Davlat
|
oltin
|
kumush
|
bronza
|
Jami
|
1
|
Sovet Ittifoqi
|
80
|
69
|
46
|
205
|
2
|
GDR
|
47
|
37
|
42
|
126
|
3
|
Bogariya
|
8
|
16
|
17
|
41
|
XXIII Olimpiya o’yinlari 1984 yil 28 iyul – 12 avgust kunlari Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida sovet sportchilari va bir qator sotsialistik davlatlar ishtirok etmagan, chunki AQSH hukumati sportchilar xavfsizligini ta’minlanishiga kafolat bermagan edi. O’yinlarda siyosiy sabablarga ko’ra GDR, Bolgariya, Polsha, Kuba, Mongoliya va boshqa davlatlarning sportchilari ishtirok etmaan. Olimpiya o’yinlarida 140 mamlakatdan 6829 nafar (1566 ayol) sportchilar qatnashqan.
XXIII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi
O’rin
|
Davlat
|
oltin
|
kumush
|
bronza
|
Jami
|
1
|
AQSH
|
83
|
61
|
30
|
174
|
2
|
Ruminiya
|
20
|
16
|
17
|
53
|
3
|
GFR
|
17
|
19
|
23
|
59
|
XXIV Olimpiya o’yinlari 1988 yil 17 sentyabr – 2 oktyabr kunlari Seul shahrida (Janubiy Koreya) bo’lib o’tgan. XOQ Prezidenti Xuan Antonio Samaranch va Xalqaro sport uyushmalarining rahbarlari tomonidan olib borilgan faol harakatlar tufayli Sovet Ittifoqi va AQSH sportchilari yana Olimpiya o’yinlarida uchrashdilar. O’yinlarda 159 mamlakatdan 8473 nafar sportchi ishtirok etgan.
Olimpiya o’yinlarida 29 sport turi bo’yicha 237 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o’tkazilgan. Olimpiya o’yinlari dasturiga birinchi marta stol tennisi kiritilgan, tennis esa qayta tiklangan. Bu Olimpiya o’yinlarida 101 ta olimpiya va 28 ta jahon rekordlari o’rnatilgan.
XXIV (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi
O’rin
|
Davlat
|
oltin
|
kumush
|
bronza
|
Jami
|
1
|
Sovet Ittifoqi
|
55
|
31
|
46
|
132
|
2
|
GDR
|
37
|
35
|
30
|
102
|
3
|
AQSH
|
36
|
31
|
27
|
94
|
1948-1988 yillarda o’tkazilgan yozgi Olimpiya o’yinlarining
asosiy xususiyatlari:
Xalqaro olimpiya harakatida “sport va siyosat” muammosi paydo bo’lgan.
Sobiq Ittifoq terma jamoasi Olimpiya o’yinlarida yetakchi pozitsiyalarni egallab olgan.
XOQ, MOQ va XSF o’zaro munosabatlari yaxshilangan. Olimpiya kongresslari 43 yillik inqirozdan so’ng yana o’z faoliyatini boshlagan.
XOQ tomonidan yangi milliy olimpiya qo’mitalarining tan olinishi hisobidan olimpiya harakati saflari yanada kengaygan.
Xalqaro olimpiya harakatida doping va xaqqoniy hakamlik muammosi paydo bo’lgan.
XXV Olimpiya o’yinlari 1992 yil 25 iyul – 9 avgust kunlari Barselona shahrida (Ispaniya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlariga 172 davlatdan 10563 sportchi (2704 ayol) kelgan. Ular o’rtasida 257 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar olib borilgan. Olimpiya o’yinlari dasturiga badminton, beysbol va ayollar dzyudosi kiritilgan.
Bu Olimpiya o’yinlarida sobiq Yugoslaviya respublikalari – Bosniya va Gertsegovina, Sloveniya, Xorvatiya sportchilari alohida jamoalar sifatida qatnashgan. O’yinlarda Latviya, Litva va Estoniya sportchilari ham ilk bor alohida mustaqil jamoa sifatida ishtirok etgan.
Sobiq Sovet Ittifoqi sportchilari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) terma jamoasiga birlashgan. MDH terma jamoasida jami 483 nafar (312 erkak va 171 ayol) sportchi bo’lib, ulardan 276 nafar sportchi Rossiya, 83 – Ukraina, 53 – Belorussiya, 18 – Qozog’iston, 17– O’zbekiston, 10 – Gruziya va Moldaviya, 5 – Ozarbayjon, 4 – Armaniston, 3 – Qirg’iziston va Tojikiston vakillari bo’lgan.
MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasining 17 nafar sportchisi kiritilgan edi. Ular 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo’lga kiritganlar. O’zbekistondan sport gimnastikasi bo’yicha Oksana Chusovitina va Rozaliya Galiyeva, yengil atletika bo’yicha 4x400 m estafeta g’olibi Marina Shmonina oltin medallarga sazovor bo’lganlar. Og’ir atletikachi Sergey Sirtsov va o’q otish sporti bo’yicha Anatoliy Asrabayev kumush medalga sazovor bo’lganlar. Qilichbozlik sportida esa hamyurtimiz Valeriy Zaxarevich jamoa musobaqalarida bronza medali bilan taqdirlangan. MDH Birlashgan jamoa sportchilarining g’alabasi sharafiga olimpiya bayrog’i ko’tarilgan va olimpiya madhiyasi ijro etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |