Madaniy-tarixiy tiplar g’oyasi. XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga kelgan bo’lsada, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar jamiyatini ikki madaniy- tarixiy tiplarga ajratadi: Birinchisi to’liq jamiyat bo’lib, u o’zida a) er yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Erning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o’rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo’lgan to’liqsiz jamiyat.1 Forobiy fikricha “Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo’lga kiritish mumkin. To’liqsiz jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar”.2
Do'stlaringiz bilan baham: |