Tarix, bu jihatiga ko’ra, avlodlarning almashuv jarayonidagi munosabatni
anglab yetishdir.
Ma’naviy farzandlik ma’nosini tushunmaslik avlodlar qadriga yetmaslikdir.
Bunda shaxs ajdodlarini tanimaydigan mavjudotga aylanib qoladi.
Ma’naviyatning tiklanishi, tug’ilib o’sgan yurtda o’zini boshqalardan kam
sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak.
Har qaysi inson «men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar
bo’lgan, millatning ibtidosi qayda, uning ayoqqa turishi, tiklanish jarayoni qanday
kechgan?» degan savollarni o’ziga berishi tabiiy... Tarixiy xotirasi bor inson –
irodali inson.
Inson uchun tarixdan judo bo’lish – hayotdan judo bo’lish demakdir,
Do'stlaringiz bilan baham: |