Plevra bo‘shlig‘idagi manfiy bosim. Ko‘krak bo‘shlig‘idagi manfiy bosimning vujudga kelish mexanizmini o‘zgartirilgan Donders modelida ravshan bilib olish mumkin. Hayvonning ko‘krak qafasi sig‘adigan shisha idish tanlab va ichiga shu hayvon o‘pkasini o‘rnashtirgach havooi tortib olinsa, o‘pka idishiing deyarli butun hajmini egallaydi. Ayni vaqtda idish devori bilan o‘pka orasidagi yoriqsimon bo‘shliq mavjud bosim atmosfera bosimidan picha past bo‘ladi. Buning sababi shuki, yozilgan elastik o‘pka to‘qimasi siqilishga intiladi. Elastik o‘pka to‘qimasining siqilish kuchi — o‘pka to‘qimasining elastik tortshi kuchi — atmosfera bosimiga qarshi ta’sir etadi. Donders modelining yuqorida bayon qilingan variantida ro‘y beradigan hodisalar normal fiziologik sharoitda nafas olish va chiqarishda kuzatiladi. O‘pkalar ko‘krak qafasida doim yozilgan (cho‘zilgan) holatda bo‘ladi, shu bilan birga nafas olish paytida o‘pka to‘qimasi ko‘proq cho‘zilsa, nafas chiqarish paytida kamroq cho‘ziladi. O‘pkaning haqiqatan ham doim yozilib turishiga ishonmoq uchun ko‘krak qafasini ochib ko‘rish kifoya: o‘pka elastik tortish kuchi borligidan darhol puchayadi (siqiladi) va ko‘krak bo‘shlig‘ining taxminan 1/z qisminigina egallaydi. O‘pka to‘qimasining cho‘zilishi atmosfera bosimining o‘pkaga faqat havo yo‘llari ichidan ta’sir qilishiga va ko‘krak devori qattiq bo‘lgani uchun tashqaridan ta’sir ko‘rsata olmasligag‘a bog‘liq.
SHuning uchun o‘pka ko‘krak qafasida bir tomonlama bosim ta’sirida bo‘ladi va bu bosim o‘pkani cho‘zib, ko‘krak devoriga shunday qisib qo‘yadiki, o‘pka butun plevra bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadi. Plevra bo‘shlig‘ining izlari esa faqat tor plevra yorig‘i shaklida qoladi, unda seroz suyuqliqning yupqa qavati bo‘ladi. Atmosfera bosimining kuchi o‘pkaning elastik tortish kuchini engishga bir qadar sarf bo‘ladi. 2
Shuning uchun o‘pka yuzasi ko‘krak devoriga atmosfera bosimining miqdoridan ko‘ra kam kuch bilan taqalib turadi. Natijada plevra bo‘shlig‘idagi bosim hatto nafas chiqarish paytida ham atmosfera bosimidan o‘pkaning elastik tortish kuchi qadar, ya’ni simob ustuni hisobida taxminan 66 mm qadar kam bo‘ladi. O‘pkaning elastik tortish kuchi ikki faktordan: 1) alveolalar devorida bir talay elastik tolalar borligidan; 2) alveolalar devorining yuza tarangligidan kelib chiqadi. O‘pkaning elastik tortish kuchidan 2/3 qismi alveolalar devorining yuza tarashishiga bog‘liq ekanligini Neyergard 1929 yildayoq ko‘rsatib berdi. O‘pkaning elastik to‘qimasi elastin fermenti bilan parchalangandan so‘ng o‘pka o‘zinida elastiklik xossalarini saqlab qolishini ko‘rsatuvchi yangi ma’lumotlar Neyergard ma’lumotiga mos keladi. Turli alveolalarda yuza taranglik kuchlari turlicha bo‘lgani uchun, ulardan bir qismi nafas chiqarish paytida boshqa alveolalarning cho‘zilgan holicha turishi hisobiga bujmayishi, puchayishi mumkin. Biroq alveolaning ichki yuzasini suvda erimaydigan, yupqa monomolekulyar, surfaktant (Gase — yuza, sath degan ingliz so‘zidan olingan) deb atalgan modda qoplaganligi uchun bu hodisa ro‘y bermaydi. Surfaktant yuza tarangligi kam bo‘lib, alveolalarning butunlay bujmayishiga to‘sqinlik qiladi va ularning kattaligini bir xilda saqlab turadi. Yangi tug‘ilgan bolalarda surfaktant bo‘lmasa o‘pka yozilmay qoladi (atelektaz). Surfaktant alfa-letsitindir. U alveolyar epiteliy hujayralarining mitoxondriyalarida hosil bo‘ladi, deb faraz qilishadi. Adashgan nervning ikkalasi qirqib tashlangach surfaktant ishlanishi to‘xtaydi. Yangi tug‘ilgan bolaning plevra bo‘shlig‘idagi bosim nafas chiqarish paytida atmosfera bosimiga teng ekanligi va nafas olish paytidagina manfiy bo‘lib qolishi shu bosimni o‘lchab aniqlandi. Plevra bo‘shlig‘ida manfiy bosimning paydo bo‘lishiga sabab shuki, yangi tug‘ilgan bolaning ko‘krak qafasi o‘pkasiga qaraganda tezroq o‘sadi, shu sababli o‘pka to‘qimasi doim (hatto nafas chiqarish paytida ham) cho‘zilib turadi. Plevra bo‘shlig‘ida manfiy bosim hosil bo‘lishida plevra varaqlarining so‘ruvchanligi ham ahamiyatli. SHuning uchun plevra bo‘shlig‘iga kiritilgan gaz biroz vaqtdan keyin so‘rilib ketadi va plevra bo‘shlig‘ida yana manfiy bosim vujudga keladi. SHunday qilib, plevra bo‘shlig‘ida manfiy bosimni aktiv ravishda saqlab turuvchi mexanizm bor. Venalarda qon yurishi uchun ko‘krak bo‘shlig‘idagi manfiy bosimning katta ahamiyati bor. Ko‘krak bo‘shlig‘idagi yirik venalar devori oson cho‘ziladi, shuning uchun plevra bo‘shlig‘idagi manfiy bosim ularga ham o‘tadi. Kavak venalardagi manfiy bosim yurakning o‘ng yarmiga qon qaytib kelishini engillashtiradigan yordamchi mexanizmdir. Nafas olish paytida manfiy bosim ortganda yurakka qon ko‘proq kelishi ham tushunarli. Odam qattiq kuchanganda va yo‘talganda esa, aksincha, ko‘krak bo‘shlig‘idagi bosim shu qadar ortadiki, venalardan yurakka qaytishi juda ham kamayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |