7 mavzu: Ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limning pedagogik – psixologik xususiyati Reja



Download 238,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi238,02 Kb.
#317684
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 mavzu(3)

Inklyuziv ta’lim tizimi 

1.1-jadval 

An’anaviy yondashuv 

Inklyuziv yondashuv 

 



Ta’lim ba’zilar uchun 

 



Ta’lim barcha  uchun 

 



O’zgarmas 

 



Moslashuvchan 


 

Jamoaviy o’qitish 



 

Individual o’qitish 



 

Ajratilgan muhitda o’rganish 



 

Integratsiya muhitida o’rganish 



 

O’qitishga kuch berish 



 

O’rganishga kuch berish 



 

Predmetga asoslangan holda 



 

Bolaga asoslangan holda 



 

Diagnostik-istiqbolli 



 

Ta’limiy 



 

Imkoniyatlar ajratish orqali 



cheklangan 

 



Imkoniyatlar barcha uchun bir 

xilda 


Ularning  juda  oz  qismiga  maxsus  maktablarda  mutaxassislar  tomonidan 

zarur  yordamlar  ko’rsatiladi.  Berilayotgan  ta’lim,  albatta,  bolaning  haqiqiy 

ehtiyojlariga  mos  kelishi  kerak.  Shu  yo’l  orqali  qimmatbaho  va  eshitmaydigan 

mutaxassis xizmatlari zarur holatlar uchun saqlab qo’yiladi. 

Ushbu yangi yo’nalishlarga bog’liq holda, maxsus maktablar keng sur’atda 

resurs markazlariga aylana boshladi. Ular o’zlarining yuksak tajriba va bilimlarini 

qo’llay oladigan keng ko’lamdagi dasturlarda qatnasha boshlashdi va faoliyatlarini 

oddiy maktablar, oilalar hamda jamiyat bilan bog’lagan holda olib borishadi. 

Maxsus  ta’limga  muhtoj  bolalarning  yo’naltirilgan  ta’limiga  va  umumiy 

ta’limga ikkita turli xildagi masala deb qaramaslik kerak. Oldingi ta’lim umumiy 

ta’lim  rejasining  qismi  va  qolipi  vazifasini  o’tashi  kerak.  Hozirda  biz  ta’lim 

ta’minotini maxsus ta’limga muhtoj bolalarga yetkazib berilyapti va bu bilan ta’lim 

barchaga  inklyuziv  ta’lim  tamoyilini  qonun  yoki  islohot  deb  qabul  qilib, 

maqsadimizga  erisha  olamiz.  Inklyuziv  ta’limda  imkoniyati  cheklangan 

bolalarning ta’lim muassasasiga jalb qilinishi muhim hisoblanadi. 

Respublikamizda  ayni  vaqtda  aralash  inklyuziv  ta’limga  ixtisoslashgan 

guruh  va  sinflarda  imkoniyati  cheklangan  3000ga  yaqin  bolalar  tahsil  olmoqda. 

Loyiha  ilk  yo’lga  qo’yilganlarning  soni  47  nafar  edi.  Bu  imkoniyati  cheklangan 

bolalarning 

ota-onalari 

ushbu  maktablarga  qatnayotgan  o’quvchilarning 

erishayotgan yutuqlarini ko’rib, o’z farzandlarini ham shunday maktab va bolalar 

bog’chalariga olib kelishni afzal ko’rishayotganidan dalolat beradi. 

Inklyuziv ta’lim  amaliyoti  va  ta’lim  xizmatlarini  tashkillashtirish va ularga 

fundamental,  haqiqiy  o’zgarishlar  kiritishni  talab  etadi.  Maxsus  ta’lim 

ehtiyojlarining  kiritilishini  shunday  o’zgarish  desa  bo’ladi.  Bolaning  maxsus 

ta’limga ehtiyoji bor deyish, ta’lim sohasidagi maqsadlariga yetishishi uchun aniq, 

qisqa  va  uzoq  muddatli  pedagogik-  psixologik  yordam  va  xizmatlarga  muhtoj 

demakdir.  Ta’lim  muassasalari  turli  toifadagi  o’quvchilarga  xizmat  qilishi  kerak. 

Bunga  ko’ra,  maxsus  ta’lim  sinf  xonalari  va  o’qituvchi  haqiqiy  ta’lim  ba’zasiga, 

maktab  rahbari  ehtiyojlarni  qondiruvchi  shaxsga  aylanishi  kerak. Javobgarlik  sinf 

o’qituvchisidan  olib,  boshqa  mutaxassislarga  berib  qo’yilmasligi  kerak.  Buning 

o’rniga,  ular  ikkalasi  uyushgan  holda  o’zaro  ish  olib  borishlari  lozim.  Bu  kabi 

rivojlanishga butun ta’lim muassasalari islohotlaridagi izlanishlar sifatida qaralishi 

kerak. 

Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi paytda oddiy maktab tizimiga qabul 

qilinmayapti.  Bu  holat  maxsus  ta’limga  muhtoj  bolalarning  talablariga  javob 

berolmaydi. Shu bois  ham, bu  sohaga o’zgartirishlar  kiritilishi lozim. Shu  sababli 




integratsiyaga maktab islohoti sifatida qaralishi zarur. Uning maqsadi mavjud aniq 

dasturlar  doirasida  barchaga  ta’lim  beruvchi  maktab  tizimini  yaratishdan  iborat 

bo’lmog’i  lozim.  Hozirgi  vaqtda  imkoniyati  cheklangan  bolalarning  ta’lim  olish 

darajasi  yildan-yilga  oshib  borilayotganligi  kelajakda  aniq  dastur  asosida  maktab 

tizimini yaratishga zamin bo’ladi. 

Respublikamizda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim darajasining yil sayin 

o’sib  borish  statistikada  ko’rsatilgan.  Ta’lim  xizmatlarini  rejalashtirishda 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining nogiron odamlar borasida ish yurituvchi jahon 

dasturi qo’llanmasi doirasida faoliyat yuritish tavsiya etiladi. Birlashgan Millatlar 

Tashkiloti  taklifi  bilan  nogiron  odamlarga  teng  imkoniyatlar  belgilovchi  standart 

qoidalarga  to’ldirish  kiritilgan.  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  nogiron 

shaxslar  imkoniyatlarini  barqarorlashtirish  to’g’risidagi  standart  qoidalari  buni      

shunday izohlaydi: 

«Hukumatning maktab va jamiyat miqyosida  tushunarli  va qabul  qilingan 

aniq  islohoti  bo’lishi  kerak...»  (N6.6-Qoida).  

MTga a’zo 120 ta mamlakat nogiron odamlarga boshqalar bilan teng ta’lim 

olish  imkoniyatlarini  beruvchi  huquqlarni  tan  oluvchi  siyosiy  qonunlar  yuritishi 

kerak.  Nogiron  shaxsning  ta’limi  iloji  boricha  umumiy  maktab  tizimida  olib 

borilishi kerak. 

Ta’lim-tarbiya  organlari  va  majburiy  ta’lim  to’g’risidagi  qonunlar 

javobgarlikni  o’z  bo’yinlariga  olgan  holda,  turli  darajadagi  nogiron  bolalarning 

holatlarini inobatga olib, majburiy ta’limga kiritishi shart. 

Barcha bolalarning boshlang’ich ta’limdagi ehtiyojlarini qondirish zaruriyati 

ta’lim barchaga inklyuziv maktabi doirasida maxsus ta’limga muhtoj bolalar uchun 

oddiy maktab tizimida ta’lim olishning yangi imkoniyatlarini ochadi. 

Ta’limni rejalashtiruvchilar umumiy qabul qilingan 10% ko’rsatkichni turli 

zarur muammolarni hal qilish va maxsus diqqat-e’tiborga muhtoj bolalarga yordam 

berish  uchun  asos  qilib  olishlari  mumkin.  Maxsus  diqqat-e’tibor  deganda, 

nogironligi  og’ir  bolalarga  xizmatlar  ko’rsatish,  uni  oldindan  aniqlash,  yordamni 

to’g’ri  tashkil  qilish,  o’rta  va yengil  qiyinchiliklari  bor  bo’lgan  bolalarga  kerakli 

yordamlar berish zarur bo’ladi. 

Nogironlik  darajasi  o’ta  og’ir  bolalarning  soni  kam  va  nogironlikning 

og’irlik  darajasi  proportsional  ravishda  kamayib  boradi.  Maxsus  ta’limga  muhtoj 

bolalarning  80%  ga  oddiy  maktabda  kerakli  o’zgartirishlar  kiritish  orqali  va 

maxsus  ehtiyojlar  ta’limining  boshlang’ich  treninglaridan  o’tgan  oddiy  maktab 

o’qituvchilari  yordamida  ko’mak  berish  mumkin.  O’rtacha  darajadagi  nogiron 

bolalarga  oddiy  sinf  xonalari  yoki  maxsus  guruh  yoki  bo’limlarda 

chuqurlashtirilgan  yordamlar  ko’rsatish  orqali  ko’mak  berish  mumkin.  Ular 

ko’proq  malakali  o’qituvchilarga  muhtojdirlar.  Ular  5%  dan  kamroqni  tashkil 

qiluvchi  og’ir  nogiron  o’quvchilardir.  Masalan,  umuman  ko’zi  ko’rmaydigan  va 

eshitmaydigan,  maxsus  muloqot  qilish  malakalari  va  alohida  tayyorlov  dasturlari 

texnikalarini  o’zlashtirgan  o’qituvchilarga  muhtojdirlar.  Inklyuziv  ta’limga  urg’u 

berish  maxsus  maktablar  va  markazlarni  chetga  surish  degani  emas.  Ulardan 

maxsus  ko’makka  muhtoj  bolalarga  yordam  ko’rsatishdagi  maxsuslashtirilgan  va 

chuqurlashtirilgan  xizmatlarning  asosiy  qismi  sifatida  mavjud  bo’lib  qolish  talab 



TENGLIK VA 

TO’LIQ 


QATNASHIS




Download 238,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish