7 O’zbekiston tarixi V BOB 31-35 mavzular
1. Nima Amir Temur bilan Balx hokimi Amir Husayn o’rtasida ittifoq yuzaga kelishiga sabab bo’ldi?
A) A.Temurning Husaynning singlisiga uylanishi
B) Husaynning Qazog’onning nabirasi bo’lganligi
C) A.Temurning Movaraunnahhrda tinchlik o’rnatishga bo’lgan harakati
D) Husaynning chingiziy xonlar avlodidan bo’lganligi
2. Klavixoning “Esdaliklar”i qaysi shaharda nashrdan chiqqan edi?
A) Florensiya B) Sevilya C) London
D) Granada
3. Qunduz shahri yaqinidagi jang qachon va kimlar o’rtasida bo’lib o’tgan?
A) 1363-yil Amir Temur va Amir Husayn o’rtasida
B) 1363-yil A.Temur va Amir Husayn ittifoqi bilan Ilyosxo’ja o’rtasida
C) 1362-yil Tug’luq Temur va Amir Temur o’rtasida
D) 1362-yil Ilyosxo’ja va sarbadorlar o’rtasida
4. Amir Temur qaysi ilmlardan yaxshigina xabardor bo’lgan?
1-tibbiyot, 2-matematika, 3-falakiyot,
4-me’morchilik, 5-tarix, 6-fiqh
A) 2,4,5,6 B) 1,3,5,6 C) 1,2,3,4,5
D) 2,3,4,5,6
5.Balx shahri qachon Temurga taslim bo’lgan?
A) 1370-y 10-iyulda B) 1370-yil 10-avgustda
C) 1370-yil 10-mayda D) 1370-yil 10-aprelda
6. Amir Temur qayerlarni egallash uchun uch yillik, besh yillik va yeti yillik yurishlar olib brogan?
A) Hindistion, Oltin O’rda, Iroq
B) Eron,
Kichik Osiyo, Misr
C) Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom
D) Xuroson, Xorazm, Shom, Iroq
7. Temur tomonidan G’arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq, Armaniston hududlari kimga suyurg’ol qilib berilgan edi?
A) Mironshox B) Shohrux
C) Pirmuhammad D) Umarshayx
8. Umarshayxga berilgan hududlarning markazi qayer edi?
A) Xirot B) Balx C) G’azna D) Sheroz
9. Kimning ma’lumot berishicha Amir Temur qo’shinida ayollardan iborat bo’linmalar mavjud bo’lgan?
A) Ibn Xaldun B) Ibn Arabshoh
C) Klavixo D)
Sharofuddin Ali Yazdiy
10. Noto’g’ri ma’lumotni toping?
A) O’n minglik qoshon boshlig’i-tumanboshi
B) Minglik qo’shin boshlig’i-mirihazora
C) Yuzlik qo’shin boshlig’i-qo’shinboshi
D) Onlik qoshin boshlig’i-aylboshi
11. Temur davlatida sarhadlar va tobe mamlakatlar boshqaruvi bilan shugullanuvchi nechta vazir bo’lgan va ular kimga hisobat bergan?
A) Ikkita vazir,
Amir Temurga hisobot bergan
B) Uchta vazir, devonbegiga hisobot bergan
C) To’rtta vazir, harbiy vazirga hisobot bergan
D) Beshta vazir, Amir Temurga hisobot bergan
12. Klavixo qachon Samarqanddan yurtiga jo’natib yuborildi?
A) 1404-yil bahorida B) 1404-yil yozida
C) 1404-yil 21-noyabrda
D) 1404-yil 23-dekabrda
13. Amir Temur va Misr sultonlari o’rtasida qaysi yillarda 25 marta maktub va elchilar almashinuvi bo’lgan?
A) 1372-1388-y B) 1371-1390-y
C) 1368-1405-y D) 1392-1396-y
14. To’xtamishxon qaysi davlatlar bilan ittifoq tuzib Temurga zarba bermoqchi bo’lgan?
1-Misr, 2-Xitoy, 3-Iroq, 4-Eron, 5-Oltin O’rda,
6-Turkiya
A) 2,4,5 B) 1,3,6 C) 1,2,4 D) 2,3,5
15. Quyidagilardan qaysi biri dorug’aning vazifasiga kirmagan?
A) Mahalliy xalqni sud qilish
B) Aholini ro’yxatga olish
C) Pochta aloqalarini yo’lga qo’yish
D) Mahalliy xalqdan qo’shin yig’ish
16. Mironshohga berilgan hududlarning markazi qaysi shahar edi?
A) Tabriz B) Sheroz C) Xirot D) G’azna
17. Amir Temur qayerni egallash uchun yeti marta harbiy yurish uyushtirgan?
A) Misr B) Xorazm C) Mo’g’uliston
D) Turkiya
18. To’xtamishxon elchilari qachon Misr sultoni bilan uchrashgan?
A) 1384-y B) 1380-y C) 1382-y D) 1386-y
19. Temur hokimyat tepasiga kelganda Jo’ji ulusi xonlari Xorazm hukmdorlari bilan qo’shilib qayerlarga talanchilik yurishlari avj oldirgan?
A) Buxoro, Termiz, Balx
B) Buxoro, Chorjo’y, Qarshi
C) Termiz, Qarshi, Balx
D) Chorjo’y, Qarshi,
Termiz
20. I. Mo’minovning “Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli” qachon nashr etilgan?
A) 1960-y B) 1957-y C) 1974-y D) 1968-y
21. Askariy qismlarni viloyatlarda to’plash bilan kim shug’ullangan?
A) Bosh hojib B) Muhassil C) Yasovul
D) Tavochi
22. Quyidagilardan qaysi biri 1553-yilda Florensiya shahrida nashr etilgan?
A) “Esdaliklar” B) “Buyuk Temur”
C) “Buyuk Temur tarixi”
D) “Skifiyalik Tamerlanning ulug’vorligi”
23. Amir Temur va Boyazid o’rtasida bo’lib o’tgan voqealar xato berilgan variantni toping?
A) A.Temur va Boyazid o’rtasidagi jang 1402-yil 20-iyulda bo’lgan
B) A.Temur va Boyazid o’rtasidagi jang Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida bo’lgan
C) Boyazid qoraquyunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylarning A.Temurga qarshi harakatlarini qo’llab-quvvatlagan
D) Anqara janggida Boyazid 200 ming qo’shin bilan jangga kirgan
24.Amir Temur qayerga besh marta yurish qilgan?
A) Xorazmga B)
Eronga
C) Oltin O’rdaga D) Mug’ulistonga
25. 1381-yil Amir Temur qayerlarni bosib olgan?
A) O’tror, Yassi, Turkiston
B) Hirot, Seiston, Mozandoron
C) Hisor, Badaxshon,
Qunduz
D) Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor
26. Qaysi javobda ingliz dramaturgi Xristofor Morloning sahna asari ko’rsatilgan?
A) “Esdaliklar” B) “Buyuk Temur”
C) “Buyuk Temur tarixi”
D) “Skifiyalik Tamerlanning ulug’vorligi”
27. Pirmuhammadga berilgan hududlarni aniqlang?
1-Xuroson, 2-Eronning janubi, 3-Afg’oniston,
4-Fors viloyati, 5-Shimoliy
Hindiston,
6-G’arbiy Eron
A) 2,4 B) 1,3,6 C) 3,5 D) 1,6
28. Sohibqiron mamlakatni boshqarishda …….. ga suyandi?
A) diniy ulamolar B) o’z yaqinlari
C) qo’shin va lashkarboshilar
D) qabila boshliqlari
29. 1370-yil Termiz yaqinidagi qaysi qishloqda Sayyid Baraka Amir Temurga yalovbayroq va tabl bergan?
A) Qasri Hindivon qishlog’i B) Koza qishlog’i
C) Biyo qishlog’i D) Navkat qishlog’i
30. Amir Temurga jangsiz taslim bo’lgan hudularni aniqlang?
A) O’tror, Yassi, Turkiston
B) Hirot, Seiston, Mozandoron
C) Hisor, Badaxshon, Qunduz
D) Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor
31. Amir Temur davlatining tashqi siyosati qaysi davlatlar bilan iqtisodiy, elchilik, madaniy aloqalrini o’rnatish va rivojlantirish kabi vaziflarni qo’ygan?
1-Turkiya, 2-Hindisto, 3-Oltin O’rda, 4-Xitoy,
5-Venetsiya, 6-Mo’g’uliston, 7-Ispaniya,
8-Fransiya, 9-Angliya
A) 1,3,4,5,6,8,9 B) 2,3,4,5,6,7,8
C) 1,2,4,5,7,8,9 D) 2,3,5,7,8,9
32. Kim Yevropa davlatlari bilan o’zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida nasroniy ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirgan?
A) Amir Temur B) Shohrux C) Mironshoh D) To’xtamishxon
33. Temur qayerlardagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G’arbni bog’lovchi qadimiy karvon yo’llarini tikladi?
A) Eron, Suriya B) Suriya, Mo’g’uliston, Iroq
C) Eron, Iroq, Suriya D) Eron, Ozarbayjon, Iroq
34. Ma’lumotlardan qaysi biri to’g’ri?
A) Klavixo Ispaniyaga 1406-yil
may oyida qaytib boradi
B) Samarqandga Xurosondan yoqut va olmos keltirilgan
C) 1996-yilda xalqaro Amir Temur jamg’armasi tashkil qilindi
D) Yevropada Amir Temurga shaxsiga qiziqish XVI asrda boshlangan
35. 1403-yil 15-iyunda kim Temurga maktub yo’llagan?
A) Genrix III B) Karl VI C) Barquq
D) Genrix IV
36. “Loy janggi”dagi g’alabadan so’ng Ilyosxo’ja hech qanday qarshilikka uchramay,
qaysi sharlarni egallab, Samarqand ustiga yurish qiladi?
A) Toshkent, Shohruxiya
B) O’ratepa, Xo’jand
C) Xo’jand, Jizzax
D) Toshkent, Jizzax