Mahsulotning mehnat sig‘imi – mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib, sarflangan mehnatmiqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati bilan aniqlanadi.
Mehnat unumdorligi – insonning muayyan vaqt ichida ozmi-ko‘pmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.
(2)
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi mahsulotning fond sig‘imi va fond qaytimi ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond qaytimi korxona asosiy fondlarining bir birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarilgan mahsulotni anglatadi. U mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumni asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
(3)
Bu yerda:
Q – mahsulot hajmi, qiymat pul ko‘rinishida;
F – asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati.
Fond sig‘imi bir birlik yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalarni anglatadi.
(4)
Fond qaytimi qanchalik yuqori va fond sig‘imi qanchalik past bo‘lsa, mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Fond qaytimini ko‘paytirishning muhim zahirasi, asbob-uskunalardan unumli foydalanish, texnologiyalarni takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirishdir.
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, mahsulotlarning material sig‘imi yordamida sarflangan xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya va mehnat predmetlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.
(5)
Bu yerda:
M – mahsulotlarning material sig‘imi;
MX – moddiy xarajatlar miqdori, so‘m;
Q – mahsulot hajmi, so‘m.
Samaradorlikni oshirish omillari quyidagilar: mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imini kamaytirish va fond qaytimini oshirish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Bularni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak. Bu yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko‘tarish;
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va xududiy joylashtirish darajasini oshirish;
inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo‘lga bo‘yish;
xomashyo va materiallarning zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish;
ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |