7-mavzu. Standartlashtrish bo‘yicha davlat nazorati, xalqaro standartlashtirish



Download 16,75 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi16,75 Kb.
#925463
  1   2

7-mavzu. Standartlashtrish bo‘yicha davlat nazorati, xalqaro standartlashtirish
Talabaning mustaqil ish topshiriqlar:
1. Standartlar bo‘yicha me'yoriy hujjatlarni nazorat qilish tartiblari to‘g‘risida to‘liq ma'lumotlarga ega bo‘lishi va bilishi lozim?
2. Standartlarni o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risida yetarli bilimga ega bo‘lishi kerak.
3. Xalqaro standartlashtirish (ISO, MEK, ISO-9000) tashkilotlari va ularning asosiy vazifalari bo‘yicha bilimlarga bo‘lishi va ularni bilishi lozim.
1. Standartlar bo‘yicha me'yoriy hujjatlarni nazorat qilish tartibi
Agar vazirliklar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, davlat ishlab chiqarish korxonalari, kooperativlar, qo‘shma, aksionerlik, shaxsiy va boshqa korxonalar, muassasa va tashkilotlar, ishlab chiqarish va tijorat bilan shug‘ullanadigan fuqarolar mahsulotga belgilangan talablarga rioya qilishmasa, u holda eng rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari darajasida ishlab chiqilgan standartlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar ham mahsulot sifatini kafolatlashga ojizlik qiladi. Shuning uchun ham amaldagi standartlar va o‘lchash vositalari ustidan respublikada davlat nazorati o‘rnatiladi.
O‘zbekiston respublikasida barcha xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotga belgilangan me'yoriy hujjatlarning bajarilishi shart bo‘lgan talablar va standartlashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini bajarilishi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan
«Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonuni, Respublika Vazirlar Mahkamasining 12 avgust 1994 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 410-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risida Nizom» va O'zDSt 1.0:1998 "O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar" standarti talablariga asosan rahbariy hujjatlar (RD O‘z. 51-033-97 va RD O‘z 51-041- 95) da belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan davlat nazoratining asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat: vazirliklar, idoralar, assosiasiyalar, konsernlar, davlat korxonalari, kooperativlar, qo‘shma hissadorlik, ijara, kichik va boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ularning qaysi idoraga mansubligi va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, ular tomonidan standartlarni o‘z vaqtida amalda tadbiq etish va ularning talablariga qat'iy ravishda rioya qilishini ta'minlash, standartlarning ilmiy-texnik darajalarini tahlil qilish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik taraqqiyotini jadallashtirish, mehmat unumdorligi, mahsulotning texnik darajasi va sifatini yaxshilash maqsadida fan va texnika yutuqlaridan samaradorli foydalanishga ko‘maklashish.
Ishlab chiqaruvchilar va sinov laboratoriyalari tomonidan harakatdagi standartlarning bajarilishi shart bo‘lgan talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati, ularning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari (xizmatlari)ni ushbu talablarga mos kelish darajasini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham me'yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqarilayotgan majburiy sertifikatlashtiriladigan va sertifikatlashtirilmaydigan hamda chetdan keltirilgan mahsulotlar davlat nazoratininng ob'ekti bo‘lib xizmat qiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan (sertifikatlashtirilgan va import qilingan) mahsulotga belgilangan standartlashtirish bo‘yicha me'yoriy va qonunchilik hujjatlarining bajarilishi shart bo‘lgan talablariga rioya qilish ustidan nazorat ishlari quyidagi idoralar tomonidan amalga oshiriladi:
- O‘zdavstandart («O‘zstandart» agentligi);
- Arxitektura va qurilish, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitalari va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda ularning hududiy organlari;
- maxsus vakil sifatida belgilangan boshqa davlat boshqaruv organlari.
Standartlarning bajarilishi shart bo‘lgan talablariga rioya qilish ustidan quyidagi shaxslar nazorat o‘tkazadilar:
- O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining standartlar ustidan nazorati bo‘yicha davlat bosh inspektorlari;
- viloyat va shaharlarning standartlar ustidan nazorati bo‘yicha davlat bosh inspektorlari;
- standartlar ustidan nazorati bo‘yicha inspektorlar.
"O‘zbekiston Respublikasi standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risida"gi Nizomga asosan O‘zdavstandart («O‘zstandart» agentligi) Arxitektura va qurilish, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitalari va Sog‘liqni saqlash vazirligining rahbarlari o‘zlari egallab turgan lavozimlariga ko‘ra standartlar va o‘lchash vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari esa - O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektorlarining muovinlari hisoblanadilar.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston davlat markazi O‘zdavstandart vorisi «O‘zstandart» agentligining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy (regional) markazlari (SMSHM), Arxitektura va qurilish, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitalari va Sog‘likni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va shaharlardagi hududiy markazlarning rahbarlari o‘zlarining lavozimlariga ko‘ra standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati bo‘yicha Qoraqlpog‘iston Rsspublikasining, viloyat va shaharlarining bosh inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari bosh inspektorlarining muovinlari hisoblanadi.
O‘zdavstandart, Arxitektura va qurilish, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitalari, Sog‘liqni saqlash vazirligi va sertifikatlashtirish bo‘yicha hydudiy markazlar (CMCHM)ning bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va bosh mutaxassislari o‘zlarining egallab turgan lavozimlariga ko‘ra standartlar va o‘lchash vositalari ustidan nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadi.
Quyidagi idoralar O‘zbekiston Reslublikasida standartlar ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar:
- O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha - O‘zdavstandart («O‘zstandart» agentligi);
- qurilish, qurilish sanoati hamda loyihalash va konstruksiyalash sohasi bo‘yicha Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi;
- tabiat resurslaridan foydalanishni boshqarish, atrof-muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta'sirlardan himoya qilish sohasi bo‘yicha Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
- tibbiyot mahsulotlari, tibbiy texnika buyumlari, dorivorlar, davolash vositalari hamda respublika sanoatlarida ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha chetdan keltirilgan mahsulotlar tarkibida inson organizmi uchun zararli bo‘lgan moddalarni aniqlash masalalari sohasi bo‘yicha - Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Qoraqalpag‘iston Respublikasi, viloyat va shaharlarida standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati O‘zdavstandartning mintaqaviy standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazlari hamda o‘zlarining vakolatlari doirasida Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy idoralari tomonidan olib boriladi. Ular davlat nazoratini bevosita korxona, tashkilot va muassasalarda amalga oshiradilar.
Standartlar talabiga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini O‘zbekiston va Qoraqalpag‘iston respublikalarining bosh davlat inspektorlari, viloyat va shaharlarning bosh davlat inspektorlari va standartlar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar.
Standartlar va o‘lchash vositalari ustidan nazoratning amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hokimiyat organlarining vakili hisoblanadi va ular davlat himoyasida bo‘ladi. Ular O‘zdavstandart («O‘zstandart» agentligi) tomonidan belgilangan tartibda attestasiyadan o‘tadilar.
O‘zbekiston Respublikasining barcha bosh davlat inspektorlari va davlat inspektorlarining huquq va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994 yil 12 avgustda qabul qilingan 410- sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi standartlari va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi Nizom»da to‘liq ko‘rsatib berilgan.
Respublikada qo‘llanilayotgan standartlarni respublika xalq xo‘jaligi, mamlakat aholisi va eksport ehtiyojlariga mos kelishini ta'minlash hamda standartlarni qayta ko‘rish, o‘zgartirish va ularni bekor qilish, standartlarni tekshirishdagi asosiy maqsad hisoblanadi.
Standartlarni tekshirish ularda ko‘rsatilgan muddat bo‘yicha, avval standartni ishlab chiqqan tashkilotlar, texnik qo‘mitalar (agar mavjud bo‘lsa), standartlashtirish bo‘yicha tayanch, buyurtmachi va boshqa manfaatdor tashkilotlar birgalikda kelishilgan holda o‘tkaziladi. Buning uchun standartlarni ishlab chiqqan tashkilot rahbari tomonidan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, tayanch, buyurtmachi (asosiy iste'mochilar) va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat komissiya tuziladi.
Tekshiriladigan standartlar ro‘yxati standartlashtirish bo‘yicha yillik va istiqbol rejalari loyihalariga kiritiladi.
Standartlarni tekshirish jarayonida ko‘rsatkichlar nomenklaturasi va ularning miqdori, me'yorlar, qoidalar, tavsiflar, atamalar va tushunchalar. belgilar, uslublar, fizik kattalik birliklari; shuningdek, mahsulotning inson hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘zaro almashuvchanligini ta'minlaydigan hamda belgi qo‘yish va nazorat qilish usullarini harakatdagi qonunchilik, standartlashtirish davlat tizimi va boshqa me'yoriy hujjatlar, xalqaro mintaqaviy va rivojlangan xorijiy davlatlarning standartlari (ISO, MEK va boshqalar), MDH Davlatlararo standartlari, bir xil mahsulot guruhlariga mo‘ljallangan standartlar va ular bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan me'yoriy hujjatlar talablari hamda sinov va sertifikatlashtirish milliy tizimlariga mos kelishi tahlil qilinadi. Bulardan tashqari, mahsulotga mo‘ljallangan standartlarni tekshirish jarayonida solishtirma jadvallar va sinov natijalari, ya'ni mahsulot yaratish bo‘yicha tegishli ilmiy- tadqiqot, loyihalash va tajriba ishlari natijalari bo‘yicha manfaatdor tashkilot va ishlab chiqarish korxonalar tomonidan tuzilgan takliflar, standartni qo‘llashdagi haqiqiy samara, davlat va tarmoq nazoratlari, Transport vazirligi va kasaba uyushmalari idoralarining takliflari ham ko‘rib chiqiladi. Shuning bilan birgalikda tekshirilgan standartning bugungi kundagi ilmiy-texnika darajasi ham baholanadi.
Standartlarni tekshirish natijalari asosida ixtiyoriy shaklda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada tekshirilgan standartning ilmiy- texnik darajasi, qo‘llanishdagi samaradorligi, standart talablarining jahon bozori talablari darajasiga mos kelishi va standartni bundan keyin qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar beriladi. Dalolatnoma imzolangandan so‘ng 15 kun ichida komissiya tomonidan buyurtmachiga yuboriladi.

Download 16,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish