D.Yangi saodat
2.O'zbeklardan birinchi bo'lib 1908-yildayoq sahna asari yaratadi,uning bir qancha kuylarni notaga solgani,birinchilardan bo'lib roman va opera yozgani ma'lum--fikrlar kim haqida?
A.Shuhrat B.Oybek C.Niyoziy D.Mirtemir
3.Saida Zunnunovaning ilk kitobining nomi?
A.Tungi chaqmoqlar B.Qizingiz yozdi C.Salom senga D.Qizlarjon
4.Iymoni butun onalarga va ayollarga madhiya sifatida bitilgan asar?
A.Toshbu B.Kecha va kunduz C.Mehrobdan chayon D.Surat bilan suhbat
5.Shuhrat kimning ta'siri natijasida adabiyotgan kirib kelgan?
A.Abdulla To'qmullin B.Yunus Latif C.Cho'lpon D.Oybek
6.Asl kasbi injener bo'lishiga qaramay adabiyotda sermahsul ijod qilgan adib?
A.Chingiz Aytmatov B.O'lmas Umarbekov C.Shuhrat D.Mirtemir
7.Shuhrat qaysi romanida"Men hayotni yaxshi bilaman,ular men bilan bo'lgan,menga uchragan kishilarning hayoti. Men bu hayotning atrofida emas,naq ichida bo'lganman" degan edi?
A.Shinelli yillar B.Jannat qidirganlar C.Oltin zanglamams D.Olmos kamar
8."Yovdan faqat tuproqda qonli iz qoldi. Tunda yomg'ir,sel kelib yuvdi uni ham. Go'yo qayta boshidan poklandi olam" qaysi asardan olingan?
A.Mardlik afsonasi B Mardlik cho'qqisi D.Yov qochdi C.Me'mor
9. O'n sakkiz yoshida ham o'qituvchi,artist va muxbir sifatida ishlagan ijodkor?
A.Chingiz Aytmatov B.Rasul Hamzatov C.Mirmuhsin D.Shuhrat
10. Asqad Muxtorning dramalari berilgan qatorni toping?
A. Opa-singillar,Amu,Me'mor
B.Daryolar tutashgan joyda,Hamshaharlarim,Chin yurakdan
C.Quyosh belanchagi,99miniatura,She'rlar
D.Yaxshilikka yaxshilik,Mardlik cho'qqisi,Samandar
11. Qaysi asar qahramonining yolg'iz o'g'li saltanatga yov bo'lgan guruhlarga qo'shilib,podshohga qarshi suiqasd qiladi?
A.Mardlik afsonasi B.Qiyomat qarz C. Jaloliddin Manguberdi D.Me'mor
12.O'lmas Umarbekovning qaysi hikoyasi "Yilning eng yaxshi hikoyasi"mukofotiga sazovor bo'ladi?
A.Xatingni kutaman B.Hikoyalar C.Oltin yaproqlar D.Yer yonganda
13."U ochiqko'ngil,hatto sal-pal biladigan odamiga ham biron yaxshilik qilishga tayyorligi,har kimning xizmatiga hozir-u nozirligi,hammaga sadoqatli va xushmuomalaligi tufayli shunday laqab olgandi" gap kim haqida ketgan?
A.O'rozqul B.Seydahmat C.Mo'min chol D.Bo'key xola
14.Alisher Navoiy o'zining qaysi asarida yoshlik chog'larida o'zbek va fors shoirlari she'rlaridan 50ming bayt ya'ni 100ming misra yod olganligini eslab o'tadi?
A.Vaqfiya B.Muhokamat ul-lug'atayn C.Majolis un-nafois D.Mezon ul-avzon
15. Yuzining go'zalligidan gul bargi xijolat erdi,
Qaddining kelishganligidan sarv daraxti uylar erdi bu ta'rif kim haqida?
A.Mehr B.Jobir C.Suhayl D.Nu'mon
16.Kim o'z esdaliklarida Muqimiy,Muhyi,Muhayyir,Nisbat,Furqat kabi shoirlar tez-tez to'planishib,adabiy suhbat qurganlari,bir g'azalga ergashib,uning ma'nosini turli shakllarda ifodalab,she'riy bahslar qilganliklari haqida yozadi?
A.Maxtumquli B.Turdi Farog'iy C. Furqat D.Zavqiy
17. Yigit uldir,so'zga aylasa amal,
Qo'ldan kelmas ishga etmasa jadal,
Ollohning amriga qilmagil badal,
Bekka-saxo,shohga-adolat yaxshi kimning she'ridan olingan parcha?
A.Maxtumquli B.Furqat C.Zavqiy D.Rasul Hamzatov
18."Uning hikoyalari chiqqan jurnallar,gazetalar qo'lma-qo'l bo'lib ketardi. Felyetonlari bosilgan "Mushtum"jurnali hamisha talash bo'lardi. Romanlarini o'qish uchun navbat kutib turganlarning sanog'i yo'q edi" ushbu fikrlar kim haqida?
A.Abdulla Qodiriy B.Shuhrat C.Mirmuhsin D.Asqad Muxtor
19. "Kichkina hovoncha boshidagi oq tepchima to'ppi va qora uzun soqoli uni hindlarning savdogariga o'xshatib quygan edi" ushbu fikrlar Mehrobdan chayon romanidagi qaysi personajga tegishli?
A.Kalonshoh mirzo B.Abdurahmon mulla C.Shahodat muftiy D.Sultonali
20."Xotin-qizlar jinsidan irodasi kuchli,hatto erlardan ham jasurroq shaxslarga ko'p duch kelamiz. Shuning bilan birga ularni,naqadar kuchli irodaga molik bo'lmasinlar,yana hissiyotlarga mag'lub ko'ramiz" qaysi asardan olingan?
A.Me'mor B.Mehr va Suhayl C.Kecha va kunduz D.Mehrobdan chayon
21.Ko'p suluv,yaxshi suratli,shirin so'zli,quralay ko'zli,uzun bo'yli,keng ko'krakli,xushxayol,zehni tez,serfahm qiz edi deb Ravshan dostonida ta'riflangan personaj?
A.Zulxumor B.Oqqiz C.Gulanor D.Misqol pari
22. To'rt oyog'i teng tushgan,biqini yoziq keng tushgan,qarchig'ayning havosi tekka deya ta'riflangan ot?
A.Jiyronqush B.G'irko'k C.Samantoy D.Boychibor
23. Kamoli,oyday jamoli,oq yuzidagi xoli,yangi to'lgan oyday ikki qoshi kamoli. Yasangan hurday,tishlari durday,ko'zlari yulduzday,qoshlari qunduzday,lablari qirmizday,og'izlari o'ymoqday,lablari qaymoqday,ikki yuzi oyday ushbu ta'rif kim haqida?
A.Zulxumor B.Oqqiz C.Gulanor D.Yunus pari
24.15-16 yoshida,zarli qalpoq boshida,yuzi yarqirab,eshikdan salom berib kirib bordi. Go'ro'g'libek uni ko'rib dimog'i chog' bo'ldi-gap kim haqida?
A.Hasanxon B.Avazxon C.Ravshan D.Yunus pari
25. 1)Aynoq 2)Jaynoq 3)Ersak 4)Tersak
a.masxaraboz b.polvon c.sinchi d.mergan ushbu qahramonlarni qobiliyatlari bilan moslang?
A.1-c,2-b,3-d,4-a B.1-b,2-a,3-d,4-c C.1-a,2-b,3-c,4-d D.1-b,2-d,3-a,4-c
Do'stlaringiz bilan baham: |