3-masala. Globallashuv sharoitida yosh mustaqil davlatlarning xavfsiz va barqaror taraqqiy etishi uchun jahon miqiyosida paydo bo‘lgan yangi salbiy ta’sirlarni bartaraf qilish, ularga nisbatan mustahkam ichki immunitetni shakllantirib, mustahkamlab borish tobora hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: "Hozirgi davrda, xalqaro maydonda turli siyosiy manfaatlar to‘qnashayotgan murakkab bir sharoitda faqat o‘z fikri, o‘z hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan xalq va jamiyat yengilmas kuchga aylanib, o‘z kelajagini o‘z qo‘li va aqd-zakovati bilan qurishga qodir bo‘ladi"9.
Mustaqillik yillarida tashqi siyosatda erishgan yutukdarimizdan asosiysi yurtimizda, mintaqada va dunyoda tinchlikni saqlash bu boradagi muammolarni bartaraf etishda o‘ziga xos tinchliksevar pozitsiyada bo‘lish hisoblanadi.
Jumladan, Afg‘oniston muammosini hal qilishda mamlakatimizning tashabbusi va uni dunyo e’tirof etganligini qayd etish lozim.
Afg‘oniston mojarosi — faqat bu mamlakat yoki uning qo‘shni- larining muammosi emas. Mojaro oqibatlari mintaqaviy va global xavfsizlikka bevosita va g‘oyat kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmokda. Bunday sharoitda Afg‘oniston muammosini hal qilish yo‘llarini topishda O‘zbekiston alohida o‘rin tutmoqda. So‘nggi o‘n yil davomida mamlakatimiz xalqaro hamjamiyatning Afg‘oniston muammosini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarida yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.
"6+2" (1997-2001) va yaigi "6+3" muloqot guruhini shakllantirish g‘oyasi. "6+2" muloqot guruhi (1997-2001) BMT kotibiyati binosida 1997 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan tashkil topdi. Bu guruh Afg‘onistondagi harbiy mojarolarni siyosiy yo‘l bilan hal etishga qaratilgan edi.
Bu guruhga Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan 6 ta davlat, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston hamda AQSH va Rossiya davlatlari kirgan edi. Uning birinchi uchrashuvi 1997 yil 16 oktyabrda Nyu-Yorkda bo‘ldi,
Islom Karimov 2008 yil 3 aprelda Buharestda NATO (Yevroatlantika hamkorlik kengashi) sammitida ishtirok etib, 30 yildan buyon hozirgacha davom etib kelayotgan Afg‘oniston mojarosi yuzasidan o‘z yechimini kutib turgan quyidagi ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal etish lozimligiga e’tiborni qaratdi:
1) Oddiy xalqiiig ehtiyojlarini qondirish;
2) Aholining ish bilan bandligini ta’minlash;
3) Hokimiyatning vertikal boshqaruvi va nufuzini mus tahkamlash;
4) Afg‘on xalqining xalqaro kaolitsiya kuchlariga nisbatan ishonchini qozonish yo‘lini ko‘rish;
5) Xalqaro hamjamiyat imkoniyatlari hisobidan yordam va ko‘mak ajratish;
6) Afg‘on xalqining diniy, milliy, madaniy qadriyat va urf- odatlarini hurmat qilish;
7) "6+2" muloqot guruhini "6+3" muloqot guruhiga aylantirish, ya’ni unda NATO vakolatxonasining ishtirokini ta’minlash lozim.
Yoki Prezidentimiz 2014 yil 12 sentyabr Dushanbe shahrida SHHT sammitida so‘zlagan nutqlarida ham bu masalaga yana bir bor to‘xtalib quyidagilarni qayd etdilar:
"Bugun Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat surunkali beqarorlik xususiyati va yanada keskin tus olish tendensiyasiga ega. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, afg‘on muammosini bartaraf etishdan manfaatdor bo‘lgan barcha tomonlar bir masalada yakdildir, ya’ni Afg‘onistonda harbiy yo‘l bilan tinchlikka erishib bo‘lmaydi.
Afg‘onistonda urush yillarida tinch hayot haqida tasavvurga ham ega bo‘lmagan butun bir avlod voyaga yetdi. Joriy yilning iyun oyida Afg‘onistonda o‘tkazilgan Prezident saylovi shuni ko‘rsatdiki, afg‘on xalqi to‘xtovsiz qon to‘kish va zo‘ravonlikdan, ko‘p yillik qashshoqlik, vayronagarchilikdan charchadi va bugungi kunda mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishini, o‘z taqdiriii o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘lishni istaydi"10.
Bugungi kunda Mustaqil O‘zbekistonni jahondagi 180 dan ortiq davdat tan olgan, davlatimiz dunyodagi 130 ga yaqin mamlakat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan. Yurtimizda 88 ta chet davlat vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo tashkilot, 13 ta nohukumat tashkilot ishlab turibdi. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda O‘zbekiston elchixonalari va moliya tashkilotlari teng huquqdi asosda faoliyat yuritmoqda. Hozirgi vaqtda chet ellarda mamlakatimizning 48 ta diplomatik vakolatxonasi bor. O‘zbekistonda esa 86 ta elchixona va savdo vakolatxonalari akkreditatsiya qilingan.
Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, mustaqillik yillarida O‘zbekiston suveren davlat sifatida nafaqat turli davlatlar bilan o‘zaro manfaatlardan kelib chiqqan holda turli darajada hamkorlikni amalga oshirdi, shuning bilan birga, u mintaqamiz hamda jahonda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda faol ishtirok qilishga erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |