Ixtisoslashgan bolalar oromgohlari . Ixtisoslashgan bolalar oromgohlari 7 — 14 yoshdagi bolalarda yetakchilik va faollikni shakllantirish, ularning ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltiriladi.
Ixtisoslashgan bolalar oromgohining faoliyati, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan o‘quvchilarning ta’til paytida dam olishlari va salomatliklarini mustahkamlashni hamda ularga qo‘shimcha ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutgan holda tashkil etiladi.
Ixtisoslashgan bolalar oromgohida tarbiyachi sifatida Mehribonlik uylarining xizmatchilari, to‘garak rahbarlari sifatida esa, “Barkamol avlod” bolalar markazlarining pedagog xodimlari jalb etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |