Shina - (shina, bus )
Yulduz - (zvezda, star )
Halqa - (kolso, ring) topologiyalari kiradi.
Agar kompyuterlar bir kabel (segment) bo‘ylab ulangan bo‘lsa, bunday topologiya shina deb ataladi.
8.4-rasm. Shina toplogiyasi ko‘rinishi
Agar kompyuterlar bir nuqtadan chiqqan segmentlarga yoki to‘plagichga ulangan bo‘lsalar, bunday topologiya yulduz deb ataladi.
8.5-rasm. Yulduz toplogiyasi qo‘rinishi
Agar kompyuterlar ulangan kabel halqa qilib ulangan bo‘lsa, bunday topologiya halqa deb ataladi.
Xalqa topologiyasi ko‘rinishi
Bunday tarmoqlar shina tarmog‘idan keskin farq qiladi. Har bir kompyuter qabul qilingan signallarni kuchaytiradi va ularni navbatdagi kompyuterga uzatib repiter vazifasini bajaradi. Yulduz tarmog‘idan esa tarmoqdagi kompyuterlar orasida uzluksiz aloqa bulishini talab qiladi. Shu sababli biror kompyuterning ishdan chiqishi butun tarmoqning ish faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi.
Yuqoridagi topologiyalarning qiyosiy harakteristikalari
Do'stlaringiz bilan baham: |