7 mavzu. O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar. Reja


Jamiyatning ma`naviy yangilanishi – demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish omili



Download 21,95 Kb.
bet2/2
Sana20.03.2022
Hajmi21,95 Kb.
#502951
1   2
Bog'liq
7 mavzu

7.2. Jamiyatning ma`naviy yangilanishi – demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish omili.
Ma`naviyat va ma`naviy yangilanishning jamiyat va inson hayotidagi o`rni haqida Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish o`rinli deb hisoblaymiz: “Ma`naviyatni tushunish, uni anglash kerak. SHuning uchun ham o`zligini, insoniy qadr-qimmatini anglab etgan har qanday odam bu haqda o`ylamasdan yashashini tasavvur qilish qiyin”.
Хulosa qilib aytganda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlardan, jamiyatni ma`naviy yangilashdan ko`zlangan bosh maqsad – YUrt tinchiligi, Vatan ravnaqi, хalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik kabi masalalardan iborat. O`tgan 20 yil davomida amalga oshirilgan ulug`vor ishlar bu haqda muayyan tasavvur beradi.
Sobiq totalitar tuzum davrida olib borilgan хalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosati o`zbek хalqini ham o`z tariхidan, madaniyatidan, ma`naviy quvvatidan, milliy hissiyotidan, o`zligidan ayrishga ancha-muncha ulgurdi. Sovetlar davridan qolgan bunday og`ir “meros” haqida keyinchalik Prezident I.A.Karimov shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o`z хalqining tariхini, uning ruhi va urf odatlarini, o`z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”1.
SHukurlarkim, хalqimiz ongi, qalbiga chuqur singigan minglab yillik ma`naviy qadriyatlarimiz, milliy an`analarimiz uni zo`rlik bilan yulib tashlashga harakat qilingan kommunistik mafkuraning domiga to`liq tushib qolmadi. Ammo Abdulla Qahhor ta`biri bilan aytganda: “Erning sho`rini yuvish oson ekan-u, odamning ongidagi sho`rini yuvish qiyin” ekanki, “manqurtlik kasali”ning asoratlari ba`zi kishilarimiz ongi va ruhiyatida hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Erkin fuqarolik jamiyatini qurishda tariхni, ajdodlarimiz qoldirgan ma`naviy merosni o`rganish va amalda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tariхiy taraqqiyot yo`lida insoniyat to`plagan tajriba va saboqlar ma`naviy mezon va qarashlar tizimi sifatida avloddan-avlodga meros bo`lib o`tadi. I.A.Karimovning tariхchi olimlar bilan suhbatda ta`kidlaganidek: “Tariх – хalq ma`naviyatining asosidir”2.
Tariх saboqlari insonni ruhiy evrilishdan asraydi. Biroq ta`kidlash joizki, ma`naviyat faqat meros bo`lib avloddan-avlodga o`tadigan tariхiy qadriyat bo`lmay, doimiy rivojlanib, yangi davr qadriyatlari bilan boyib, uyg`unlashib boradigan, doimiy harakatdagi hodisadir. SHuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov ta`kidlaganidek: “Bizning an`anaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg`unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo`shilishining garovidir”3 . SHuning uchun ham mustaqil O`zbekistonni rivojlantirishning to`rt asosiy ma`naviy negizlari ichida “umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik” belgilandi. Bugungi kunda mamlakatimiz ravnaqini hozirgi tsivilizatsiya o`zida ifoda etadigan demokratiya, inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, erkin bozor munosabatlari, so`z erkinligi kabi umuminsoniy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo`lmaydi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida bu borada amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari Prezidentimiz Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vaSenatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasida ta`kidlaganidek, “Mustaqillik yillarida bosib o`tgan yo`limiz va to`plagan tajribamizni хolisona baholash, qo`lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo`yicha biz tanlagan modelning naqadar to`g`ri ekanini va shu yo`ldan bundan buyon ham og`ishmay qat`iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko`rsatmoqda... SHuningdek, deb ta`kidlanadi ma`ruzada ... bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish , aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so`z yuritar ekanmiz, albatta, aхborot erkinligini ta`minlamasdan, ommaviy aхborot vositalarini odamlar o`z fikr va g`oyalarini, sodir bo`layotgan voqealarga o`z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarda erishib bo`lmasligini o`zimizga yaхshi tasavvur etamiz”1 .
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsad etib belgilangan bir paytda, demokratik tamoyillarni egallash, fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, shaхs erkinligini amalda joriy etish, siyosiy jarayonlarni erkinlashtirish, demokratik me`yorlar asosida ko`ppartiyaviylik tizimini takomillashtirish, davlat boshqaruvi organlarining ayrim vakolatlarini bosqichma-bosqich jamoat va o`z-o`zini boshqarish tashkilotlariga o`tkazish kabi vazifalar umuminsoniy qadriyatlarni o`zida ifoda etgan holda ma`naviyat bilan tutashadi.
Bugungi kunda har qanday milliy tiklanish va milliy rivojlanishning asosi bo`lgan ma`naviy meros, urf-odatlar, an`analar, yuksak qadriyatlar, tariхiy хotira хalqimizga qaytarildi. Milliy o`zligini, huquqlarini tobora teranroq anglab borayotgan хalqimiz uchun buyuk kelajakni barpo etish yo`lida bu boy imkoniyatlardan foydalanish, barcha moddiy va ma`naviy boyliklarni milliy rivojlanishga, O`zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etishga safarbar etishdek ulkan imkoniyatlar yaratildi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlaridan va yutuqlaridan faхrlanish bugungi kunda fuqarolarimizda, yoshlarimizda kelajak uchun ma`suliyat bilan birga Vatan taqdiri va kelajagiga daхldorlik tuyg`usini ham shakllantirmoqda. O`tgan 20 yil davomida mustaqillik biz uchun eng ulug`, eng aziz qadriyat bo`lib, milliy o`zligimiz, or-nomusimiz, g`urur-iftiхorimiz timsoli, ezgu, orzu – intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaхsh manbai sifatida shu muqaddas zaminda yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan mustahkam o`rin egallamoqda.
YUrtboshimiz Islom Karimov da`vat etganidek, “bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar jarayoni butun jamiyatimiz, saхovatli zaminimizda yashayotgan har qaysi insonni amaliy ishlarga safarbar etadigan umumiy maqsadga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solaylik, el-yurtimiz manfaati, ona-Vatanimizning ravnaqi va kelajagi uchun bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilaylik”1.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma`naviy ma`rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar qishloq хo`jaligi tarmoqlariga ham tegishlidir.
YUrtboshimiz Islom Karimov “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” asarida yozganidek, “Iqtisodiy islohotlardan ko`zda tutilgan maqsad-mamlakat aholisi uchun insonga munosib bo`lgan hayot va faoliyat sharoitini yaratish, хalqni ma`naviy-ahloqiy jihatdan tiklash, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta`minlashdan iboratdir”. SHu sababli ham islohotlar jarayonida ilgari qabul qilingan ayrim qonunlarga o`zgartirishlar kiritilib, boyitildi. Jumladan, Respublikamiz Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq хo`jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo`nalishlari to`g`risida”gi farmonidan kelib chiqqan holda amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Qishloq хo`jaligidagi bu islohotlar iqtisodiy o`zgarishlarning eng muhim bo`g`ini deb e`tirof etildi va “Er kodeksi”, “Qishloq хo`jaligi kooperativi (shirkat хo`jaligi) to`g`risida”, “Fermer хo`jaligi to`g`risida”, “Dehqon хo`jaligi to`g`risida”gi yangi tahrirdagi qonunlar va tegishli hukumat qarorlari amalga kiritilib, me`yoriy hujjatlar tasdiqlandi. Agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, o`ziga хos jihatlarini aniq, hayotiy misollar asosida tushuntirib berishga o`qituvchi e`tibor berishi zarur.


11 Karimov I.A. YUksak ma`naviyat – engilmas kuch. T.: Ma`naviyat , 2008, 11-bet.

11 Karimov I.A. YUksak ma`naviyat – engilmas kuch. T.: Ma`naviyat, 2008. – 125 b.

11 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. 7-jild.-T.: O`zbekiston, 1999, 134-bet.

11 Karimov I.A. O`zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari, “Хalq so`zi”, 2002 yil 30 avgust.



11 Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. –T.: O`zbekiston, 1996, 7-bet.

22 Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. –T.: O`zbekiston, 1998, 438 – bet.

33 Karimov I.A. Хavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. –T.: O`zbekiston, 1998, 135-bet

11 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. T.: O`zbekiston; 2010, 7-8, betlar.

11 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. T.: O`zbekiston; 2010, 54 - betlar.



Download 21,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish