2 .2-rasm. “Amadeus” bronlashtirish tizimida mehmonxonalar bilan ishlash oynasi
“Galileo” xizmatidan jahonning 107 tadan ko’p mamlakatlararo turagentlari foydalanadilar. “Galileo” turfirmalari axborotlarga kirishni ta’minlaydi, yo’l-yo’lakay turistik xizmatlar keng turlarini bron qilishga imkon beradi. “Galileo International” dasturi ishtirokchilari haqida axborot (jadvallar, mavjud o’rinlar, tariflar va boshqa)lar 100 dan ortiq mamlakatlardagi obunachilarga jo’natiladi.
“Galileo” har qanday boshqa taqsimlash tizimi singari, ma’lum vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan va ilovada deb atalgan majmua tizimlaridan iborat. Barcha ilovalar bitta «Muqova»ga birlashtirilgan va “Fokalpoint” (“Sita” tarmog’i orqali ulanishadi) yoki “Fokalpoint Net” (Internet orqali ulanganda) deb ataladi. Funksional va boshqa variantlar imkoniyatlari bir xil o’xshash ikki ulanish mavjudligi “Galileo International” ni ham yirik, ham uncha katta bo’lmagan turfirmalar aloqalariga mo’ljallanganligi bilan bog’liqdir.
Global elektron taqsimlash bilan shug’ullangan “Galileo” sanoqli yillar ichida butun jahon turistik biznesini bog’lovchi mezon bo’g’iniga aylanadi.
YAqin yillarda kompaniya o’z yutuqlarini rivojlantirishni mo’ljallayapti. Jumladan, katta potensialga ega yangi turistik bozor evaziga bunga erishiladi. SHuningdek u foydalanuvchilar uchun juda qulay, geografik kartada aks ettirilgan, to’liq grafik interfeyslarni taklif qilmoqda. Bularning barchasi birgalikda jamlanib, o’zlashtirilishi va foydalanishi oson, noyob dasturni ta’minlashga imkoni beradi.
Bundan tashqari “Galileo” taklif qiladi:
Har qanday murakkab havo marshrutlari qiymatini (“Global Fares” ma’lumotlar bazasiga qo’shilgan narxlarni) jahon narx yetakchi tizimida bir kunda uch marta yangilanib turadigan milliarddan ko’p narx pozitsiyasida tanlab avtomatik tarzda qayta hisoblab beradi. «Eng yaxshi narxlar»ni tanlaydi, yanada «yaxshirog’i» chiqsa avtomatik ravishda bronlaydi, marshrutlar uchun narxni tez hisoblab beradi, bunda bronsiz, “Private Fares” agentligi bilan bog’lanib, kelishilgan narxlar bo’yicha ma’lumotlar bazasidan foydalanadi:
mahalliy «Bilet mahsulotlari» chiqarish uchun keng imkoniyatlar (BSP)$
mahalliy soliqlarni avtomatik tarzda o’tkazish;
ATV – biletlar va propuskalarni avtomatik yozish;
STP – yo’l-yo’lakay hujjatlarni yozish;
ET – elektron biletlar yaratish;
Hujjatlar chiqarish imkoniyati, mijozlarni shaxsiy talablarini to’liq qondirish (agentliklarga ko’nikish, alohida ish usuliga odatlanish, hujjatlar shakllarini ochiq tushinib olish, har qanday tildagi so’rovga javob berish);
doimiy mijozlarga yuksak darajada xizmat ko’rsatish (“Klient File ” va “Travel Skoreyen” dasturi yordamida axborotlar uzatish yuqori tezligini ta’minlash, shuningdek, mijozlarning qo’shimcha istaklarini avtomatik eslab qolish va uzatish);
agentliklarning barcha tiplariga yaroqli (bazaviy terminalga qo’shilish, agentlikda mavjud elektron tizimiga ulanishga egiluvchan yondoshish, olis stansiyalar bilan aloqani ta’minlash, loyihalarni «kaliti bilan» quvvatlash) usullarni texnik hal qilish va ishbilarmonlik vositalari;
doimiy qo’llab-quvvatlash va joyida o’qitish (agentlar orqali, boriladigan mamlakat tiliga va tegishli tilga zarur o’quv qo’llanmalari, shuningdek internet orqali);
turindustriyaning barcha avtomatlashtirish sohalari bo’yicha bepul maslahatlar (GDS “Galileo” ga ulanish amaliyotda paydo bo’ladigan muammolar yoki hamkorlik shartlari o’zgarishiga taaluqli bo’lganda).
“Galileo” bronlashtirish tizimi – texnik jihatdan eng kam talablar qo’yadigan dasturdir. Aynan Galileo birinchilardan bo’lib turangentliklarga o’z dasturining Vindovs tizimida ishlovchi ko’rinishini taqdim etdi. “Galileo”ning Premium shaklini harid qilgan turfirmalarning ish faoliyatini, ya’ni mijozlarga o’z xizmatlarni ko’rsatishini to’liqligicha avtomatlashtiradi. Masalan, bunda xodim o’zining ma’lumotlar bazasini yararish, o’ziga kerakli bo’lgan menyu shakllarini yaratish va o’zi ko’p hollarda foydalanishdan so’rovlarni saqlab qo’yish imkoniga egadir.
“Galileo” bronlashtirish tizimidan “O’zbekiston Havo yo’llari” Milliy Kompaniyasi keng miqiyosda foydalanib kelmoqdalar. Xalqaro va ichki aviareyslarni bron qilishda bu tizimdan foydalanadilar. CHunki bu tizimdan 121 dan ortiq mamlakatlarda 65 mingdan ziyod turagetnliklar va 420 dan ortiq aviakompaniyalar foydalanib kelishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |