7-mavzu. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi


O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana25.08.2021
Hajmi0,73 Mb.
#155423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4v6PRKUh6pQqyE0Xyq314borWnTdTifx

O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning 

yo‘nalishlari,  bosqichlari  va  xususiyatlari:  Iqtisodiy  hayot  kishilik  jamiyati 

hayotining  muhim  sohalaridan  biri  bo‘lib,  inson  rivojlanishi  manbaini  tashkil 

qiladi.  Unda  insonlar  o‘zlarining  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirish 

maqsadida tirikchilik ne’matlarini va vositalarini ishlab chiqaradilar. SHuningdek, 

ular  taqsimlash,  ayirboshlash  va  iste’mol  qilishga  qaratilgan  faoliyatlarida  o‘zaro 

iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar. 

Iqtisodiy  hayot  kishilarning  ijtimoiy,  madaniy,  siyosiy  hayot  sohalarining 

moddiy  asosini  tashkil  etadi  va  ularning  rivojlanishiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ayni 




paytda,  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy  va  davlat  tizimi  iqtisodiyotga  jiddiy  ta’sir 

etadi. 


Iqtisodiyot  jamiyat  hayotining  muhim  sohalaridan  biri  bo‘lib,  inson 

rivojlanishi manbaini tashkil qiladi.  

Unda  insonlar  o‘zlarining  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirish 

maqsadida  turli  ne’mat  va  vositalarni  ishlab  chiqaradilar  va  o‘zaro  iqtisodiy 

munosabatlarga kirishadilar. 

Iqtisodiy  hayot  kishilarning  ijtimoiy,  madaniy,  siyosiy  hayot  sohalarining 

moddiy  asosini  tashkil  etadi  va  ularning  rivojlanishiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ayni 

paytda,  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy  va  davlat  tizimi  iqtisodiyotga  jiddiy  ta’sir 

etadi.  

Sobiq 


totalitar, 

ma’muriy-buyruqbozlik 

tizimi 

sharoitida 

siyosat 

iqtisodiyotdan  ustun  bo‘lib,  uning  rivojlanish  yo‘nalishlarini  belgilab  berardi.  Bu 

tuzumning  iqtisodiy  negizini  davlat  va  kolhoz-kooperativ  mulkchilik  shakllaridan 

iborat  umumhalq  mulki  tashkil  etardi. Davlat  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining 

90  foizdan  ortig‘iga  ega  bo‘lib,  iqtisodiyotda  yakka  hokimlikni  o‘rnatgan  edi. 

Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan ma’muriy-

buyruqbozlik asosida boshqarib borar edi.  

Jamiyat  a’zolari  ijtimoiy  mulkka  egalik  qilish  huquqidan  mahrum  edilar. 

Tadbirkorlik,  biznes  bilan  shug‘ullanish  qonun  bilan  man  etilgan  edi.  Bunday 

faoliyat bilan shug‘ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka 

tortilar  edilar.  Kishilarning  mulkdan,  uning  natijalarini  tasarruf  etishdan 

begonalashganligi  tufayli,  mehnat  motivatsiyasi  sust.  Pirovard  natijada  sobiq 

ittifoq  chuqur  tanazzulga  uchradi.  Ma’lumki,  shaxsning  mulkdor  bo‘lish,  erkin 

kasb  tanlash,  adolatli  mehnat  sharoitlarida  ishlash,  o‘zi  istagan  iqtisodiy  faoliyat 

turi bilan erkin shug‘ullanish hamda shunga muvofiq cheklanmagan daromad olish 

va yahshi yashash imkoniyatlariga ega bo‘lish kabi huquqlarini amalga oshirishni 

faqat ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotigina ta’minlashga qodirdir. 

Mustaqillikka  erishgan  O‘zbekiston  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor 

iqtisodiyotiga  asoslangan  demokratik  huquqiy  davlatni  va  fuqarolik  jamiyatini 

barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda. 

Biz  islohotlarni  inqilobiy  usulda,  ya’ni  “shok  terapiyasi”  yo‘li  bilan  amalga 

oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olganimiz 

tufayli xalqimizni qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy 

va ijtimoiy  to‘fonlardan  asrab qolishga muvaffaq bo‘lganimizni bugun  hayotning 

o‘zi tasdiqlab bermoqda.  

Izchil  yuqori  o‘sish  sur’atlari,  yurtimizda  barpo  etilgan  bank-moliya 

tizimining  barqaror  va  ishonchli  faoliyat  yuritishi,  iqtisodiyotda  amalga 

oshirilayotgan 

yangilanish 

va 


o‘zgarishlar, 

umuman, 


mamlakatimizni 

modernizatsiya  qilish  yo‘lidagi  dadil  qadamlarimiz  dunyo  jamoatchiligi, 

shuningdek,  Xalqaro  valyuta  jamg‘armasi,  Jahon  banki,  Osiyo  taraqqiyot  banki 

singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.  

Haqiqatan  ham,  qariyb  yigirma  yillik  mustaqil  taraqqiyotimiz  mobaynida 

O‘zbekistonda  yalpi  ichki  mahsulotning  o‘sishi  3,5  barobarni,  aholi  jon  boshiga 

hisoblaganda  esa  2,5  barobarni,  aholining  real  daromadlari  3,8  barobarni  tashkil 



etgani  e’tiborga  sazovordir.  Ayniqsa,  ijtimoiy-gumanitar  sohada  erishilgan 

marralar  —  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  uchun  yo‘naltirilgan  davlat 

xarajatlarining  5  barobar  ko‘paygani,  turmush  darajasining  sezilarli  ravishda 

yaxshilangani  va  buning  natijasida  onalar  o‘limi  2  barobardan  ko‘proq,  bolalar 

o‘limi  3  barobar  kamaygani,  odamlarning  o‘rtacha  umr  ko‘rishi  67  yoshdan  73 

yoshga,  jumladan,  ayollarning  o‘rtacha  umr  ko‘rishi  75  yoshga  etganini 

mamnuniyat bilan ta’kidlasak arziydi.  

2008-2010  yillarda,  ya’ni  dunyoning  aksariyat  mamlakatlarida  iqtisodiy 

o‘sish  sur’atlari  sezilarli  ravishda  tushib  ketgan,  ishlab  chiqarish  pasaygan  bir 

vaqtda  O‘zbekistonda  yalpi  ichki  mahsulotning  o‘sish  sur’atlari  2008  yilda  9 

foizni,  2009  yilda  8,1  foizni  tashkil  etgani,  2010  yilda  bu  ko‘rsatkich  8,5  foizga 

etishi  kutilayotgani,  kelgusi  2011  yilda  esa  8,3  foiz  darajasida  bo‘lishi  belgilab 

berilayotgani  ko‘pgina  xalqaro  tuzilmalar,  ekspert  va  mutaxassislarda  katta 

qiziqish uyg‘otmoqda.  

Dunyoda,  ayniqsa  rivojlangan  mamlakatlarda  davlatning  tashqi  qarzlari 

ko‘payib  borayotgani  jiddiy  xavotir  tug‘dirayotgan  bir  paytda  O‘zbekistonning 

tashqi  qarzi  yalpi  ichki  mahsulotning  10  foizidan  oshmaydi,  davlat  budjeti  esa 

so‘nggi besh yilda profitsit bilan bajarilmoqda

1

.  


Shuning  uchun  ham  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  «bozor 

munosabatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  O‘zbekiston  iqtisodiyotining  negizini 

xilma-hil  shakllardagi  mulk  tashkil  etadi.  Davlat  iste’molchilarning  huquqi 

ustunligini  hisobga  olib,  iqtisodiy  faoliyat,  tadbirkorlik  va  mehnat  qilish 

erkinligini,  barcha  mulk  shakllarining  teng  huquqligini  va  huquqiy  jixatdan  bab-

baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi»

1

 deb belgilab qo‘yilgan. 



Amaldagi  islohotlarning  asosiy  maqsadi  haqida  O‘zbekiston  Respublikasi 

Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov:  «Barcha  islohotlarning  iqtisodiy,  demokratik, 

siyosiy  islohotlarning  asl  maqsadi  insonga  munosib  turmush  va  faoliyat 

sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat»

1

, - deb ta’kidlagan. 



Erkin  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotining  eng  muhim  belgisi 

iqtisodiy plyuralizm bo‘lib, demokratiyaning umumbashariy tamoyili hisoblanadi. 

Iqtisodiy  plyuralizm  tushunchasi  mulk  shakllari  va  ho‘jalik  yuritish  usullarining 

hilma-hil bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. SHu boisdan ham ijtimoiy  yo‘naltirilgan 

bozor  iqtisodiyoti  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  ko‘p  ukladli  poliiqtisodiyot  bo‘lib,  unda 

turli  mulk  shakllari  va  ho‘jalik  ukladlarining  teng  huquqliligi,  muvozanatda 

bo‘lishi  hamda  iqtisodiy  faoliyat,  tadbirkorlik  va  mehnat  qilish  erkinligi 

ta’minlanadi. 

O‘zbekistonda  jamiyat  iqtisodiy  hayotini  erkinlashtirishning  maqsadi  va 

bosqichlari.  O‘zbekistonda  shakllanayotgan  xususiy  mulk  ikki  turdan  iborat 

bo‘ladi:  birinchisi,  yakka  tartibda  faoliyat  yurituvchi  tadbirkorlarning,  dehqon  va 

fermerlarning  xususiy  mulki,  ikkinchisi,  ularning  shirkat  xo‘jaliklaridagi  paylari, 

aksiyadorlik  jamiyatlaridagi  aksiyalari,  uyushmalardagi  ulushlaridan  iborat 

                                                 

1

 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 



ривожлантириш концепцияси: –Т.: “Ўзбекистон”, 2010. 4-5 бетлар 

1

 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.: Ўзбекистон, 2012. 11-бет. 



1

 Каримов И.А.. Ўзбекистон буюк келажак сари. -Т.: Ўзбекистон, 1998. 281-282-бетлар. 




korporativ  xususiy  mulk.  Yakka  va  korporativ  (ulushli)  xususiy  mulk  egalari 

mulkdor  hisoblanib,  ularning  mulkka  bo‘lgan  huquqlari,  dahlsizligi  davlat 

tomonidan  himoyalandi.  O‘zbekiston  Respublikasining  «Fuqarolik  kodeksida» 

«mulk  huquqi  shaxsning  o‘ziga  qarashli  mol-mulkka  o‘z  xohishi  bilan  va  o‘z 

manfaatlarini  ko‘zlab  egalik  qilishi,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish, 

shuningdek  o‘zining  mulk  huquqini,  kim  tomonidan  bo‘lmasin,  har  qanday 

buzishni  bartaraf  etishni  talab  qilishi  huquqidan  iboratdir.  Mulk  huquqi 

muddatsizdir»

2

.  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  esa  mulkdor 



huquqining  daxlsizligi  bilan  birga,  uning  mas’uliyati  ham  belgilab  berilgan. 

Xususan, unda  «mulkdor  mulkiga o‘z  xohishiga  egalik qiladi,  undan  foydalanadi 

va  uni  tasarruf  etadi.  Mulkdan  foydalanish  ekologik  muhitga  zarar  etkazmasligi 

fuqarolar,  yuridik  shaxslar  va  davlatning  huquqlarini  hamda  qonun  bilan 

qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart»

3

, deb ta’kidlangan. Xususiy mulk 



miqyoslarining kengayib borishiga olib keladi. 


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish