Tarixning ma’nosi umuminsoniy ma’no bo’lib, hamma vaqt konkret shaxs
bilan bog’langan holda namoyon bo’ladi. Tarixning ma’nosi deganda sof
obyektiv yoki sof subyektiv deb qaramaslik kerak.
«Ma’no» tushunchasi (kimgadir, nimagadir) insonga bo’lgan munosabatni
ko’zda tutadi. «Ma’no» inson borligi jarayonida ijod qilishi, dunyoni bilib borishi,
payqashi kabilar bilan birgalikda namoyon bo’ladi.
Inson o’z ijodiy faoliyatida insoniylikni namoyon qiladi. Shu asosda
tarixning ma’nosini kashf qiladi. Tarixning ma’nosiga tashqi jarayon sifatida emas,
balki insonning ichki ma’naviy dunyosi sifatida, hamma jarayonlarning inson
ko’zgusidan o’tishi nuqtai nazaridan qarash kerak. Tarixning ma’nosi - meniki,
men uchun, deb qarashni, butun tarixiy borliq men uchun daxldor deb, qarashni
ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |