7-mavzu: O‘zbekiston respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar


Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki



Download 118,5 Kb.
bet3/4
Sana14.07.2022
Hajmi118,5 Kb.
#798047
1   2   3   4
Bog'liq
7.1. Маъруза матни

3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri hisoblanadi. O’zb. Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’ri-sida”gi qonunida (14.04.1999-y.) Nodavlat notijorat tashkilotlariga shunday ta’rif beriladi: “Nodavlat notijorat tashkiloti – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foy-dani) o’z qatnashchilari (a’zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir”
Nodavlat notijorat tashkilotlari;

  • Siyosiy partiyalar;

  • Iqtisodiy birlashmalar (assotsiatsiyalar);

  • Jamoat birlashmalari;

  • O‘zini o‘zi boshqarish organlari;

  • Nodavlat notijorat tashkilotlari;

  • Jamoat fondlari (Amir Temur, Bobur va “Oltin meros” xalqaro jamg’armalari);

  • Ommaviy harakatlar (“Yoshlar ittifoqi”, O‘zbekiston Ekologik harakati);

  • Diniy tashkilotlar;

  • Erkin ommaviy axborot vositalari.

Aholiga, ayniqsa og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan manzilli ijtimoiy himoya qilish siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat tashkilotlari bilan birgalikda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faol va tobora o‘sib boruvchi o‘rin tutmoqda. NNT kam ta’minlangan oilalarga, imkoniyatlari cheklangan shaxslarga, yetim bolalarga, yolg‘iz, keksa, o‘zgalarning yordamiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga hamda aholining boshqa zaif toifalariga kompleks moddiy, ijtimoiy, maslahat, huquqiy, psixologik xizmatlar va boshqa xizmatlar ko‘rsatmoqda.
NNT tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning dolzarbligini belgilash, ushbu sohada asosiy vazifalar va xavf-xatarlarni aniqlash, NNT salohiyatidan foydalanishni yanada oshirishga doir takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish ushbu tahliliy ma’ruzaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Mehnat vazirligi va BMTTDning “Bandlikni ta’minlashda ijtimoiy sheriklik” deb nomlangan qo‘shma loyihasi doirasida tayyorlangan ma’ruzada:

  • ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi NNTning afzalligi ko‘rib chiqiladi;

  • NNT orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari qayd etiladi;

  • NNT tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi, ularni hal etish yo‘llari taklif etiladi;

  • ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi NNTni yanada qo‘llab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi asoslanadi.

Фуқаролик жамиятининг асосий институти бўлган нодавлат нотижорат ташкилотлар (ННТ) дастлаб жамиятни ўзини ўзи бошқариши асосида, яъни фуқаролик жамиятининг мустақил ижтимоий бирлик сифатида яшашини таъминлаш эҳтиѐжлари ва манфаатлари асосида пайдо бўлди. ХХ асрга келиб нодавлат нотижорат ташкилотлар фуқаролик жамиятининг муҳим ва асосий институтларидан бирига айланди.
Нодавлат нотижорат ташкилотлар тўғрисида тўлиқ тасаввурга эга бўлиш
учун, аввало, манфаатлар, шунингдек, ижтимоий ва сиѐсий манфаатлар тушунчаларига аниқлик киритишга эҳтиѐж сезилади. Маълумки, манфаатлар -индивидла ва гуруҳларнинг ижтимоий хатти-ҳаракатларини белгиловчи сабаблардир. Ўз вақтида Томас Гоббс «ҳокимиятга интилиш, инсон хулқини ҳаракатга келтирувчи кучларнинг ўзаро душманлиги - шахсий манфаатларнинг мантиқий натижасидир»манфаатли бўлишимнинг субъектив иродаси шунга тенгки, мен ҳаракат қилаѐтганимда мен иштирок этишим лозим» - деб кўрсатган эди. Маълумки, ривожланган мамлакатларда ҳукумат алоҳида олинган фуқароларга нисбатан улар аъзо бўлган ижтимоий гуруҳлар воситасида таъсир кўрсатади. Ижтимоий гуруҳларни бирлашишга, ҳаракат қилишга ундовчи куч, бу уларнинг манфаатларидир. Манфаатлар алоҳида ижтимоий гуруҳларнинг манфаатлари сифатида шаклланган бўлса-да, бу гуруҳларнинг аъзолари фақат мазкур бир гуруҳнинг эмас, балки бир вақтнинг ўзида бошқа ижтимоий гуруҳларнинг ҳам аъзоси бўлиши мумкин.
Фуқароларнинг маълум бир ижтимоий гуруҳга мансублигидан келиб чиқиб нодавлат нотижорат ташкилотларга уюшиши натижасида манфаатлар уйғунлашуви рўй беради. Қайси индивиднинг қандай ижтимоий аҳамиятли гуруҳга аъзолиги, унинг манфаатларининг қай бири устувор ва барқарор аҳамиятга эга эканлигидан келиб чиқиб, у ўзининг муҳимроқ бўлган ижтимоий гуруҳ аъзолигига кўпроқ эътибор беради. Ана шундай аҳамиятли гуруҳлар таъсири ижтимоий тузулмалар иродасини ифодалайди.
Nodavlat notijorat tashkilotlari jadal shakllandi va rivojlandi. Ular mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shuning uchun ham fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati borgan sari oshib bormoqda. Chunki ular demokratik qadriyatlar, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanib bormoqda, fuqarolarning o‘z iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatimizda turli manfaatlar muvozanatini ta'minlashga ko‘maklashmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanib borgani sari ularning davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi faolligi yanada kuchayib bormoqda. Aytish mumkinki, jamoatchilik nazoratining ta'sirchanligi bois kishilar qalbida va ongida jamiyatimiz hayotida ro‘y berayotgan tub ijobiy o‘zgarishlarga nisbatan kechayotgan xayrixohlik va birdamlik kayfiyati faollashmoqda.
Jamiyat va uning a'zolari davlatga nisbatan ustunlikka ega bo‘lishi fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Agar “jamiyat” tushunchasini makonu zamonda mavjud bo‘lgan, turmush tarzi va manfaatlari mushtarak bo‘lgan insonlarning o‘zaro aloqadorligini ifodalovchi birlik deb tushunsak, “fuqarolik jamiyati” esa ana shunday jamiyatning rivojlanishida ma'lum sharoitlar ostida qaror topadigan uning yuqori bosqichidir. Agar “jamiyat” tushunchasi tarkibiga, masalan, davlatning ham kirishini unutmasak va ayni vaqtda “fuqarolik jamiyati” tushunchasi tarkibida davlatning mavjud emasligini anglasak, “jamiyat” va “fuqarolik jamiyati” tushunchalarining teng hajmli emasligini, ularning turlicha ma'no kasb etishini ko‘rishimiz mumkin. Fuqarolik jamiyati – bu yuksak fazilatlarga ega bo‘lgan insonlar jamiyatidir. Fuqarolik jamiyati – bu shunday ijtimoiy tuzumki, unda qonun ustuvorligi ta'minlanadi, inson huquqlari va erkinliklari qaror topadi, siyosiy partiyalar va institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta'minlanadi, insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavqei yuksak bo‘ladi. Mamlakatning har bir fuqarosi fuqarolik institutlari faoliyatlarida keng ishtirok etadi va ular orqali siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va huquqiy jihatdan o‘z ehtiyojlarini qondiradi. Fuqarolik jamiyatida davlat va uning organlari faoliyati ustidan fuqarolarning jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Davlatning bir qator vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Aytish mumkinki, fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich o‘tish orqali ro‘y beradi. Mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” dasturi asosida davlatning ayrim vakolatlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirish jarayoni kechmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi, xususan, ular turlicha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolarning faolligini oshiradi, mamlakatda ro‘y berayotgan turli demokratik o‘zgarishlar ko‘lamini keng yoyishda muhim omil sanaladi, jamoatchilik nazoratini yuzaga keltiradi, huquqiy ong va madaniyatni shakllantiradi, huquqiy davlat barpo etishda katta hissa qo‘shadi.


4. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
Korrupsiya tarixi insoniyat tarixi kabi ko‘hnadir. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan edi:
Har qanday davlat tuzumida eng muhimi – bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etishki, mansabdor shaxslar qing‘ir yo‘l bilan boylik orttira olmasin‖. Pora olish va berish Qadimgi Rimda amal qilgan 12 jadval qonunlarida tilga olingan.
Ibtidoiy va ilk sinfiy jamiyatlarda kohinga, qabila oqsoqoliga yoki harbiy boshliqqa muayyan imtiyozni qo‘lga kiritish uchun haq to‘lash tabiiy bir hol sifatida qaralgan. Davlat apparatining murakkablashuvi va professionallashuviga qarab vaziyat o‘zgarib borgan. Oliy martabali amaldorlar quyi turuvchi―xizmatchilar faqat tayinlangan maosh bilan qanoatlanishlarini talab qilganlar. Quyi daraja amaldorlar esa, aksincha, o‘z xizmat vazifalarini bajarganlik uchun arzgo‘ylardan yashirincha qo‘shimcha haq olishni (yoki talab qilishni) ma’qul ko‘rganlar.
Korrupsiya haqidagi eng qadimgi qaydlardan biriga qadimgi Bobilning mixxatda yozilgan bitiklarida duch kelingan. Miloddan avvalgi uchinchi ming yillikning o‘rtalariga taalluqli bo‘lgan matnlarda aytilishicha, shumer podshosi Urukagin o‘sha zamonlardayoq qonunga xilof haq olishga ruju qo‘ygan sudyalar va amaldorlarning qonunbuzarliklariga chek qo‘yish muammosini yechish yo‘llarini izlagan.
Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. «Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta'minlash bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rishimiz zarur», deydi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9-dekabr – “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e'lon qilingan va har yili ushbu sana keng nishonlanadi. 2003- yilning ushbu sanasida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi imzolangan. Mazkur hujjat uni imzolagan davlatlardan pora olish, byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va korrupsiya ortidan boylik orttirish kabilarni jinoyat deb belgilashni talab etadi. Ushbu Konvensiyada korrupsiyaga shunday ta'rif beriladi: “Korrupsiya” bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Korrupsiya past iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, kambag‘allik darajasini kamaytirish va rivojlanishni ta'minlash uchun eng katta to‘siq hisoblanadi”. Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24- noyabrda qabul qilinib, Senati tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma'qullangan. Prezident tomonidan 2017-yil 3-yanvarda tasdiqlanib, 4-yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan iborat. Ushbu qonunning 4-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi. Qonunning 5-moddada esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari berilgan: Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlash.
Ta'kidlash joizki, so‘ngi yillarda bu borada milliy qonunchiligimizda mukammal huquqiy baza shakllantirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari Prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Adliya, Ichki ishlar, Bosh prokuratura qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Deparatamenti, Davlat bojxona xizmati hamda OAVlari va fuqarolik institutlari o‘rtasida hamkorlikni ta'minlash bu boradagi asosiy vazifalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini hisobdorligini ta'minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan masuliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda. Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik”, va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan. Qonun hujjatida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari sifatida: qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.

Download 118,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish