7. Obodonlashtirish tashkilotlari, kommunal va yo‘l xo‘jaligi tadbirlarini moliyaviy ta’minlash Kommunal xizmat ko`rsatish tizimiga kiruvchi sanoat hamda boshqa korxona va tashkilotlar xususiylashtirilmoqda. Shu bilan birga kommunal xizmat ko`rsatish sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish past sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Xizmatlar ko`rsatishda monopolizm va muqobilsizlik saqlanib qolmoqda, xizmatlar qiymatini shakllantirishda xarajat mexanizmiga xizmatlar ko`rsatish xarajatlarini kamaytirish va sifatini oshirish uchun iqtisodiy rag`batlari bo`lmagan boshqaruvning ma’muriyatchilik usullariga boshqarish va xizmat ko`rsatish funksiyalarini qo`shib olib borish xususiyatiga еga bo`lgan davlat korxonalari hali ham ustunlik qilmoqda. Iste’molchilarning to`liq intizomi past resurslar sarfini hisobga olishning zarur darajasi ta’minlanmagan tarmoqdagi ko`plab korxonalarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda.
Quyidagilar kommunal xizmat ko`rsatishni isloh qilishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Tarmoqni o`z xarajatlarini o`zi qoplashga, zarar ko`rmasdan faoliyat ko`rsatish tartibiga bosqichma-bosqich o`tkazish, narx belgilashda xarajat mexanizmini bartaraf еtish, raqobat muhitini va muqobil tuzilmalarni yaratish;
Mulkchilikning ko`p shaklliligini va tarmoq faoliyat ko`rsatishning bozor tamoyillarini ta’minlashga yo`naltirilgan institutsional qayta o`zgartirishlarni amalga oshirish;
Komunnal xizmat ko`rsatish sohasida munosabatlarni davlat tomonidan yanada takomillashtirish, uy-joy fondining, komunnal tizimlarning ahvoli va saqlanishi ustidan davlat nazoratining samarali mexanizmini ishlab chiqish;
Resurslardan oqilona foydalanishni, manbaalarni tejashni ta’minlash bo`yicha aniq maqsadli ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy siyosatni o`tkazish.
Respublika aholisining sifatli uy-joy kommunal xizmatlari bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida barcha tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi uyg‘unlashgan texnologik zanjirini shakllantirish asosida uy-joy fondidan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, ko‘p xonadonli uylarning saqlanishi talablariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratning samarali tizimini yaratish, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ish sifatini oshirish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (keyingi o‘rinlarda – “Uyjoykomxizmat” vazirligi) tashkil qilingan va uning tarkibida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi hamda ularning tumanlar (shaharlar)dagi bo‘limlari;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzurida Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“Uyjoyfondinspeksiyasi”) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy inspeksiyalari;
“Ko‘p xonadonli uylar, issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi (DUK) va uning hududiy filiallari tashkil qilingan.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
ko‘p xonadonli arzon uylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash, ko‘p xonadonli arzon uylar, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkillashtirish;
ko‘p xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va ekspluatatsiya xarajatlarini aniqlash bo‘yicha talablarga, ko‘p xonadonli uylarni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va normalariga, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini, issiqlik ta’minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘lagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini ta’minlash;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini zamonaviy hisoblash o‘lchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarxining pasayishini ta’minlaydigan mahalliy zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qo‘llash;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, o‘quv stajirovkalarini chet ellarda o‘tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi joriy etilishini nazarda tutish.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi hamda tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish, uning mablag‘larini birinchi navbatda ko‘p xonadonli arzon uy-joy fondini, suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, mukammal va joriy ta’mirlashga, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga hamda vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilingan.