Qisqacha xulosalar
Variatsiya mohiyati va ko`rsatkichlari analitik statistikada eng muhim va boshlang’ich tayanch bo`lim hisoblanadi. Ular ilmiy muammolar bo`yicha statistik echim va qarorlar qabul qilish asosida yotadi. Variatsiya - statistik to`plamda sodir bo`ladigan ob`ektiv miqdoriy va sifat o`zgarishlar natijasidir. U to`plam birliklari bo`yicha o`rganilayotgan belgi yoki belgilar qiymatlarida kuzatiladigan tebranuvchanlik, o`zgaruvchanlikni bildiradi.
Variatsiya ko`rsatkichlari o`rganilayotgan to`plam bo`yicha belgi o`zgaruvchanlik darajasini umumlashtirib ta`riflaydi. Ammo ular taqsimot tuzilishi, uning shakli va ichki xususiyatlarni yoritib bermaydi. Bu maqsadlar uchun asimmetriya va ekstsess ko`rsatkichlari xizmat qiladi. Ular uchinchi va to`rtinchi tartibli markaziy momentlar usulida hisoblanadi.
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
Variatsiya mohiyati nimadan iborat va nima uchun uni o`lchash kerak?
Asosiy variatsiya ko`rsatkichlarini sanab chiqing?
Qaysi ko`rsatkich eng muhim hisoblanadi va nima uchun?
Dispersiya qanday hisoblanadiq U qanday afzalliklar va nuqsonlarga ega?
Kvadratik o`rtacha tafovut qanday shakllarga ega, har birini hisoblash tartibini birma-bir ketma-ketlikda bayon eting.
Kvadratik o`rtacha tafovut mutlaq o`rtacha tafovut (d modul)ga nisbatan har doim katta qiymatga ega ekanligini isbotlab bering.
Mutlaq o`rtacha tafovut qanday tartibda hisoblanadi? Nima uchun u d modul deb ataladi?
Variatsiya kengligi nima va qanday tartibda hisoblanadiq U qanday nuqsonlarga ega va qanday sharoitda qo`llanadi?
Nimkvartil kenglik mohiyatini izohlab bering. U variatsiya kengligiga nisbatan qanday afzalliklarga ega?
FOYDALANILGAN VA TAVSIYA QILINGAN ADABIYOTLAR
Daris Singpurwalla AHandbook of statistics:an Overview of Statistical Methods Ist edition.2013 year
Абдуллаев Ё. Статистика назарияси. Дарслик. – Т.: Ўқитувчи, 2002. – 647 б.
Soatov N.M. Tillaxo’jaeva G.N. Statistika nazariyasi. Darslik. – T.: TDIU, 2005.161 – 181 bet.
Статистика. Учебник. /Под ред. И.И. Елисеевой. – М.: Проспект, 2010. 50– 66 стр.
Soatov N.M., Nabiev H.G’., Nabiev D.H.,Tillaxo`jayeva G.N. Statistika Darslik,T, 2011 168-186 b
Shadiyev X.A,.Xabibullayev l,. Maxmudov B, Rashitova N., Umarova M.; Statistika: darsIik - Toshkent: Tafakkur bo'stoni, 2013 . 88- 99 b
Основы теории статистики. Учебное пособие В. В. Полякова, Н. В. Шаброва 2017 Флинта
Internet saytlar
www.stat.uz
www.cer.uz
www.mineconomu.uz
Mustaqil ta`lim mavzulari
1.Variatsiyani statistik o’rganish zarurligi.
2.Bozor iqtisodiyoti hodisalari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni o’rganishda dispersiyalarni qo’shish qoidasini qo’llash.
3.Variatsiya ko`rsatkichlarini hisoblash tartibi
4.Dispersiyanini turlari va ularni qo`llash xusussiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |