uyg’unlashib boradi.
Shaxs qadr-qimmati inson faoliyatining bunyodkorligi, insonga, tarixga
bo’lgan munosabati, insoniy (odamiy) xislatlarining ro’yobga chiqishi asosida
namoyon bo’ladi. Biroq inson hech qachon maqsadlarning amalga oshish vositasi
bo’lmasligi kerak, deb yozadi I.Kant. Inson uchun qoidalar, tartib qoidalar, axloqiy
prinsiplar umumiy, biroq inson maqsadlarini amalga oshirish qurboniga
aylanmasligi kerak. Bugungi kunda xalqimizning abadiyligini, mustaqilligimizning
orqaga qaytmasligini anglab yashash tarixni har bir shaxs hayotining mazmuniga
aylantirib bormoqda.
Abadiylik-bu insonlarning yaxlitligidir. Abadiylik uchun
yashash-bu o’tmish, bugungi kun va kelajak avlodlar bilan yashash
demakdir.