7-mavzu. Restoranlardagi servis xizmatchilari. Restoranlardagi servis tizimi. Restoranlardagi servis ko’rinishlari Kasb tavsifi. Ishga qabul qilish



Download 53,49 Kb.
bet2/3
Sana22.07.2022
Hajmi53,49 Kb.
#837895
1   2   3
Bog'liq
7- mavzu

- savdo zalini tayyorlash;
- ovqat tarqatish joyida ish o‘rnini tayyorlash;
- ovqat tarqatuvchilarning taom olishlari;
- kulinar mahsulotlarini bo‘laklarga bo‘lish;
- taomlarga shakl berish, tarqatish;
- tarqatilgan ovqatlar hisob-kitobi;
- stollarni yig‘ishtirish;
- idish-tovoqlarni yuvish.
5.Baxtsiz hodisalarni oldini olish. Xizmatchilar malakasini oshirish
Mehnatni muhofaza qilish umumiy ovqatlantirish korxonalarida xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi tadbirlar bilan uzviy bog‘langan. Umumiy ovqatlantirish korxonalarida mehnat uzluksiz davom etishi uchun xodimlar sog‘-salomat bo‘lishlari, ko‘ngilsiz tasodiflarga duch kelmasliklari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirish ishlab chiqarishning hamma sohalarida bir me’yordagi ish sharoitini yaratishga imkon beradi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida xavfsizlik texnikasining vazifalari - ishlab chiqarish va xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, baxtsiz hodisalar, kasb kasalligi sabablarini tahlil qilish va ularning oldini olishning aniq chora-tadbirlarini ko‘rishdan iborat. Yong‘inga qarshi texnika vositalari yong‘inlarning oldini olish va ularni bartaraf qilishda foydali usullarni amalga oshirishda yordam beradi.
Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoiti O‘zbekiston Respublikasida 1996 yilda qabul qilingan Mehnat Kodeksi bilan amalga oshiriladi. Demokratik huquqiy tamoyillarga asoslangan mustaqil davlatimizning bu kodeksi ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlarini, mehnatni muhofaza qilish me’yorlarining bajarilishini tartibga soladi. Mehnat Kodeksi asosida xavfsizlik texnikasi, sohasi sanitariyasi haqidagi qoidalar ishlab chiqiladi.
Mehnat muhofazasining tekshiruv ishlarini davlat va jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Mehnat Kodeksining 9-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi xududida mehnat to‘g‘risidagi qonunlarning aniq va bir xil ijro etilishi ustidan nazorat olib borish O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Davlatning bir qancha mutasaddi organlari ham nazorat ishlarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh sanitariya-epidemiologiya nazorati amalga oshiradigan ishlar bu sohada eng muhim hisoblanadi.
Texnika inspeksiyasi ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini, og‘ir ishlarning mexanizatsiya darajasini, jihozlarni ishlatishda xavfsizlikka rioya qilish qoidalarini tekshiradi. Soha yo‘riqchilari mehnat haqidagi qonunchilikni, xavfsizlik texnikasi yo‘riqnoma va qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi, tasodifiy holatlar yuz berishi, kasb kasalligining oldini olishni nazorat qiladi. Ular zalning shamollatish tizimlari ishini, yoritish texnikasi holatini, jihozlar, inventar, asbob-uskunalar to‘g‘ri ishlashining texnik holati, tozaligi, ish joylarining tartibi, xodimlarning kasb kiyimlari (uni forma) bilan o‘z vaqtida ta’minlanishini tekshiradi. Hamma mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha zaruriy tadbirlar jamoa shartnomasiga kiritiladi.
Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalarini saqlash hamma ko‘rinishdagi anjomlardan foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Bu jihozlarga qaraydigan xodimlar ularni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan ta’minlanadi, xavfsizlik texnikasi va jihozlarni ularni me’yorda ishlatish ko‘rsatilgan bo‘ladi. Har bir mashinani ishga tushirishdan oldin uning sozligiga ishonch hosil qilish kerak, nazorat-o‘lchov asboblarini va saqlagich qurilmalar tekshirib ko‘riladi. Mashina va apparatlar ishlab turgan vaqtda ularni tozalash, moylash, sozlash va ta’mirlash ta’qiqlanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq nosoz apparatlar bo‘lsa (manometr, saqlagich va havo klapani), issiqlik beruvchi jihozlar-dan foydalanish mumkin emas. Manometr siferblatida apparatning me’yoriy ishchi bosimini ko‘rsatadigan qizil chiziq bo‘lishi kerak. Manometrlar har 6 oyda bir marta tekshiruvdan o‘tkazib turiladi, saqlagich klapan va produvka kranlari har kuni tekshiriladi. Har bir apparat yonida xavfsizlik texnikasi haqida yo‘riqnoma osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Gazda ishlaydigan issiqlik apparatlarining xavfsiz ishlashi uchun gorelkalardan gaz chiqqanda uning oldini olish uchun maxsus avtomatik asboblardan foydalaniladi. Buni xavfsizlik avtomatikasi deyiladi. Bundan tashqari texnologik jarayonlarni va issiqlik beruvchi apparatlarning me’yorida ishlashini tartibga soluvchi avtomat asboblar o‘rnatiladi. Rostlovchi avtomatika tegishli bosimni yoki haroratni bir me’yorda saqlashni ta’minlaydi.
Bug‘ bosimi bilan ishlaydigan apparatlarda manometrga beriladigan bosimni nazorat qilib turish kerak. Bosimni tegishli me’yorda ushlab turish uchun apparatlar oldiga reduksion klapan o‘rnatiladi. Bu kerakli bosimni avtomatik tarzda saqlab turadi. Uning yoniga klapan nosozligi tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan avariyaning oldini olish uchun saqlagich klapan va manometr qo‘yiladi. Elektr qozonlarda nazorat-saqlagich armaturasidan tashqari bug‘ni avtomatik tartibga soladigan elektrkontakt manometri o‘rnatiladi. Odatdagi manometrdan elektrkontakt manometrining farqi shundaki, u ikkita milga ega.
Umumiy ovqatlantirish korxonalarida yong‘in chiqishining ko‘pdan-ko‘p sabablari bor. Ko‘p hollarda bu olov bilan ehtiyotsizlik qilish, ruxsat etilmagan joylarda chekish, elektr simlaridan uchqun chiqishi, isitish qurilmalari noto‘g‘riligi yoki buzukligi, elektr jihozlar va yoritgichlardan to‘g‘ri foydalanmaslik natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, yong‘inning sababi portlash, momaqaldiroq, chaqmoq yonish ham bo‘lishi mumkin. Yong‘in chiqqanda harorat 800-1000° S gacha yetadi va atrofdagi narsalarni ham kuydiradi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida xizmatchi xodimlar ham, mijozlar ham binoning ichida va tashqarisida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishlari kerak. Umumiy ovqatlantirish korxonalari omborlarda yong‘inga qarshi tadbir o‘tkazish - u korxonaning qayerida joylashgani, kiradigan yo‘llar, yong‘inga qarshi jihozlarning sozligi, omborlarda olov xavfi bo‘lgan mahsulotlarning ko‘pligi va boshqa sabablarga bog‘liq. Yong‘in uchun xavfli joylar: yonilg‘i, yog‘och-taxta, yengil alangalanadigan materiallar saqlanadigan omborlardir. Bu omborlar olov o‘tmaydigan materiallar bilan jihozlanadi. Olov xavfi har xil bo‘lgan omborlar materiallarni saqlashda bir-birlaridan olov o‘tmaydigan devorlar va to‘siqlar bilan ajratiladi.
Yong‘in chiqqan taqdirda, eng avvalo, o‘t o‘chirish xizmatiga xabar berish zarur. Shu maqsadda telefon aloqasi yoki elektr o‘t o‘chirish signalizatsiyasidan foydalaniladi (katta shaharlarda), ichki signalizatsiya mahalliy yong‘inga qarshi komandani chaqirish uchun ishlatiladi (katta korxonalarda).
Yong‘inga qarshi guruh kelganiga qadar korxonadagi imkoniyatlar ishga solinib, o‘tni o‘chirishga kirishiladi: qum, kurak, chelaklar, suv, gidropultlar va o‘t o‘chirgichlardan foydalaniladi. Gidropultlardan tizillab chiqqan suv olov yonayotgan tomon yo‘naltiriladi. O‘t o‘chirgichning pastki tub tomoni tepaga ko‘tariladi, bosh qismi yerga, qattiq narsaga uriladi, bu ish olovdan 10 m olisda qilinishi kerak. Suyuqlik ko‘pik va karbonat angidrid hosil bo‘ladi. Karbonat angidrid gazi bosimi natijasida ko‘pik otilib chiqadi va 8 m balandlikka ko‘tariladi, bu harakat 1,5 daqiqa davom etadi. Shundan so‘ng olovni o‘chirish mumkin. Yong‘in paytida odamlarni va moddiy boyliklarni olib chiqish binoning chiqish yo‘llari ko‘pligi va kengligiga bog‘liq. Hamma zinalarga va chiqishga mo‘ljallangan eshiklar tashqariga ochiladigan bo‘lishi kerak. Tashqi zinalarga qaratilgan romlarga panjaralar qo‘yish va qulflash mumkin emas. Bunday romlar qizilga bo‘yaladi, «Zinopayaga chiqish» deb yozib qo‘yiladi.
Taomlar tayyorlash va mijozlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash jarayonida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasining belgilangan qoida talablariga rioya qilinishi ofitsiantlar zimmasiga tushadi:
- zallardagi va ovqat tarqatiladigan joylardagi pollarning texnik holatini, ularning singan, notekis holatini sezgan zahotiyoq ofitsiantlar ularni ta’mirlashlarini talab qilishlari kerak;

Download 53,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish