Ko‘p og‘izlilar
ko‘l baqalarining siydik pufagi yoki itbaliqlarning jabrasiga
yopishib yashovchi yirikroq (0,6-0,8 sm) chuvalchanglar. Birikish organida 6 ta
katta so‘rg‘ichi
(“og‘iz”)
bo‘lishi xarakterlidir. Bosh tomonidagi og‘iz
so‘rg‘ichining tubida og‘iz teshigi joylashgan. Bularning bahorda yetishgan
lichinkalari itbaliqlar jabrasiga yopishib ulg‘ayadi. Agarda itbaliqda voyaga
yetolmasa o‘sha itbaliq baqachaga aylanishi bilan uning siydik pufagiga “ko‘chadi”
va shu organda voyaga yetib ko‘payadi. Demak, bu chuvalchanglar hayotida
sharoitga qarab hayotini o‘zgartira olishi va ektoparazitlikdan entoparazitlikka
ko‘cha olishi xarakterli.
Do'stlaringiz bilan baham: |