7-Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja



Download 295,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana08.06.2022
Hajmi295,83 Kb.
#644378
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 Mavzu Mustaqillik yillarida O'zbekistondagi ma'naviy va madaniy (1)

Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg’ilon, Qarshi, Xiva, Shahrisabz) 
yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi
. Tarixi necha ming yillarga borib 
taqaladigan ko’hna va hamisha navqiron shaharlarimiz yubileyini xalqaro miqyosda nishonlash 
an’ana tusini oldi. Samarqand, Xiva, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Termiz, Marg’ilon, Toshkent 
singari qadim va muazzam shaharlarimizning to’ylarini nishonlash asnosida tariximizni yanada 
teran o’rgandik, shaharsozligimiz, madaniyatimiz ildizlarini chuqur tadqiq etdik, shunday ulug’ 
yurt farzandi, shavkatli ajdodlar vorislari ekanimizdan cheksiz faxru iftixor tuydik. Xalqimiz 
dahosining boy madaniy-ma’naviy qadriyatlaridan sanalgan “Avesto”ning 2700 yilligi, 
“Alpomish”ning 1000 yilligi, Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi katta bayram qilindi. 
Jumladan: 

1993 yil 11 dekabr – YuNESKOning qarori bilan Buxoro Umumjahon madaniy merosi 
ro’yxatiga kiritildi. 1997 yil 18-19 oktyabr kunlari Buxoro shahrining 2500 yillik 
yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. “Insoniyatning ilmiy va madaniy 
merosi – uchinchi mingyillikka” mavzuida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi. 

1997 yil 20 oktyabr – Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali 
marosim o’tkazildi. 

2002 yil 2 aprel – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali 
marosim bo’ldi. 

2003 yil 12 sentyabr – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar “Do’stlik” ordeni 
bilan mukofotlandi. 

2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim 
bo’ldi. 

2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali 
nishonlandi. 

2007 yil 24-26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag’ishlangan “Samarqand shahrining 
umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o’rni” mavzuida xalqaro ilmiy 
simpozium o’tkazildi. 

2007 yil 25 avgust – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali 
marosim o’tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon an’anaviy tarzda 
o’tkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 

2007 yil 7 sentyabr – Marg’ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali 
marosim o’tkazildi. 

2009 yil 26-27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag’ishlangan 
“O’zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya 
o’tkazildi. 

2009 yil 1 sentyabr – O’zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 
yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. Bu marosim O’zbekiston 
Respublikasi mustaqilligining 18 yillik tantanalariga ulanib ketdi. 
Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati.
2007 
yil – Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha muassasasi 
– ISESSO tomonidan Toshkent shahri Tripoli (Liviya), Fes (Marokash), Dakar (Senegal) 
shaharlari qatorida Islom madaniyatining 2007 yildagi poytaxti deb e’lon qilinishi O’zbekiston, 
xususan uning poytaxti islom sivilizasiyasi tarixida o’ziga xos o’ringa ega ekanidan yana bir 
dalolatdir. 
Toshkent — azaldan mintaqamiz tarixida muhim o’rin tutgan qadimiy shahardir. U turli 
davrlarda jahon dinlari tutashgan markaz bo’lib kelgan va islom tamadduni tarixidagi o’rni 
beqiyosdir. 
Hozir O’zbekistonda ikki mingdan ortiq masjid, o’ndan ziyod oliy va o’rta maxsus bilim yurti 
faoliyat yuritmoqda. Ulardan Toshkent islom universiteti, Toshkent islom instituti aynan 
poytaxtimizda joylashgan. YuNESKOning “Butunjahon ahamiyatiga molik yodgorliklar 
ro’yxati”ga kiritilgan O’zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sharq 


qo’lyozma asarlari fondi hamda “Usmon Qur’oni”ning nodir qo’lyozma nusxasi ham Toshkentda 
saqlanmoqda. 
2007 yil 14-15 avgust – Toshkent va Samarqand shaharlarida Toshkent shahrining 2007 
yildagi Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishiga bag’ishlangan “O’zbekistonning islom 
sivilizasiyasi rivojiga qo’shgan hissasi” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazilib, unda 30 dan 
ortiq davlatlardan kelgan olimlar qatnashdi. 
2017 yil 12 oktyabrda “Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha islom tashkiloti 
(ISESSO) bilan hamkorlik to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 
qabul qilindi. Mazkur huquqiy hujjat ta’lim, fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni 
yanada rivojlantirish, O’zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlarini keng targ’ib 
qilish, respublikaning qadimgi tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirish, Ta’lim, fan va 
madaniyat masalalari bo’yicha Islom tashkkiloti (ISESSO) doirasida O’zbekistonning ma’naviy 
aloqalarini kengaytirishni maqsad qiladi. Maqsadlar ijrosi doirasida mamlakatimizda keng 
ko’lamli ishlar boshlangan. ISESSO 2019 yilni “Islom madaniy merosi yili” deb e’lon qildi.
ISESSOning O’zbekistonda to’liq faoliyat yuritishi uchun keng imkkoniyatlar yaratilgan. 
Toshkent Islom uuniversiteti qoshidagi ISESSO maxsus kafedrasi o’z ishini samarali olib 
bormoqda. Mazkur kafedra Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari 
kengashining Toshkentda o’tkazilgan 43-sessiyasi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil 
etilgan.
ISESSO bayonotida qayd etilishicha, Islom dunyosi boy madaniy merosga ega bo’lib, bu 
musulmon mamlakatlarning ochiqligi va ularning boshqa madaniyatlar bilan aloqalarining, 
shuningdek, olimlar, ijodkorlar, me’morlar va hunarmandlarning samarali mehnati natijasidir. 
Islom hamkorlik tashkiloti har yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni Islom madaniyati 
poytaxti deb e’lon qiladi. Ularning biri arab mamlakatlaridan, boshqasi Osiyo va uchinchisi 
Afrikadagi musulson mamlakatlardagi shaharlardir. Yuqorida ta’kidlanganidek, 2007 yil Toshkent 
shahri ISESSO ning “Fan, ta’lim va madaniyat” tuzilmasi tomonidan “Islom madaniyati poytaxti” 
deb e’lon qilingan edi. Tashkilotdagi madaniyat vazirlari IX Islom konferensiyasi tomonidan 2020 
yilda Buxoro, Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari Islom madaniyati poytaxti sifatida 
tasdiqlangan. 
Islom olamidagi nufuzli tashkilotning bu qarorga kelishi bejiz emas va uning o’ziga xos sabaab 
va asoslari bor. Aslida Buxoroi sharif bir necha asrlar davomida Islom madaniyati poytaxti bo’lib 
kelgan. Uning “Qubbat ul-Islom” deya e’tirof etilgani ham bejiz emas. Tashkilot tomonidan ushbu 
shaharning “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qiliinishi, asrlar davomida qadim kent va bu 
yerda tug’ilib kamolga yetgan ulug’ allomalarning Islom sivilizasiyasiga qo’shgan hissasini yana 
bir bor tasdig’i hisoblanadi.
3. Mustaqillik yillarida madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon 
miqyosidagi ilg’or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, 
ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo’llab-
quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy 
madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol 
shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro’yobga chiqarish 
borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Bu avvalo teatr san’ati, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko’zga 
tashlanadi. 1991 yilda Farg’onada, 1993 yili Xivada Davlat qo’g’irchoq teatrlari ish boshladi. 1994 
yilda Qashqadaryo va Namangan viloyati teatrlari qoshida qo’g’irchoq guruhlari ochildi. 1993 yil 
avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan «Turkiston» saroyi nafaqat ma’morchilikning 
yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo’ladigan dargohga 
aylandi.
Respublikada 41 ta professional teatr faoliyat ko’rsatmoqda. 1998 yil 26 martda 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish 
to’g’risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O’zbekiston tomosha san’atining ko’p 


asrlik an’analarini o’rganish, boyitish va targ’ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, 
uning moddiy­texnika bazasini yanada mustah-kamlash, mamalakatimizda ma’naviy­ma’rifiy 
islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta’minlash maqsadida 
«O’zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. O’zbekistonda raqs san’atini 
rivojlantirish maqsadida «O’zbeknavo» gastrol­konsert birlashmasi tashkil etildi. Unda 
musiqa­raqs san’atini rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab­quvvatlash masalalari ko’zda 
tutildi. 
Mustaqillik o’zbek badiiy adabiyoti rivojida, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham 
yangi bosqichni boshlab berdi. Asarlari zararli, o’zlari millatchi deb nohaq baholangan Cho’lpon, 
Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvarqori, Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy singari 
millatparvar yozuvchi, ma’rifatparvarlar ijodi xolisona o’rganila boshlandi. Ularning asarlari chop 
etildi, sahna yuzini ko’rdi. Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy 
hayotdagi o’rnini ro’yi­rost ko’rsatish boshlandi.
Bir vaqtlar diniy va saroy adabiyoti vakili deb nohaq qoralangan Ahmad Yassaviy, 
Boqirg’oniy, Imom G’azolliy, Hoja Ahror, Bahouddin Naqshband, Husayn Boyqaro, Feruz singari 
buyuk shoir va mutafakkirlar hayoti va ijodi o’rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi. 
Alisher Navoiyning yuksak insoniy g’oyalarni diniy manbalar asosida yorituvchi 
«Munojot», «Arba’in», «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg’ambarlar va hokimlar haqida») kabi 
asarlari nashrdan chiqdi. Mustaqillik sharofati bois mo’tabar Qur’on va hadislar chop etildi. 
Iste’dodli olim Hamidulla Karomatovning «Qur’on va o’zbek adabiyoti» nomli kitobi nashr etildi.
Atoqli olim B.Ahmedovning «Amir Temur», T.Malikning «Shaytanat» romanlari, 
E.Vohidov, O.Matjon, O.Hojiyeva, X.Sultonov, A.Suyun, Y.Eshbek, X.Do’stmuhammad, 
Sh.Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g’oyaviy yetuk asarlari tufayli o’zbek 
milliy istiqlol adabiyoti shakllandi. 
Sharq va g’arb me’morchiligi uyg’unlashgan binolar yurtimiz poytaxti va viloyat 
markazlarida qad ko’tarib, shaharlarimiz husniga husn qo’shmoqda Milliy bank, mehmonxona 
binolari, bozorlar qurilishi, ko’priklar va yo’llar, sport saroylari hamda madaniyat va istirohat 
bog’larining bunyod etilishi buning yorqin misolidir. Haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, 
tasviriy san’at, raqs, kino san’atlarida ham an’anaviy va zamonaviy usullari uyg’unlashib yetuk 
asarlar yaratildi va yaratilmoqda. 
Xullas, mustaqillik yillarida fan va madaniyat sohasida hukumatimiz rahbarligida qisqa 
vaqt mobaynida ulkan yutuqlar qo’lga kiritildi. 
O’zbekistonning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi natijasida ma’naviy madaniyatning 
muhim jabhasi bo’lgan musiqa san’ati ham juda rivoj topa boshladi, zero tabiatan nozikta’b, 
san’atsevar va san’at ahliga talabchan o’zbek xalqining musiqasi keng ko’lamli ma’naviyat 
ko’zgusidir. Sho’rolar davrida asosan mafkuraviy hukmronlik qo’liga aylangan mazkur san’at turi 
erkinlik yo’liga kirdi. Jamiyat a’zolari milliy qo’shiqchilik san’atidan bahramand bo’la 
boshladilar. O’zbekiston hukumati xalqimizning milliy qo’shiqchilikka bo’lgan ijtimoiy ehtiyojini 
e’tiborga olib milliy ruxdagi, xalqning ko’ngliga yaqin musiqa asarlarini yaratishga bo’lgan 
qiziqishni doimo rag’batlantirdi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq musiqa san’ati bo’yicha qator ko’rik-tanlovlar o’tkazila 
boshlandi. Xususan, 1992 yil mart oyida Toshkent shaxrida tanbur, sato, qo’shnay, surnay va 
boshqa milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar» deb nomlangan respublika ko’rik 
tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida havaskor qo’g’irchoq teatrlari jamoalarining ko’rik-
tanlovi, shuningdek, mashhur san’atkorlar Jo’raxon Sultonov, Saidjon Kalonov, Komiljon 
Jabborov, Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniyozov, Faxriddin Sodiqov, Janaq Shomuratovlarning 
asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar» deb nomlangan ko’rik-tanlovlari o’tkazildi.
Ayni vaqtda 1992 yil may oyida Xorazm viloyatida folklor jamoalarining, askiya, qiziqchi 
va masxarabozlarning, iyun oyida Qo’qonda o’tkazilgan IX an’anaviy va lapar, yalla 
ijroiyalarining avgust oyida Toshkent shahrida o’tkazilgan XI an’anaviy ko’rik tanlovi milliy 
san’atimiz rivojiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Mamlakatimiz hukumati qo’shiqchilik san’atidan 
mustaqillikning ma’naviy zaminlarini mustahkamlashda ham unumli foydalanishga e’tiborni 
kuchaytirdi. Shu maqsadda 1995 yil dekabrda «O’zbekiston-Vatanim manim» mavzuidagi 


qo’shiqlar ko’rik-tanlovi e’lon qilindi. Mazkur tanlov barcha viloyat, shahar va tumanlarda juda 
katta ko’tarinkilik ruhida o’tkazildi va uning natijasida yuzlab yangi, mustaqillik davri qo’shiqlari 
yaratildi, ko’plab iste’dodli san’atkorlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. «O’zbekiston — 
Vatanim manim» qo’shiq ko’rik-tanlovining 1996 yil mart oyida bo’lib o’tgan birinchi bosqichida 
mingdan ortiq san’atkorlar ishtirok etdi, 10 mingdan ortiq yangi musiqiy asarlar yaratildi. Qayd 
etish lozimki, mazkur tanlov istiqlolni, Vatanni, o’zlikni anglashda muhim qadam bo’ldi. 
Xalqimizning bunday tadbirga qiziqishi ortiq bo’ldi.
Bularning barchasini e’tiborga olib, 1996 yil avgustda «O’zbekiston — Vatanim manim» 
qo’shiq bayrami haqida» maxsus farmon qabul qilindi. Farmonda fuqarolar qalbida muqaddas 
Vatan tuyg’usini tarbiyalovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qo’shiqlarning 
yaratilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi 
«O’zbekiston — Vatanim manim» qo’shiq bayrami kuni, deb belgilab qo’yildi. Ayni paytda, 
xalqimizning qo’shiqchilik san’atiga bo’lgan buyuk qiziqishini e’tiborga olib, Madaniyat ishlari 
vazirligi xuzurida «O’zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi.
1997 yil 11 martda qabul qilingan Respublika hukumatining «Sharq taronalari» Xalqaro 
musiqa festivalini o’tkazish to’g’risida»ga qarori musiqa san’atining noyob namunalarini keng 
targ’ib qilish, rivojlantirishda dasturulamal bo’lib xizmat qildi. Har ikki yilda Samarqandda “Sharq 
taronalari” Xalqaro festivalini o’tkazish an’anaa tusini oldi. 
O’zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ’ib qqilish, uni asrab-
avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga hurmat va e’tibor 
tuyg’ularini kamol toptirish, utrli xalqlaar o’rtasidagi do’stlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy 
hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasinii xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17-noyabrdagi “O’zbek milliy maqom san’atini 
yayanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3391-sonli qarori qabul qilindi va 
Shahrisabz shahrida ham ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumanini o’tkazilishi 
belgilandi. Bu anjuman birinchi marta 2018 yilning 6-10 seyentyabr kunlarida o’tkazildi.
Ma’lumki, O’zbekistonda jahon sivilizasiyasida aloxida o’ringa ega bo’lgan buyuk moddiy 
madaniyat yaratildi. Ular xalqaro hamjamiyat tomonidan allaqachon e’tirof etilgan. Biroq, sovet 
tuzumi davrida O’zbekiston moddiy madaniyatiga katta zarar yetkazildi. Minglab noyob 
madaniyat durdonalari, osori atiqalari xorijga, asosan, Moskva, Sankt Peterburg muzeylariga 
tashib ketildi. Milliy o’zlikni anglashda bunday yodgorliklarning ahamiyati katta ekanligini 
e’tiborga olib, mustamlakachilar iloji boricha ular ijtimoiy-madaniy ahamiyatni kamaytirishga 
harakat qildilar. Ammo, mustaqillik bunday jirkanch siyosatga barham berdi. Istiqlolningdastlabki 
davrlaridanoq muzeylar, qo’riqxonalarning o’rni va rolini belgilab berishga alohida ahamiyat 
berildi. Ma’lumki, hozirda birgina Madaniyat ishlari vazirligi tizimida turli sohalar bo’yicha 81 ta 
muzey mavjud bo’lib, bular 23 ta o’lkashunoslik, 15 ta tarix, 20 ta memorial, 8 ta adabiy-memorial, 
10 ta badiiy, 4 ta tabiiy-ilmiy muzeylardir. Shu bilan birga Samarqandda Davlat muzey-
qo’riqxonasi, Buxoroda Davlat muzey qo’riqxonasi, Xivada «Ichan-Qal’a» davlat muzey-
qo’riqxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.
1999 yilgi ma’lumotlarga ko’ra, respublikamizdagi muzeylar fondida 1305786 eksponat 
saqlanmoqda. Birgina 1999 yilda ularning asosiy fondiga 7544 ta eksponat qabul qilindi. Shu 
yilning o’zida barcha muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi. O’zbekiston hukumati 
xalqimizning milliy o’zligini anglash jarayonini yanada jadallashtirishni e’tiborga olib, 1994 yil 
23 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Respublika muzeylari faoliyatini 
yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi, 1999 yil 5 dekabrda esa «Muzeylar faoliyatini qo’llab-
quvvatlash masalalari to’g’risida»gi qarorlarni e’lon qildi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va 
takomillashtirish to’g’risida»ga farmoni esa muzeylar ishida tubdan burilish yasadi. Unga binoan 
barcha turdagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, qo’llab-quvvatlash va ularga zarur ilmiy-
uslubiy yordam ko’rsatishni ta’minlash maqsaddda Madaniyat ishlari vazirligi qoshida 
«O’zbekmuzey» jamg’armasi tashkil etildi, o’zbek, ingliz, rus tillarida chop etiladigan ilmiy-
amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi. Ko’rilgan barcha tadbirlar 
natijasida muzeylarning ijtimoiy-madaniy ahamiyati ancha ortdi, ularning o’zbek xalqi milliy 


o’zligini anglash jarayonidagi roli kuchaydi. Muzeylarga e’tibor xorijlik fuqarolarning 
O’zbekistonga, uning boy va qadimiy madaniyatiga bo’ltan qiziqishini oshirdi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2008 yil 12 sentyabrda «Muzeylar to’g’risida»gi 
qonunni qabul qildi. Qonunda «Milliy muzey fondi», «Milliy muzey fondining davlat katalogi», 
«Muzey», «Muzey ashyosi», «Muzey kolleksiyasi», «Saqlash», «E’lon qilish» kabi 
tushunchalarga batafsil izoh berilgan.
Mamlakatimizning me’morial yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro’yxatiga 
kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari 
davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-
qo’riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental 
san’at asarlari saqlanib qolgan. 
2001 yildan buyon, "O’zbekturizm" milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo’limi hamda bir 
guruh hunarmandlar va turistik firmalar rahbarlari tashabbusi bilan Buxoro shahrida "Ipak va 
ziravorlar" an’anaviy festivali tashkil etiladi. Ushbu tadbirga respublikamizning barcha 
viloyatlaridan turistik tashkilotlar, hunarmandlar, xorijiy va mahalliy sayyohlar qatnashadilar. 
Festival doirasida ipak va ziravorlar savdosi va palov sayllari, milliy o’yinlar, sport musobaqalari 
va milliy liboslar namoyishi, hunarmandlarning mahorat namoyishlari va turli madaniy tadbirlar 
tashkil etilishi ushbu festivalning an’ana darajasiga ko’tarilishini ta’minladi. 

Download 295,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish