7-mavzu: Texnikaga oid masalalariga bag’ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash Fan-texnika taraqqiyoti


-mavzu:Texnikaga oid masalalariga bag’ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash



Download 35,8 Kb.
bet2/7
Sana25.09.2021
Hajmi35,8 Kb.
#185113
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 y- mavzu

6-mavzu:Texnikaga oid masalalariga bag’ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash

O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasida Milliy axborot tizimiga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi.

Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi.

Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qullaniladigan tushunchalardan biri- tizimdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.

O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni (11.12.2003 yil) 19-moddasida ko‘rsatilganidek, axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20-moddasida: “Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g‘ayriqonuniy munosabatda bo‘lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”, deb alohida ko‘rsatilgan.

Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

- Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar;

- Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o‘rtasida axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar;

- Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari;

- Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar;

- Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari;

- Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar;

- Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari)ga oid quyi tizimlar;

- Davlat organi to‘g‘risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydigan quyi tizimlar;

- Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar;

- Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar.
O‘zbek tining barcha leksik resurslarida bo‘lgani kabi atamalarning ham o‘z boyish yo‘llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.

Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan birorta ham til yo‘q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to‘g‘ri keladi. «Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki termindan foydalaniladi, yo bo‘lmasa yangi termin yasaladi» deb yozadi S. Akobirov.E’tirof etish kerakki, o‘zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog‘i katta. An’anaga ko‘ra ularni quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganamiz:

1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, imlo, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’noviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.

2. Forscha-tojikchabastakor, doya, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.

3. Ruscha-baynalmilal: abzats, agronomiya, agroximiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realizm, romantizm, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar.

Ularning ma’lum qismlari:

a) lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, akkomodatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, alternatsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.

b) yunoncha: allegoriya, allomorf, allofon, alfavit.



Kasb-hunarga oid til birliklari me’yorlari haqida so‘z yuritish ham ahamiyatli. Mavjud lug‘atlarni ko‘zdan kechirish shundan dalolat beradiki, ulardan o‘zbeklarning ijtimoiy hayoti, kasbi va hunarmandchiligiga oid atamalarning ma’lum qismigina joy olgan. T. Tursunovaning «O‘zbek tili amaliy leksikasi» (Т., 1978) asarida keltirilgan ayrim misollarga murojaat qilib ko‘raylik: gilam turlarini bildiradigan julxirs, zulbaraq, arabi, olacha- palos, xoli- g‘oli, sholcha- qoqma yoki bosma (l.chakmon. 2. ilma, chok turi), birishim, bo‘zastar, gulburi, dorpech, dug / duk, duxoba, do‘kon (1. dastgoh, stanok. 2. mogazin), do‘ppi, yondori, jo‘ypush, zardevol / zardevor, zardo‘zi, zehdo‘zlik, yo‘rma, yo‘rmado‘zlik, kallapo‘sh, kalobtun, kashtado‘z, kibaz, (paxta) momiq, palak, peshonaband / peshonabog‘, popop, popopchilik, resman, tubatoy, urchuq, choyshab, shamshirak, o‘rmak, qatim, qo‘chqorshoxi /qo‘chqorak va boshqalar.

Ulardan gilamning turlarini bildiradigan arabi, palos, sholcha so‘zlari hamda chakmon ma’nosidagi bosma, dorpech, dug / duk, duxoba, do‘kon, do‘ppi, yondori, joypuli, zardevor/ zardevor, zardo‘zi, zehdo‘zlik, yo‘nna, yo‘rmado‘zlik, kallapo‘sh, kalobtun, momiq, palak, popop, popopchilik, peshonaband / peshonabog‘, urchuq, choyshab, o‘rmak, qatim singari birliklar lug‘atlarda keltirilgan .

O‘zbek tiuning izohli lug‘ati, I – II tomlar. M., 1981). Ammo gilamning turlarini bildiradigan julxirs, zulbaraq, xirs, xoli, qoqma; ilma, chok tun ma’nosidagi bosma va birishim (ipak), bo‘zastar (mato), gulburi (gul kesish) resman (sariq va oq g‘altak ip) tubatoy (gulsiz oddiy do‘ppi), shamshirak (narvon pochasiga o‘xshash yog‘och) qo‘chqorshoxi / qo‘chqorak (to‘qimachilikda naqsh turi) so‘zlari esa yuqorida tilga olingan lug‘atlarda o‘z ifodasini topmagan,

Bir so‘z ikki uslubda, fan sohasida atama sifatida me’­yorlashgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, morfologiya:


Til taraqqiyotida buning aksi ham kuzatiladi. Ma’lum fan sohasi yoki kasb-hunarga tegishli bo‘lgan atamalarning ma’no doirasi kengayadi – determinlashish jarayoni ro‘y beradi, ya’ni ular tor atamalilik doirasidan chiqib, ommalashadi va barcha vazifaviy uslublarda qo‘llanila boshlaydi. Masalan; odamni operafsiya qilmoq – valyuta operatsiyasini amalga oshirmoq – harbiy operatsiyani bajarmoq; polk shtabi – paxta shtabi, g‘alla shtabi; falsafa ilmi – falsafa o‘qimoq kabi.

\


Download 35,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish