6.1- rasm. Spectral chiziqlarnig turlari
Yulduzlarning spektral sinflari lotin alfaviti harflarida quyidagi ketma-ketlik ko‘rinishida beriladi: O, B, A, F, G, K va M. Ma’lum spektral sinfga kiruvchi yulduzlar spektrlari bir-biridan nozik farqlanishlariga ko‘ra 0 dan 9 gacha davom etuvchi sinfchalarga bo‘linadi. Masalan: 00, 01, 02, ,09 yoki A0, A1, A2, ,A9 va hokazo.
O sinf. Temperaturasi 25-50 ming gradusgacha boruvchi ko‘k yulduzlar spektrlari ultrabinafsha oblastning inrensivligi juda yuqori bo‘lib, geliy, karbon, kremniy, azot va kislorod atomlarining ko‘p marta ionlashgan chiziqlari juda intensiv spektrda, normal geliy, vodorod atomlarining xira chiziqlari uchraydi.
V sinf. Ko‘kish-ok rangli yulduzlar, temperaturasi 15-25 ming gradus atrofida bo‘ladi. Neytral geliy chiziqlari eng intensiv, vodorod chiziqlari spektrda aniq ko‘rinib, ayrim ionlashgan atomlarning xira chiziqlari ko‘zga tashlanadi. Sunbulaning si shu sinfga kiradi.
A sinf. Rangi oq. Sirt temperaturasi 14 ming gradusgacha boradi. Vodorodning chiziqlari maksimal intensivlikka erishadi. Ionlashgan kaliyning N va L chiziqlari ko‘rinadi. Vega, (Liraning alfasi) va Sirius (Katta ayiqning alfasi) shu tipga kiruvchi yulduzlardir.
F sinf. Sarg‘ish-oq rangli yulduzlar temperaturasi taxminan 7,5 ming gradus. Vodorod chiziqlarining intensivligi kamaya boshlagan. Kalsiyning ionlashgan (N va K) va neytral chiziqlari hamda metallarning (temir, titan) chiziqlarining intensivligi orta boshlaydi. Tipik yulduz – Protsion (Kichik ayiqning alfasi).
G sinf. Rangi sariq, temperaturasi 6000oK. Vodorodning chiziqlari xiralashgan. Metal chiziqlari yaqqol ko‘rinadi. Ionlashgan kalsiyning N va K chiziqlari intensivligi maksimumga erishadi. Quyosh shu sinfga kiradi.
K sinf. Rangi qizg‘ish (oranjeviy), temperaturasi 5000o atrofida. Bu sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrida metal chiziqlarining intensivligi maksimumga erishadi. Spektrning ultrabinafsha qismiga tegishli nurlanishning intensivligi sezilarli kamayadi. Bu sinfga kiruvchi tipik yulduzlarga Arktur (Ho‘kizboqarning alfasi) va Aldebaran (Sarvning alfasi) lar kiradi.
M sinf. Rangi qizil, temperaturasi 2000-1500oK. Spektrida metall chiziqlari juda kuchsiz bo‘lib, asosan molekulyar polosalar bilan qoplangan. Ayniqsa titan oksidiga tegishli polosalar kuchli. Bu sinfning tipik yulduzi Betelgeyze (Orionning alfasi) hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan yulduz sinflari asosiy sinflar hisoblanib, bo‘lardan tashqari G va K sinflardan tarmoklanuvchi qo‘shimcha sinflar ham mavjud. Bulardan birinchisi G‘ sinfdan tarmoqlanib, uglerodli yulduzlar deyiladi va sinfi S bilan belgilanadi. Bu sinfga kiruvchi yulduzlarning spektri K va M sinfga kiruvchi yulduzlarning spektridan atomlarga tegishli yutilish chiziqlari va uglerod molekulalarining yutilish polosalarining borligi bilan farqlanadi. Ikkinchisi esa, K sinfdan tarmoqlanib, sinfi S bilan belgilanadi. Bu sinfga kiruvchi yulduzlar M sinfdan titan oksidi (TiO) polosalari o‘rnida sirkoniy oksidi (ZrO) polosalarining borligi bilan farqlanadi.
Agar ma’lum spektral sinfga kiruvchi yulduz qo‘shimcha ba’zi xossalarga ega bo‘lsa, u holda uning bu xossasi biror harfiy ifoda bilan belgilanadi. Xususan, agar yulduz spektrida emission chiziqlar kuzatilsa, uning sinfini ifodalovchi harf yoniga e harfi quyidagicha qo‘shib qo‘yiladi: 06e. Bu spekrida emission chiziqlar bo‘lgan 06 sinfga kiruvchi yulduzni ifodalaydi. O‘tagigant yulduzlar spektrida uchraydigan ingichka timqora chiziqlarda esa spektral sinfi oldiga s harfi qo‘shib qo‘yiladi: sF0. Ma’lum spektral sinf uchun tiniq harakatda bo‘lmagan yulduzning boshqa xossalari r harfi belgilanadi va u, odatda, yulduzning spektral sinfidan keyin, masalan A3r va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |