7-mavzu XI asr birinchi yarmi – XV asrlarda Vizantiya Reja



Download 338,46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.07.2022
Hajmi338,46 Kb.
#786891
Bog'liq
7-mavzu XI asr birinchi yarmi – XV asrlarda Vizantiya Reja



7-MAVZU XI asr birinchi yarmi – XV asrlarda Vizantiya 
Reja:
1.
XI asr birinchi yarmi – XV asrlarda Vizantiya iqtisodiyoti. 
2.
XI asr birinchi yarmi – XV asrlarda Vizantiyaning ichki va tashqi siyosati 
3.
XI asr birinchi yarmi – XV asrlarda Vizantiya shaharlari 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Vizantiya, Paleologlar, Duklar, Angellar, Kantakuzenlar, 
Angor fojeasi, Kichik osiyo, turklar, Mehmet II, Maritsa jangi, Kosova jangi.
Asosiy matn: 
1261 yildan keyin Vizantiyaning sotsial iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti. 1261 yilda grek 
Vizantiya imperiyasining qaytadan tiklanishi buyuk davlat bo‘lgan Vizantiyaning o‘tmishdagi 
kuch-qudratini qayta tiklash degan so‘z emas edi. Mixail VIII Paleologning mulklari faqat 
Kichik 
Osiyoniig 
shimoli-g‘arbiy 
burchagidan, Bolqon yarimorolidagi Frakiya va 
Makedoniyadan, Moreyaning bir qismidan va Egey dengizining shimoliy qismidagi ba’zi bir 
orollardan iborat edi. Konstantinopol talangan va qisman vayron qilingan edi. Uning savdo 
sohasidagi ahamiyati yo‘qoldi. Venetsiyaliklar va genuyaliklar Egey dengizida ham, Bosforning 
o‘zida ham, shuningdek, Qora dengizda ham savdo-sotiq ishlarini o‘z qo‘llariga kiritib olgan 
edilar. Latinlarning hukmronligi Vizantiyaning burungi savdo aloqalarini emirib tashladi. Ammo 
u, ayni zamonda, Vizantiya davlati idorasining eski mexanizmini ham vayron qildi. Qayta 
tiklangan Vizantiya iqtisodiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham bir-birovi bilan bog‘lanmagan 
hamda markazga uncha itoat qilmagan, o‘ziga mustaqil okruglarga tobora ko‘proq bo‘linib 
borgan viloyatlar yig‘indisigina edi. Kichik Osiyo feodallari SHarqda «mustaqil siyosat» 
yurgizib, turk amirlari bilan o‘zlaricha shartnoma va bitimlar tuzar edilar.
Bolqon yarimorolida Duklar, Angellar, Kantakuzenlarning aristokratik xonadonlari 
Paleologlar bilan raqiblashib yurardilar. XIV asrda Kantakuzenlar Paleologlarni taxtdan ancha 
vaqtlargacha chetlatib, imperatorlik hokimiyatini bosib olishga muyassar bo‘ldilar. Vizantiya 
tarixining so‘nggi davrini xarakterlab beruvchi o‘zaro feodal urushlari uning siyosiy hayotini 
izdan chiqardi, bu esa Vizantiyaning ichki iqtisodiy aloqalari zaiflashganligini bilvosita ko‘rsatib 
berdi. Vizantiyaning keyinroq davrida natural xo‘jalikka va ishlab berish(otrabotka) rentasiga 
qaytishdek ochiqdan-ochiq orqaga ketiga(regress)paydo bo‘ldi. Qashshoqlashgan aholining 
davlat talab etgan og‘ir soliqlarni to‘lashga qurbi etmay qoldi, holbuki, davlat o‘zining 
territoriyasi kamaygan bo‘lishiga qaramay, nomunosib katta byurokratik apparatni saqlab qolgan 
edi. Faqat krepostnoy dehqonlar(pariklar)gina emas, balki shahar plebey elementlari ham g‘oyat 
nochor ahvolda yashardilar. Sanoat, savdo-sotiq, dengizchilikning orqaga ketishi shahar 
kambag‘allari uchun va hatto shaharliklarning o‘rta tabaqasi uchun ham kelgusida ishsizlik, 
ochlik va batamom qashshoqlanish xavfi tug‘ilgan edi. Sotsial munosabatlar tobora keskinlashdi.
XIVasrning 40-yillarida imperiya bo‘ylab shaharliklarning kutilmagan g‘oyat zo‘r 
harakatlari avj oldi. Bu harakatlar Adrianopol, Solun(Fessalonika), Gerakleya va boshqa 
shaharlarda yuz berdi. Solundagi etti yil (1342—1349)davom etgan harakat ayniqsa kuchli 
harakat bo‘ldi. Zilotlar qo‘zg‘oloni nomi bilan mashhur bo‘lgan bu harakat natijasida 
qo‘zg‘olonchilar mahalliy patritsiy zodagonlarnin gvakillarini qatl etdilar, bu zodagonlarning 
molu-mulkini musodara qildilar, Italiya shahar respublikalari tipidagi Solun Fessalonika) 
shaharini mustaqil respublika deb e’lon qildilar. Turklarning Maritsa daryosi bo‘yidagi (1371y.) 
va Kosovo Maydonidagi (1389y.), shuningdek, Nikopol yonidagi(1396y.), g‘alabalari 
Konstantinopolning qulashini muqarrar qilib qo‘ydi. Boyazid tezda Vizantiyani zabt qilish 
haqidagi planlarini hechkimdan yashirmadi. Vizantiya imperatori Manuil II 1399—1402 yillarda 
G‘arbiy Evropaga ketib, u erda Italiyaning turli hukumatlaridan, shuningdek, Angliya va 
Fransiya korollaridan yordam olishga urinishi bexuda bo‘lib chiqdi. Manuil Parijda turgan 
paytida, unga mo‘g‘ullar Boyazidni tor-mor qilib tashladi, degan xabar etdi. Imperator dahshatli 
dushmandan batamom qutulibman degan umidda Konstantinopolga qaytib keldi.
«Angor falokati» tufayli Vizantiyaning halokati haqiqatan yana ellik yil orqaga surildi. 
Imperiya hatto Solun shaharini biroz vaqt o‘ziga qaytarib oldi. XV asr boshlarida Turkiya 
davlatining krizisi. Mo‘g‘ullar bilant to‘qnashish Turkiya davlatining kengayishi Temur hujumi 


munosabati bilan vaqtincha to‘xtab qoldi. Urta Osiyoda ulkan imperiya tuzgan Temur 
(Temurlang) YAqin SHarqini ham o‘ziga bo‘ysundirgan edi. 1402 yil yozida Temur g‘oyat katta 
qo‘shin bilan Kichik Osiyoga kirdi. Boyazidning ham katta harbiy kuchlari (120 mingga yaqin 
kishi) bor edi, lekin kichik osiyolik turk amirlari sultonga xiyonat qilib, Temur tomoniga o‘tdilar. 
1402 yil 28 iyulda Anger (hozirgi Anqara) yonida qat’iy jang bo‘lib, turklar batamom engildilar. 
Boyazid qochib borayotgan mahalida qo‘lga olinib, temir qafasga solindi va tez orada asirlikda 
vafot etdi. Temurlang Turkiya davlatini yo‘q qilib yubormadi. Uning floti bo‘lmaganligi uchun 
Evropaga bormay, O‘rta Osiyoga qaytib keldi. 1405 yilda Temur vafot qildi, shundan keyin 
uning imperiyasi tezda tarqalib keta boshladi.
Angor mag‘lubiyati natijasida turk feodallari lagerida uzoqqa cho‘zilgan o‘zaro urushlar 
boshlandi. Uzoq vaqtgacha sultonning yagona hokimiyati bo‘lmadi. Boyazidning o‘g‘illari 
o‘rtasida sultonlik taxti uchun qurollik kurash bo‘ldi. 1415—1418 yillarda Qichik Osiyoda 
(Anatoliyada) turk dehqonlarining qo‘zg‘olonlari yuz berdi. Bularning hammasi turklar e’tiborini 
Vizantiyadan chetga tortdi. Ammo Turkiya davlatining siyosiy krizisi muvaqqat krizis edi. 
Turklarda biror-bir jiddiy yangi tashqi dushman yo‘q edi. Vizantiya avvalgidek kuchsiz davlat 
bo‘lib qolaverdi. XV asrning 20-yillarida turklar yana qaddilarini rostlab oldilar. Ulardagi ichki 
nizolar barham topdi. Kichik osiyolik dehqonlar harakati bostirildi. Turkiya harbiy tashkiloti 
yana ancha kuchaytirildi, jumladan, turklar bu vaqtda o‘zlarining harbiy sistemalariga artilleriya 
joriy etgan edilar. Uz raqiblarini enggan sulton Murod II (1421—1451) 20-yillarning boshlarida 
istilolarni yana qaytadan boshladi. 1422 yilda u Konstantinopolni uch marta qamal qilsa-da, 
lekin uni qo‘lga ololmadi. 1430 yilda Solun olinib, uning barcha aholisi qullarga aylantirildi. 
Florensiya (uniyasi) ittifoqi. Vizantiya” mulklari faqat Konstantinopol shahari va unga tutashgan 
kichik okrug bilan chegaralangan edi. Turkiya mulklari halok bo‘lib borayotgan imperiyani zich 
halqa bilan o‘rab olgan edi. Vizantiya hukumati turklarga qarshi zo‘r berib katoliklar 
Evropasidan yordam axtardi. Imperatorlar grek cherkovini papa hokimiyatiga bo‘ysundirishga 
tayyor edilar. Papalar bu taklifga qattiq yopishib oldilar. 1439 yilda Florensiya soborida papa 
hokimiyati ostida sharqiy va g‘arbiy cherkovlar ittifoqi-e’lon qilindi. Ammo greklarning o‘zlari 
ittifoqqa keskin qarshilik ko‘rsatdi. Grek flotining boshlig‘i Luka Notara, Konstantinopolda papa 
bosh kiyimidan ko‘ra, turk sallasini ko‘rishni a’loroq ko‘raman, deb oshkora aytgan edi. SHu 
sababli uning fikriga yuqori tabaqa sinflar orasida ham, quyi grek aholi ommasi ichida ham 
ko‘plar qo‘shilgan edi. Quyi grek aholi ommasi salib yurishlari va Latin imperiyasi zamonlaridan 
boshlaboq G‘arbiy Evropa feodallariga nafrat ko‘zi bilan qarardi.
1444 yilda turklarga qarshi yangi salib yurishi uyushtirilib, unda polyaklar, chexlar, 
vengrlar, nemislar, qisman fransuzlar va boshqa G‘arbiy evropalik ritsarlar qatnashgan 
edi.Ammo salibchilarning bu safargi yurishi ham muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi. Varna yonidagi 
jangda (1444y. 10 noyabr) ritsarlar yakson qilindi. SHuning o‘zi bilan Konstantinopolning 
halokati oldindan hal qilib qo‘yildi.
Konstantinopolning qulashi. Konstantinopol 1453yil 9 mayda quladi. So‘nggi Vizantiya 
imperatori Konstantin XI (1448—1453) edi. Sulton Murod IIning taxt vorisi—sulton 
Muhammad (Mehmed II) (1451—1481) Konstantinopolni zabt etdi. Konstantin XI ixtiyorida 
arzimagan miqdorda harbiy kuchlar10 mingdan kamroq kishi bo‘lib, bu kuchlar ham yollangan 
askarlardan, ko‘proq genuyalik soldatlardan tashkil topgan edi. Muhammadning 200 ming askari 
bo‘lib, uning 15 mingini tanlangan yanichorlar tashkil qilardi. Konstantinopol qamali ikki oycha 
davom etdi. Qamalda qolganlar dengiz orqali bir oz vaqt madad qo‘shinlari, qurol-yarog‘ va 
oziq-ovqat olib turdilar. Konstantinopolni quruqlikdan ham, dengizdan ham o‘rab olish uchun 
Muhammad II yog‘langan maxsus yog‘och to‘shamalar yordamida turk kemalarini Oltin SHohga 
sudrab olib o‘tishni buyurdi, chunki gavapga kirish yo‘li ulkan zanjirlar bilan to‘sib qo‘yilganligi 
sababli, unga boshqacha yo‘l bilan o‘tib kirishning iloji yo‘q edi. Imperator Konstantin o‘ldirildi, 
shahar himoyachilarining ko‘pchiligi qirib tashlandi. Istilochilar Vizantiya poytaxtini bearmon 
taladilar. Ammo Konstantinopolni Turkiya imperiyasining poytaxti qilishga qaror berilgani 
uchun, sulton shahar binolariga ziyon-zaxmat etkazilmasin, deb buyruq berdi. YUstinian 
zamonidan qolgan mashhur yodgorlik, ya’ni ayo Sofiya sobori saqlab qoldirildi, lekin keyin u 


«AyoSofiya» nomi ostida sultonning asosiy masjidiga aylantirildi. Konstantinopol yangi nom—
Stambul nomini oldi.
SHu tariqa eski Rim qulagandan keyin, oradan ming yil o‘tgach, ikkinchi (YAngi Rim), 
ya’ni Konstantinopol ham quladi. Janubi-SHarqiy Evropada uzoq vaqtgacha oshkora mustabid 
harbiy feodal zulmi va eng og‘ir milliy zulm rejimi o‘rnatildi. Konstantinopolni istilo qilishning 
iqtisodiy va siyosiy oqibatlari. Vizantiyani turklar tomonidan istilo qilinishi
Evropa xalqlari uchun g‘oyat katta oqibatlarga sabab bo‘ldi. Konstantinopolning qulashi 
bilan Levantiyadagi savdo-sotiq ishlari orqaga ketdi. Turklar bosib olgan mamlakatlar bilan 
savdo-sotiq qilish sharoitlari keskin yomonlashdi. Turklar osiyolik va evropalik savdogarlardan 
juda katta haq undirib oladigan bo‘ldilar. Savdo yo‘llari xavfli bo‘lib qoldi. Turklarning 
beto‘xtov olib borgan urushlari Urta dengiz bo‘yida muntazam savdo-sotiq ishlarini olib borish 
imkoniyatidan mahrum etdi. Bundan shu holni ko‘ramizki,turk istilosi evropalik savdogarlarni 
va dengizchilarni Turkiya mulklarini chetlab o‘tib SHarqqa,-harakatini kuchaytirdi. Turklarning 
Konstantinopolni istilo qilishi Markaziy va SHarqiy Evropa uchun, shujumladan, slavyan 
mamlakatlari uchun ham ayniqsa katta siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
XVI asrda Turkiya Polsha, CHexiya, Vengriya, Avstriya, Ukrainaga qarshi agressiya 
qildi. Turklar 1526 yilda Moxach yonidagi jangda G‘arbiy Evropa salibchilari ustidan yangi 
g‘alaba qozonganlaridan keyin,Turkiya Vengriyaning katta bir qismini egalladi va 
Gabsburglarning mulklariga bevosita xavf-xatar soldi. Turkiya solgan xavf-xatar, pirovardida, 
Gabsburglar boshchiligida O‘rta Dunay bo‘yida yashagan xalqlardan iborat ko‘p millatli 
Avstriya davlatining vujudga kelishiga imkon berdi.
Ammo turklar G‘arbiy Evropaga ham ma’lum darajada xavf solmoqda edilar.
XVI asr boshlarida Evropa va Osiyo tutashgan joyda o‘zining sostaviga Misrdan tortib to 
Ispaniyagacha barcha shimoliy Afrika sohilini ham kiritgan g‘oyat katta tajovuzkor davlatning 
tashkil topishi butun Evropani turklarning bostirib kirish va payhon qilib tashlashdek jiddiy xavf-
xatar ostida qoldirdi. Lekin Evropa Turkiya masalasida bir fikrga kelolmadi. Evropa 
davlatlarining bir qismi turklar tomoniga o‘tdi. Ba’zi bir G‘arbiy Evropa hukumatlari, 
Evropadagi o‘z raqiblari bo‘lgan boshqa davlatlarga qarshi kurashda Turkiya imperiyasiga yangi 
ittifoqchi maydonga keldi, deb qaradilar. Evropada avvalo Fransiya Turkiya masalasida ana 
shunday do‘stona mavqeni egalladi, chunki Fransiya Gabsburglarga qarshi kurashda Turkiyadek 
bir ittifoqchiga muhtoj edi. XVI asrning ikkinchi yarmida YAqin SHarq bozorlarini bosib 
olishga intilayotgan Angliya ham Turkiya bilan yaqinlashmoqchi bo‘ldi. 
IX-XI asrlarda Evropada feodal tuzumning qaror topishi iqtisodning yuksalishiga olib 
keladi: o’rmonlar tozalandi, Rim imperiyasining oxirgi yillarida tashlab qo’yilgan yerlar yana 
ishlatila boshlandi, so’g’orish ishlari yaxshilandi, uzumzor va zaytun maydonlari kengaydi, uy 
hayvonlari zotdorligi yaxshilandi. yerga feodal mulkchilik va feodalning siyosiy 
hokimiyatining bevosita bog’liqligi XI asr o’rtalarida Evropada qaror topgan ijtimoiy-siyosiy 
munosabatlarning xarakterli tomoni hisoblanadi. Yirik votchina faqatgina xo’jalik olib 
boriladigan hudud hisoblanmasdan, balki kichik mustaqil davlat – sen’oriya hisoblangan. O’z 
hududidagi aholiga nisbatan feodal faqat yer egasi emas, u podshoh ham sen’or bo’lgan. Uning
qo’ida sud, harbiy va siyosiy kuch to’plangan. Jamiyatning bunday tashkil qilinishi Evropada 
siyosiy tarqoqlikni keltirib chiqaradi.
G’arbiy Evropa va Vizantiyada XI asrda jamiyat ikki sinfga ajraladi: yer egalari va 
qaram dehqonlar. Krepostnoy dehqonlar nisbatan og’ir ahvolda bo’lishgan. Ba’zi davlatlarda (M. 
Fransiya) X-XI asrlarda dehqonlarning katta qismini krepostnoylar tashkil qilga. Ular yer 
egasiga shaxsi orqali ham, sud munosabatlariga ko’ra ham qaram bo’lib, og’ir ekspluatatsiyaga 
mahkum bo’lishgan. Ular feodalning mulki hisoblangan. Sobiq qullar ham krepostnoylar 
qatoriga qo’shila borgan.Shaxsan erkin dehqonlarning ahvoli ancha yengil bo’lib, Angliya, 
Germaniya, G’arbiy Fransiya, Italiya kabi davlatlarda ular ko’pchilikni tashkil qilgan. 
Feodallarning turli pog’onasi o’rtasidagi munosabat feodal ierarxiyasi prinsipi asosida tashkil 
qilingan. Feodal ierarxiyasining tepasida qirol bo’lib, hamma feodallarning oliy sen’ori 
hisoblangan. Undan keyin qiroldan yer olgan yirik dunyoviy va diniy feodallar turgan. Bular: 


gertsoglar, graflar, arxiepiskoplar, episkoplar, abbatlar. Ular nomiga qirolga vassal hisoblansada, 
mustaqil urush olib borganlar, o’zlarining pullarini zarb qilganlar, o’z hududlarida qonunlar joriy
qilganlar. Ularning vassallari baronlar atalib, ular ham o’z mulklarida mustaqil bo’lganlar. 
Feodal ierarxiyasining oxirgi bosqichida ritsarlar turgan va ular vassalga ega bo’lmagan. Ularga 
yer olgan dehqonlar qaram bo’lgan. Har bir feodal o’zidan yer olgan feodalga sen’or 
hisoblangan, o’zidan yuqori turgan (ya’ni yer bergan) feodalga vassal hisoblangan. Feodal 
pog’onasining quyi bosqichida turuvchi feodallar o’zlarining sen’orlarining sen’orlariga 
bo’ysunmaganlar. G’arbiy Evropaning Angliyadan boshqa davlatlarida feodallar pog’onasi 
o’rtasidagi munosabat “ vassalimning vassali mening vassalim emas” prinsipiga ko’ra tashkil 
qilingan. Vassal munosabatlarining asosi feodal yer egaligi – feod bo’lgan. Feod harbiy xizmat 
evaziga berilib, benifetsiyadan farqli ravishda merosiy yer egaligi hisoblangan (feod – taqdim 
etilgan yer). 
Vassalga feod berish–investitura tantanalari marosim bilan amalga oshirilgan. 
Vassallikka o’tayotgan feodal o’z sen’origa sodiqlik to’g’risida ommaviy qasamyod qilgan. 
Harbiy xizmat o’tashdan tashqari (odatda bir yilda 40 kun) vassal o’z sen’origa zarar 
keltirmasligi, uning mulkini himoya qilishi va boshqa majburiyatlarni o’tashi kerak bo’lgan. IX-
XI asrlardagi markazlashgan davlat bo’lmagan va feodal tarqoqlik sharoitida feodal ierarxiyasi 
dehqonlarni ishlatish va ularning chiqishlarini bostirishga imkon bergan. Qo’zg’olonlar vaqtida 
feodallar o’zaro nizolarni unutib, birgalikda harakat qilganlar. 

Document Outline

  • Asosiy matn:

Download 338,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish