IV (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali
O’rin | Davlat | oltin | kumush | bronza | Jami | 1 | Buyuk Britaniya |
56
|
51
|
39
|
146
| 2 | AQSH |
23
|
12
|
12
|
47
| 3 | Shvetsiya |
8
|
6
|
11
|
25
|
V Olimpiya o’yinlari 1912 yil 5 may – 22 iyulda Stokgol'm (Shvetsiya) shahrida bo’lib o’tgan. O’yinlarda 28 ta davlatdan 2547 nafar (ulardan 37 nafar ayol) sportchilar ishtirok etgan. Musobaqalar 14 ta sport turi bo’yicha 109 ta medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan. Musobaqalar uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan “Qirol” stadioni qurilgan. Olimpiya o’yinlarining eng yaxshi sportchisi deb, amerikalik hindu Jim Torp tan olingan.
V (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali
O’rin | Davlat | oltin | kumush | bronza | Jami | 1 | Shvetsiya |
24
|
24
|
17
|
65
| 2 | AQSH |
25
|
19
|
19
|
63
| 3 | Buyuk Britaniya |
10
|
15
|
16
|
41
|
1912 yildagi Olimpiya o’yinlaridan boshlab Olimpiya o’yinlarining ochilish va yopilish marosimlari kiritilgan. Bu Olimpiya o’yinlarida oxirgi marta sof oltin medallar berilgan.V Olimpiya o’yinlari dasturiga ilk bor san’at tanlovi kiritilgan. Pyer de Kuberten san’at tanlovida Martin Eshbax va Jorj Xoxrod taxalluslari ostida ishtirok etgan va “Sport madhiyasi” she’ri uchun oltin medal bilan taqdirlangan.
1896-1912 yillarda o’tkazilgan yozgi Olimpiya o’yinlarining
asosiy xususiyatlari:
I yozgi Olimpiya o’yinlari dasturiga ayollar sporti kiritilmagan.
Olimpiya o’yinlari dasturida yozgi va qishki sport turlari bo’lgan
sportchilarni va sport rekordlarini ro’yxatga olish bo’yicha tashkiliy hay’at tuzilmagan.
Olimpiya o’yinlari jihozlanishi past darajada bo’lgan: maxsus sport inshootlari yetishmagan.
Olimpiya shaharchasi, sportchilarning yetib kelish sanasi va O’yinlar vaqtidagi aniq jadvallar bo’lmagan.
I -V Olimpiya o’yinlarida faqat mezbon davlat jamoasi g’olib bo’lgan.
VI (yozgi) Olimpiya o’yinlari (1916 y.) Birinchi Jahon urushi sababli o’tkazilmagan.
VII Olimpiya o’yinlari 1920 yil 20 aprel- 12 sentyabr kunlari Antverpen shahrida (Bel'giya) bo’lib o’tgan. O’yinlarga 29 ta davlatdan 2669 nafar (69 nafar ayol) sportchi tashrif buyurgan. Olimpiya o’yinlariga Germaniya kiritilmagan, chunki bu davlat I Jahon urushi sababchisi bo’lgan. Sovet davlati Olimpiya o’yinlarida sovet Milliy Olimpiya qo’mitasi XOQ tomonidan tan olinmaganligi sababli ishtirok etmagan. VII Olimpiya o’yinlarida birinchi marta olimpiya bayrog’i ko’tarilgan va sportchilarning olimpiya qasamyodi kiritilgan. Belgiyaning eng yaxshi sportchisi Viktor Boen olimpiya qasamyodini aytish sharafiga ega bo’lgan. Olimpiya bayrog’i Pyer de Kuberten tomonidan 1913 yilda tavsiya etilib, 1914 yilda XOQning 20 yilligiga bag’ishlangan Kongressda tasdiqlangan edi.
Sport musobaqalari 26 ta sport turi bo’yicha 154 ta medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan. Olimpiya musobaqalari natijalari bo’yicha Finlyandiya sportchisi Paavo Nurmi yengil atletikaning 10 000 m va kross yugurish masofalarida 3 ta oltin va 1 ta kumush medallarga ega bo’lib, Olimpiada qahramoni,deb tan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |