Axboriy-ma‟lumotli
Ijro etish (bajarish)
Tushuntirishli
Reproduktiv
Ko„rgazmali-amaliy
Ijodiy-amaliy
Tushuntirishli-undovchi
Qisman izlanishli
Undovchi
Izlanishli
Yaxlit yondashuvga ko’ra ta’lim metodlari tasnifi
O‟quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
O‟quv-bilish faoliyatini motivasiyalash va rag‟batlantirish metodlari.
O‟quv-bilish faoliyatini nazorat va o‟z-o‟zini nazorat qilish metodlari.
O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari
O„quv
axborotini
uzatish va idrok
etish
manbasiga
ko„ra
O„quv
axborotini
uzatish va idrok
etish
mantig„iga
ko„ra
O„quvchilarning
mustaqil
fikrlash
darajasiga ko„ra
O„quv
ishini
boshqarish
tavsifi
bo„yicha
Og„zaki,
Ko„rgazmali,
Amaliy
Induktiv,
Deduktiv
Reproduktiv.
Produktiv:
muammoli,
muammoli-
izlanishli, evristik
O„qituvchi
rahbarligida
bajariladigan o„quv
ishi.
O„quvchilarning
mustaqil ishlari.
O’quv-bilish faoliyatini motivasiyalash
Va rag’batlantirish metodlari
O’quv-bilish faoliyatini nazorat va
O’z-o’zini nazorat qilish metodlari
Nazorat va o„z-o„zini
nazorat qilishning og„zaki
metodlari
Nazorat va o„z-o„zini
nazorat qilishning yozma
metodlari
Nazorat va o„z-o„zini
nazorat qilishning amaliy
metodlari
Individual
so„rov,
ommaviy
so„rov,
dasturlashtirilgan so„rov,
og„zaki o„z-o„zini nazorat
ishi
Yozma
nazorat
ishi,
dasturlashtirilgan yozma
ish,
yozma o„z-o„zini
nazorat ishi
Laboratoriya
ishi,
laboratoriyali o„z-o„zini
nazorat ishi
Interfaol metodlar
O‘rganilayotganlarini
o‘zlashtirishga
da’vat
qilish metodlari
Yangi materialni anglash
metodlari
O‘rganilganlarini
fikrlashga
imkon
beruvchi metodlar
Erkin yozish.
Klaster.
Aqliy hujum.
B-B-B chizmasi.
Chalkashtirilgan mantiqiy
zanjirlar ketma-ketligi.
Semantik
xususiyatlar
tahlili.
Semantik
xususiyatlar
tahlili.
B-B-B chizmasi.
O„qitish
bo„yicha
qo„llanma.
Bir-biriga o„rgatish.
Bir-biridan so„rash.
Ikki qismli kundaliklar.
Eng asosiy tushunchalar
Eng asosiy tushunchalar,
takrorlash.
T-chizma.
Konseptual jadval.
Venn diagrammasi.
Nilufar guli.
Besh minutlik esse.
O„n minutlik esse.
Ta’lim metodlarining mohiyati
1. Og’zaki bayon metodlari.
Hikoya, suhbat, ma‟ruza ta‟limning
bilimlarni og‟zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar yevristik
O„qishga qiziqishni motivatsiyalash
metodlari
O„qishga
burch
va
mas‟uliyatni
rag„batlantirish metodlari
Bilish faoliyatini tashkil etishga doir
o„yinlar.
O„quv munozaralar.
Vaziyatlarni yaratish.
O„rganishning Shaxsiy va ijtimoiy
ahamiyatiga ishonch hosil qilish.
Talab qo„yish.
Rag„batlantirish.
Ogohlantirish.
suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o‟quvchilarning xotirasiga mo‟ljallab tashkil
etiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o‟qituvchi tushuntiradi, bolalar
tinglaydi.
Hikoya.
Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o‟quv
materialini o‟rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o‟tkaziladi. Kirish
hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni yeslash,
ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon Shaklidagi hikoya- yangi
o‟quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon
Shaklidagi hikoyada o‟qituvchi o‟quv materiali mazmunini turlicha aytadi,
uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi
hikoya-undan darsning oxirida o‟rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida
foydalaniladi.
Ma’ruza.
Ma‟ruza o‟rta umumta‟lim maktablarining yuqori sinflarida,
kollejlarda, oliy o‟quv yurtlarda foydalaniladigan ta‟lim metodi bo‟lib, unda
o‟zaro ta‟sir o‟qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar,
asosiy g‟oya va bog‟lanishlarni yozib olish Shaklida amal qiladi. Ma‟ruza uchun
vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o‟quv materiali xajmiga ko‟ra belgilanadi.
Ma‟ruza jarayonida o‟quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish
maqsadida o‟qituvchi o‟z nutqini ko‟rgazmali qurol, muammo va topshiriqlar
bilan uyg‟unlashtiradi. O‟quv materialiga oid iboralarga izoh berish, ayrim
o‟rinlarda o‟quvchilarning
o‟zlariga
xulosa
chiqarishni
taklif
etish
o‟quvchilarning o‟quv-biluv faoliyatining samarasini oshiradi.
Suhbat.
Suhbat o‟qituvchi o‟quvchining o‟zaro ta‟siri dialog Shaklidagi
ta‟lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‟ylangan, bir-biriga
bog‟liq savollarni qo‟yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‟llari
bilan o‟qituvchi va o‟quvchi faoliyati o‟zaro muvofiqlashadi.
Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo‟ladi: yevristik suhbat; katoxezistik
suhbat. Yevristik suhbat o‟quvchilarning tafakkuriga mo‟ljallangan metod
bo‟lib, unda o‟zaro ta‟sir o‟qituvchi savollari bolalarning javoblari
Shaklida amal qiladi. Yevristik suhbat uzoq tarixga ega bo‟lib, undan qadimgi
Gresiyada Suqrot mohirona foydalangan.
U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham deb
yuritaladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo‟l bilan
o‟quv materialini o‟rganish; o‟zlashtirishning individual harakter kasb etishi.
Katoxezistik suhbat o‟quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish
faoliyatiga mo‟ljallab o‟tkaziladi. O‟tkazish maqsadiga ko‟ra katoxezistik
suhbatning quyidagicha turlari mavjud:
Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg‟ulotda qilingan ishlar bo‟yicha
umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi.
Mustahkamlash suhbati-yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o‟tkaziladi, so‟ngra
yangi mavzu intelektual va amaliy topshiriqlar bajariladi.
Takrorlash suhbati ikki yoki undan ortiq mavzu bo‟yicha o‟tkaziladi.takrorlash
yo‟li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat katta bo‟lim
o‟tilgandan so‟ng, o‟quv boshida, oxirida tashkil etiladi.
Kirish suhbati yangi mavzuni o‟rganishdan oldin o‟tkaziladi. Nazorat suhbati
bilimlarni sinab ko‟rish maqsadida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: