6.2 – listing. Bu index.html formasini qayta ishlovchi start.php fayli
U holda, agar biz formaga ―Vohid‖ ismini va ―Fozilov‖ familiyasini kiritganimizda va fanlar ichidan Informatika fanini tanlaganimizda brauzer ekranida quyidagi xabarni olamiz.
Natija:
Salom, Vohid Fozilov!
Siz test topshirish uchun Informatika fanini tanladingiz
$_REQUEST massivini kiritish uchun $HTTP_POST_VARS va
$HTTP_GET_VARS bir xillik massivlari mos ravishda $_ POST va $_ GET
ga qayta nomlanadi. $_POST va $_GET massivlari boshqalardan farqli ravishda metodlar va funksiyalar ichida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ruxsatga ega superglobal massivlarga aylanadi.
$str = "Salom,
".$_POST ["first_name"]."
".$_POST ["last_name"] ."!
";
$str .= " Siz test topshirish uchun ". $_POST["fan"] ." fanini tanladingiz"; echo $str;
?>
Bu massivlarni qo‘llanishiga misollar keltiramiz. first_name, last_name, fan nomli elementlarni o‘z ichiga olgan formani qayta ishlash kerak. POST va boshqa metodlar bilan berilgan ma’lumotlarni qayta ishlashni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
Agar biz yuqoridagi misoldagidek ―Vohid ― ismini va ―Fozilov‖ familiyasini kiritsak va fanlar ichidan Informatika fanini tanlasak, u holda brauzer ekranida quyidagi hosil bo‘ladi.
Natija:
Salom, Vohid Fozilov!
Siz test topshirish uchun Informatika fanini tanladingiz
Qayta ishlangan skriptlarni xotiraga saqlash uchun PHP 4.1.0 versiyasidan oldingilarida registr_globals o‘zgaruvchilarga bevosita nomlari bo‘yicha ruxsatni ta’qiqlaydigan yoki ta’qiqlamaydigan direktivasi kiritilgan edi. Agar PHP ning konfiguratsiya fayli(httpd.conf)da registr_globals=on parametri mavjud bo‘lsa, u holda serverdagi GET va POST metodi bilan berilgan o‘zgaruvchilarga ularni nomlari bo‘yicha murojaat etish mumkin (ya’ni, $first_name kabi yozish mumkin). Agar registr_globals=off bo‘lsa, u holda $_REQUEST[―first_name‖] yoki $_POST[―first_name‖],
$_GET[―first_name‖], $HTTP_POST_VARS[―first_name‖],
$HTTP_GET_VARS[―first_name‖] deb yozish kerak. Xavfsizlik nuqtai nazaridan bu direktivani o‘chirib qo‘ygan ma’qul(registr_globals=off). registr_globals direktivasi yoqilgan vaqtda ham mijoz tomonidan berilgan ma’lumotlar yuqorida qayd etilgan massivlarni o‘z ichiga oladi.
Ayrim hollarda so‘rov jo‘natgan kompyuterning IP - manzilini yoki qandaydir doiraviy o‘zgaruvchi qiymatini bilish kerak bo‘ladi. Bunday ma’lumotni getenv() funksiyasi yordamida bajarish mumkin. U parametr sifatida berilgan doiraviy o‘zgaruvchi qiymatini qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |